Ma’ruza. Grafika. Orfografiya


Morfologik prinsip yoki analogiya prinsipi


Download 243.38 Kb.
bet6/8
Sana05.05.2023
Hajmi243.38 Kb.
#1427490
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Fonetika 10-mavzu

Morfologik prinsip yoki analogiya prinsipi. Bu prinsip asosida tuzilgan imlo qoidalari so‘zning ma’noli qismlarini (o'zak va affiksal morfemalarni), ular qanday talaffuz qilinishidan qat’i nazar, asliga (tipik shakliga) mos ravishda yozishni talab qiladi. Chunonchi, «g» bilan boshlangan «-ga», «-gan», «-gani», «-guncha» qo‘shimchalari «sh», «t», «p», «s» kabi jarangsiz undoshlar bilan tugagan o‘zaklarga qo‘shilganda «-ka», «-kan», «kani», «-kuncha» shakllarida talaffuz qilinsa-da, morfemalarning asl shakllariga mos ravishda «-ga», «-gan», «-gani», «-guncha» yoziladi. Qiyos qiling: ishga (yozuvda) - ishka (talaffuzda), ketgan (yozuvda) — ketkan (talaffuzda), ketguncha (yozuvda) -ketkuncha (talaffuzda), topgan (yozuvda) - topkan (talaffuzda), misga (yozuvda) - miska (talaffuzda) kabi.

  • Morfologik prinsip yoki analogiya prinsipi. Bu prinsip asosida tuzilgan imlo qoidalari so‘zning ma’noli qismlarini (o'zak va affiksal morfemalarni), ular qanday talaffuz qilinishidan qat’i nazar, asliga (tipik shakliga) mos ravishda yozishni talab qiladi. Chunonchi, «g» bilan boshlangan «-ga», «-gan», «-gani», «-guncha» qo‘shimchalari «sh», «t», «p», «s» kabi jarangsiz undoshlar bilan tugagan o‘zaklarga qo‘shilganda «-ka», «-kan», «kani», «-kuncha» shakllarida talaffuz qilinsa-da, morfemalarning asl shakllariga mos ravishda «-ga», «-gan», «-gani», «-guncha» yoziladi. Qiyos qiling: ishga (yozuvda) - ishka (talaffuzda), ketgan (yozuvda) — ketkan (talaffuzda), ketguncha (yozuvda) -ketkuncha (talaffuzda), topgan (yozuvda) - topkan (talaffuzda), misga (yozuvda) - miska (talaffuzda) kabi.

Grafik prinsip. Bu prinsip, aslida, orfografiya qoidalarini emas, grafika qoidalarini belgilaydi - grafemalarning grafikada kodlashlatirilgan fonemalarini ifodalashga asoslanadi, shunga ko'ra u, ba’zan, fonemografik prinsip deb ham nomlanadi. Chunonchi, sirg'aluvchi «j» bilan qorishiq «j»(dj) ning yozuvda bitta j grafemasi orqali ifodalanishi, «ɳ» fonemasining esa ng digrafi bilan ifodalanishi grafikada kodlashtirilgan. Yozuvqa bu me’yorga amal qilinadi, xolos: jemper, jang kabi.Orfografiyaning bunday kodlashtirishga bevosita aloqasi yo'q, bu grafemalarning yozuvda qo'llanishini grafikaning o'zi boshqaradi.

  • Grafik prinsip. Bu prinsip, aslida, orfografiya qoidalarini emas, grafika qoidalarini belgilaydi - grafemalarning grafikada kodlashlatirilgan fonemalarini ifodalashga asoslanadi, shunga ko'ra u, ba’zan, fonemografik prinsip deb ham nomlanadi. Chunonchi, sirg'aluvchi «j» bilan qorishiq «j»(dj) ning yozuvda bitta j grafemasi orqali ifodalanishi, «ɳ» fonemasining esa ng digrafi bilan ifodalanishi grafikada kodlashtirilgan. Yozuvqa bu me’yorga amal qilinadi, xolos: jemper, jang kabi.Orfografiyaning bunday kodlashtirishga bevosita aloqasi yo'q, bu grafemalarning yozuvda qo'llanishini grafikaning o'zi boshqaradi.

Download 243.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling