K.2-rasm. Elektr tarmog’ining sxemasi
b) tezkorlik. Elektr tarmog’ining shikastlangan elementini
tezlik bilan uzish
shikastlanish xajmini
kamaytiradi yoki oldini oladi, shikastlanmagan
elementlarning normal
ishlashini saqlab qoladi, generatorlar parallel ishlashining buzilishining oldini oladi.
Energosistemada turg’unlikni saqlab qolish uchun shikastlanish paydo bo‘lgandan keyin
330-500 kV li tarmoqlarda 0,1 - 0,12s gacha 110- 220 kVli tarmoqlarda 0,15 - 0,3s gacha 6-10
kVli tarmoqlarda 1,5 -3 s gacha vaqtda uzish zarur. Ishlash vaqti 0,1-0,2s gacha bo‘lgan
himoyalar tez ishlaydigan
himoyalar deyiladi;
v) sezgirlik. Himoyaning sezgirligi uning himoya qilish zarur bo‘lgan
zonada minimal
qisqa tutashuv rejimida va elektr yoyi orqali qisqa tutashuv bo‘lganda ham etarli bo‘lishi kerak.
Himoyaning sezgirligi sezgirlik koeffitsienti bilan
xarakterlanadi;
g) ishonchlilik. Himoya faqat o‘zi ishlashi kerak bo‘lgan rejimlarda
ishlashi va normal
rejimda hamda ishlashi kerak bo‘lmagan rejimlarda noto‘g’ri ishlamasligi kerak.
K2
Q6
Q5
Q4
Q3
Q2
Q1
G
T
K3
К4
К1
И2
И1
Q7