Ma’ruza №7 Mavzu. «Enologiya». Reja


Zamonaviy vinochilikning manbalari


Download 32.8 Kb.
bet5/6
Sana18.01.2023
Hajmi32.8 Kb.
#1099831
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7 Mavzu. «ENOLOGIYA».

Zamonaviy vinochilikning manbalari. VII asrning oxiriga qadar O‘rta Osiyoda tokchilik va vinochilik keng taraqqiy topgandi. Ammo bu hududning VII-VIII asrlarda arablar tomonidan istilo kilinishi mahalliy aholi dinida tub uzgarishlarga sabab bo‘ldi. Islom dini ta’sirida O‘rta Osiyoda vinochilik tanazzulga yuz tutdi. Shundan keyingi davrlarda arab hukmronligi uzumning (musallas tayyorlaydigan navlari o‘rniga) iste’mol hamda kishmish-mayizli navlari tarqalishida kamda shirinligi yuqori quritilgan uzum, shinni (kuyiltirilgan uzum sharbati) va uzum sirkasini katta miqdorlarda tayyorlanishida o‘z ifodasini topdi. Vinochilik faqat ayrim joylarda yashirin tarzda saqlanib qolib, musallas tayyorlashdan iborat edi.
Uzum navlarini texnologik o‘rganish shuni ko‘rsatib berdiki, boshqa uzumchilik hududlariga nisbatan olib qaraganda O‘zbekistonda bir xil navning uzidan, bir xil sharoitda uzumni yotib olish mavsumiga bog‘lik ravishda vinolarning xar xil turlarini ishlab chiqish imkoni yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Masalan, Toshkent vohasida Rkatsiteli navidan erta terimda istemol vinolari va nisbatan to‘liq vinolar olish mumkin bo‘lsa, o‘rta terimda sariq tusli deb ataluvchi toblangan yog‘oq ta’mli o‘tkir vinolar olinadi. Kechki terimda esa huddi shu navdan so‘ligan uzum va chorjo‘y qovuni ta’mli qoyilmaqom desertli vinolar ishlab chikiladi.
Respublika vinochilik sanoatida yangi texnikaviy burilish 1956 yilda boshlandi. Shu davrdan boshlab agrar-sanoat integratsiyasi belgilari yaqqol namoyon bo‘la boshladi. Asosiy ishlab chiqaruvchi bo‘lgan yirik xo‘jalik va zavodlar uzum ishlab chiqarish va uni vinoga aylantirish faoliyatida birlashtirildi. Vinochilikda unumi past agregatlarni yuqori samarali texnologik uskunalarga almashtirish boshlandi.
Mamlakatimizda ko‘p yillar mobaynida vinochilikda rivojanib va takomillashib bordi. 1980 yilda O‘zbekistonda 13,6 mln. dekalitr uzum vinosi ishlab chiqarildi. SSSR davrida O‘zbekistonda O‘rta Osiyo tokzorlarining 58% joylashgan bo‘lib, mamlakatdagi kishmish va mayizning 85% ishlab chiqarilardi.
Ammo Sovet Ittifoqi davridagi alkogolizmga qarshi kurash kampaniyasi ushbu sohaga katta va tuzatilmas ziyon etkazdi. Lekin, barcha salbiy omillarga qaramasdan, soha saqlanib qoldi, faoliyati tuxtamadi va xozirgi paytga kadar rivojlanib bormokda.
Bugunga kelib O‘zbekiston O‘rta Osiyoda uzum va uni qayta ishlash mahsulotlarining asosiy ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Bu soha uchun qulay bo‘lgan iqlimiy shart-sharoitlar qish faslida yaxshi saqlanadigan, uzoq masofaga tashishga moslashgan, shuningdek, xar turli vino, sharbat, kontsentrat, konyaklar va shampan vinolarini ishlab chikarishda xom-ashyo bo‘ladigan kishmish-mayiz, iste’mol yunalishidagi ko‘plab yuqori sifatli navlarni etishtirishga imkon beradi.

Download 32.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling