Ma’ruza: elektr dvigatellarning himoyasi reja


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana29.03.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1308582
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5 (1)

 
O‘ta yuklanishdan himoya. 
O‘ta yuklanish vaqtida elektrodvigatel cho‘lg’amining harorati ortadi. SHuning uchun tok 
himoyasi yoki harorat himoyasining qo‘llash mumkin. 
Tok himoyasi elektromagnit relelar yoki issiqlik relelari yordamida bajariladi. 
Elektrmagnit rele yordamida o‘ta yuklanishdan himoya
Himoya tok relesining ishga tushish toki 
I
r.i
= K
z
K
sx
I
d.nom
/K
k

bu erda K
z
=1,1-1,2 –zahira koeffitsienti; K
q
=0,8 – tok relesining qaytish koeffitsienti. 
Agar tok relesi tok transformatori orqali ulangan bo‘lsa 
I
r.i
= K
z
K
sx
I
d.nom
/( K
k
.K
I
), 
bu erda K
I
– tok transformatorining transformatsiya koeffitsienti. 
Himoya dvigatelning ishga tushish vaqtida ishlamasligi kerak. Buning uchun himoya 
hayallash vaqtiga (t

3 s) ega bo‘ladi.
SHikastlanish turlari va normal bo‘lmagan rejimlar 
Sinxron generatorlarning ishlash jarayonida stator yoki rotor cho‘lg’amining shikastlanish 
va normal bo‘lmagan rejimlarning yuzaga kelishi mumkin. 
Sinxron generatorlar elektr tizimining asosiy elementlaridan biri bo‘lib hisoblanadi va ular
ishonchli va effektiv rele himoyasi va avtomatik boshqarish qurilmalari bilan taominlanishi 
lozim. Sinxron generatorda fazalar orasida qisqa tutashuv, faza o‘ramlari oraligida qisqa 
tutashuv, bir fazani korpus orqali yerga tutashuv kabi shikastlanishlar yuzaga kelishi mumkin. 
Fazalar oraligida qisqa tutashuv vaqtida generator cho‘lg’amlardan katta toklar o‘tishi natijasida 
izolyasiya va statorning magnit o‘zagida qayta tiklanishi qiyin bo‘lgan shikastlanishlar hosil 
bo‘lishi mumkin. O‘ta yuklanish va kuchlanishning ortib ketishi kabi normal bo‘lmagan rejimlar 
ham generator generator uchun havfli. Tashqi qisqa tutashuvlar vaqtida ham generatorning stator 
cho‘lg’amidan katta qisqa tutashuv toklari o‘tishi mumkin. Tashqi qisqa tutashuv nuqtasi 
uzilgandan keyin yoki boshqa sabablar bilan yuklama keskin kamayganda kuchlanishning ortib 
ketishi va rotor tezligining sinxron tezlikka nisbatan o‘zgarishi mumkin.
Bir fazali yerga tutashish tokining qiymati 5 A dan kichik bo‘lsa himoya signalga, aks 
holda generatorni uzishga ishlashi kerak. Generatorlarda shikastlanishlar stator cho‘lg’amidan 
tashqari, rotor (qo‘zg’atish) cho‘lg’amida ham kuzatilishi mumkin. Rotor cho‘lg’ami er bilan 
izolyasiyalangan. SHuning uchun uchun bitta nuqtada er bilan tutashish toki generator ish 
rejimiga taosir qilmasligi mumkin, Lekin ikki nuqtada korpus orqali er bilan tutashish rotor 
cho‘lg’amida o‘ramlar oraligida qisqa tutashuvga olib keladi. Bu shikastlanish rotor cho‘lg’ami 
izolyasiyasini emirilishiga, magnit maydoni simmetrikligining buzilishiga va vibratsiyaga sabab 
bo‘ladi. Sinxron generatorlarga o‘rnatilgan himoya shikastlanish yoki normal bo‘lmagan ish 
rejimi yuz byerganda signal rejimida ishlash kerak va avtomatik rostlash orqali shikastlanish 
yoki normal bo‘lmagan ish rejimining oldini olish imkoni bo‘lmaganda generatorni uzish 
rejimida ishlashi kerak. Generatorni uzish uchun moslangan himoya generatorni tashqi 
istemolchi bilan bog’lovchi tarmoqdan uzishi, rotorga ( qo‘zg’atish cho‘lg’amiga) tok berishni 
to‘xtatishi va magnit maydonini so‘ndirish qurilmasini ishga tushirishi kerak.
Generatorlarning stator cho‘lg’amlarida fazalar oraligidagi qisqa tutashuv toklaridan 
himoyalash uchun tez ishlovchi bo‘ylama differensial himoyalar qo‘llaniladi. 
Stator cho‘lg’amining shikastlanish turlari quyidagilar: 


a) ko‘p fazali qisqa tutashuvlar; 
b) bir fazali yerga tutashuv
v) bir faza o‘ramlari orasidagi tutashuv. 
Rotor cho‘lg’amining shikastlanishiga asosan uning bir yoki ikki nuqtada yerga tutashuvi 
kiradi. 
Sinxron generatorlarning asosiy normal bo‘lmagan rejimlari: 
a) simmetrik o‘ta yuklanish; 
b) simmetrik bo‘lmagan o‘ta yuklanish; 
v) tashqi qisqa tutashuv ; 
g) kuchlanishning ortib ketishi; 
d) asinxron rejim; 
e) rotor cho‘lg’amining qo‘zgatish toki bilan o‘ta yuklanishi. 
Ko‘p fazali qisqa tutashuvlar xavfli bo‘lganligi sababli ulardan himoya generatorni uzishga 
ishlaydi. Yerga tutashuvdan himoya yerga tutashuv toki 5 A gacha bo‘lsa signalga, 5A yoki 
undan katta bo‘lsa generatorni uzishga ishlashi kerak. 
Generatorni uzishga ishlovchi himoyalar viklyuchatelni uzish bilan birgalikda qo‘zg’atish 
tokini uzishga, yaoni maydon so‘ndiruvchi avtomatni uzishga ham ishlashi kerak. 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling