Ma’ruza: elektr dvigatellarning himoyasi reja
Kuchlanishni avtomatik rostlash qurilmalari
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
5 (1)
Kuchlanishni avtomatik rostlash qurilmalari Kuchlanishni avtomatik rostlash qurilmalari bir pog‘onali yoki ko‘p pog‘onali bo‘lishi mumkin. Kondensator qurilmasi to‘lig’icha ulanadigan (uziladigan) bo‘lsa kuchlanishni avtomatik rostlash qurilmasi bir pog‘onali qilib bajariladi. Kondensator qurilmasining ayrim batareyalari yoki yakka kondensatorlar ulab uziladigan bo‘lsa kuchlanishni avtomatik rostlash qurilmalari ko‘p pog‘onali qilib bajariladi. Kuchlanishni avtomatik rostlash qurilmalari kuchlanish bo‘yicha, yuklama toki bo‘yicha, reaktiv quvvatning qiymati yoki ishorasi bo‘yicha yoki vaqt bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Kuchlanishi 0,38kVli shinalarda kuchlanishni avtomatik rostlash uchun 35–rasmda ko‘rsatilgan bir pog‘onali sxema qo‘llanilishi mumkin. Sxemada kondensator qurilmasini himoya qilish elementlari (F1 va F2 saqlagichlar va SF avtomatik viklyuchatel) ko‘rsatilgan. 35-rasm. Kondensator qurilmasi yordamida kuchlanishni bir pog‘onali rostlash sxemasi. Rostlash kuchlanish bo‘yicha amalga oshiriladi, shuning uchun sxemada KV1 maksimal kuchlanish relesi va KV2 minimal kuchlanish relesi mavjud. Kuchlanish ortib ketganda KV1 rele ishlaydi va KT1 vaqt relesining cho‘lg’amidan tok o‘ta boshlaydi. Maolum vaqtdan keyin KT1 vaqt relesining kontaktlari uzilib KM kontaktor cho‘lg’amining zanjirini uzadi. Kontaktorning asosiy kontaktlari KM.1 ham uzilib kondensator qurilmasini tarmoqdan ajratadi. Tarmoqdagi kuchlanish pasayganda KV2 minimal kuchlanish relesi ishlab KT2 vaqt relesini ishga tushiradi. Maolum vaqtdan keyin KT2 vaqt relesining kontaktlari ulanib KM kontaktor cho‘lg’amining zanjirini ulaydi. Kondensator qurilmasi tarmoqqa ulanadi. Kuchlanishning qisqa vaqtli tebranishlarida avtomatikaning ishlashining oldini olish uchun sxemaga hayallash vaqtlari t=15 sekund bo‘lgan KT1 va KT2 vaqt relelari kiritilgan. YUqori kuchlanishli kondensator qurilmasini vaqt bo‘yicha bir pog‘onali boshqarish sxemasi 36-rasmda keltirilgan. Elektr soatning RT kontaktlari t=15 sekund davomida ulanib Q viklyuchatelning holatiga mos ravishda KT1 yoki KT2 vaqt relelaridan birini ulaydi. Agar Q viklyuchatel uzilgan bo‘lsa KT1 vaqt relesi ishlab t 1 =9…10 sekunddan keyin viklyuchatelning YAC ulash elektromagnitiga taosir qilib uni ulaydi. 36-rasm. Kondensator qurilmasini vaqt bo‘yicha bir pog‘onali boshqarish sxemasi Viklyuchatel ulangandan keyin t 2 =t 1 hayallash vaqtiga ega bo‘lgan KT2 vaqt relesi ishga tushadi. Ikkala vaqt relelarining umumiy hayallash vaqti elektr soat kontakti RT ning ulangan holatda bo‘lish vaqtidan katta bo‘lganligi sababli KT2 vaqt relesi o‘zining kontaktlarini ulab ulgurmaydi. Natijada kondensator qurilmasi elektr soat kontaktlarining keyingi marta ulanishigacha shinalarga ulangan holatda qoladi. Kondensator qurilmasi qisqa tutashuvlar va o‘tayuklanishlardan umumiy himoyaga ega. Himoya RT-80 turdagi KAT1 i KAT2 induksion relelar yordamida bajarilgan. Kuchlanish ortib ketishidan himoya uchun KV maksimal kuchlanish relesi va KT3 vaqt relesi xizmat qiladi. Elektr tizimilarida va qurilmalarida har xil sabablarga ko‘ra ishdan chiqish (shikastlanish) va narmal bo‘lmagan rejimlar sodir bo‘lishi mumkin. SHikastlanish ko‘pchilik hollarda elektr tizimlarida tokning ortib ketishi va kuchlanishning pasayishi bilan kuzatiladi. Tokning ortib ketishi elektr qurilmalarida o‘tkazgichlarda katta miqdorda issiqlik ajralib chiqishiga sabab bo‘ladi. Kuchlanish pasayishi elektr isteomolchilarni normal ish rejimiga taosir qiladi, parallel ishlaydigan generatorlarning turg’unligi buziladi. Normal bo‘lmagan ish holatlari esa tokning, kuchlanishning yoki chastotaning ruxsat etilgan qiymatlardan og’ishi hisobiga sodir bo‘ladi. Kuchlanish yoki chastotani pasayishi isteomolchilarni normal ish rejimini buzadigan energetik tizimlarning turgunligiga taosir qiladi. Kuchlanish yoki tokni ortib ketishi qurilma va elektr uzatish liniyalarini ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. SHuning uchun elektr tizimlarida normal ish rejimini taominlash uchun tarmoqning ishdan chiqqan joyini tez aniqlash va uni boshqa qismlardan ajratish kerak. Rele himoyasi elektr tizimlarda asosiy avtomatika hisoblanadi. Rele himoyasi qurilmalari elektr tizimining shikastlangan qismini yoki elementini aniqlaydi va uni boshqa ishdan chiqmagan qismlaridan ajratadi, shuningdek agar elektr tizimlarida normal rejimdan og’ish bo‘lsa uni bartaraf qilish choralarini ko‘radi yoki signal beradi. Elektr tizimlarida shikastlanishlar ko‘pchilik hollarda qisqa tutashuv natijasida yuzaga keladi. Qisqa tutashuvdan himoyalarga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi: a) tanlash. Tanlash deb rele himoyasining shikastlangan elementini to‘g’ri aniqlash va faqat uni elektr tarmog’ining shikastlanmagan qismidan ajratish (uzish) xususiyatiga aytiladi. SHikastlangan elementni tanlab uzishga misol K.2-rasmda keltirilgan. Qisqa tutashuv K1 nuqtada bo‘lganda shikastlangan W3 liniya K1 nuqtaga eng yaqin bo‘lgan Q6 viklyuchatel yordamidida uziladi. Elektr tarmog’ining shikastlanmagan qismi normal ishlashda davom etadi. Agar rele himoyalari tanlash xususiyatiga ega bo‘lmasa Q 1 viklyuchatelning uzilish extimoli ham bo‘lar edi. Bunda I 1 va I 2 isteomolchilarning ham elektr ta’minotida uzilish yuzaga keladi. Agar qisqa tutashuv K 2 nuqtada sodir bo‘lsa rele himoyasi unga eng yaqin bo‘lgan Q 2 va Q 3 viklyuchatellarni uzish uchun signal berishi kerak. Hatijada elektr ta’minotida uzilish bo‘lmaydi va hamma isteomolchilar normal ishlaydi. Qisqa tutashuv K3 yoki K4 nuqtada bo‘lganda faqat Q7 viklyuchatel uzilishi kerak. Agar rele himoyasi o‘zining ishlash prinsipiga asosan himoyalanayotgan elementda shikastlanish bo‘lgandagina ishlaydigan bo‘lsa bunday himoya absolyut tanlashga ega bo‘lgan himoya deb ataladi. O‘zidan keyingi elementda shikastlanish bo‘lib uning himoyasi yoki viklyuchateli ishlamay qolganda rezerv himoya sifatida ishlashi mumkin bo‘lgan himoyaga nisbiy tanlashga ega bo‘lgan himoya deb ataladi. Masalan K3 nuqtada qisqa tutashuv bo‘lib Q 7 viklyuchatel ishlamay qolsa Q 1 viklyuchatel uzilishi kerak, yaoni Q 1 viklyuchatelga ta’sir qiluvchi himoya nisbiy tanlashga ega bo‘lgan himoya bo‘lishi kerak; Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling