Maruza "hayvonlarning tuzilishi va hayot kechirishi" (2-soat)


Download 418.2 Kb.
bet4/13
Sana09.04.2023
Hajmi418.2 Kb.
#1344557
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1MARUZA

1.9-rasm


Echkemar o’z tanasi haroratini kunning turli paytida turli joylarni tanlash orqali boshqaradi.

Zoologiyani tadqiqot obyektlariga binoan ham bir qancha fanlarga ajratish mumkin. Masalan, protozoologiya bir hujayralilarni, gelmintologiya - parazit chuvalchanglarni, entomologiya- hasharotlarni, akarologiya- kanalarni, ixtiologiya- baliqlarni, ornitologiya- qushlarni, teriologiya- sutemizuvchilarni o’rganadi.


Zoologiya boshqa biologiya fanlari, shuningdek tibbiyot, veterinariya va qishloq xo’ jaligi bilan uzviy bog’liq. Zoologiyaning ko’p bo’limlari parazitologiya, gidrobiologiya, epizootologiya, epidemiologiya kabi kompleks fanlar tarkibiga kiradi. Odam va hayvonlarning parazitlarini o’rganish tibbiyot va veterinariya parazitologiyasi vazifasiga kiradi. Tuproqda hayot kechiruvchi hayvonlarni o’ rganish esa tuproq hosil bo’ lish jarayonlarini tushunib olish va tuproq unumdorligini oshirish usullarini ishlab chiqish imkonini beradi.
Zoologik tadqiqotlar baliqchilik va chorvachilikni rivojlantirish, ovlanadigan hayvonlar sonini tartibga solish, foydali hayvonlarni iqlimlashtirish va ko’paytirish, qishloq xo’ jaligi zararkunandalariga qarshi kurashni tashkil etishga yordam beradi. Hayvonlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni, ular organizmidagi bio-kimyoviy o’zgarishlarni tekshirish parazit va zararkunanda hayvonlarga qarshi biologik kurash choralarini ishlab chiqishda muhim o’rin tutadi.
Zoologiya sohasidagi tadqiqotlar kishilar ongida tabiatga nisbatan ilmiy dunyoqarashlarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Zoologiya fanlari to’plagan ilmiy dalillar organik olamning rivojlanishi to’g’risidagi evolyutsion ta’limotni yaratish uchun asos bo’ldi. Inson ham uzoq davom etgan tarixiy taraqqiyot natijasida hayvonot dunyosidan ajralib chiqib, evolyutsion taraqqiyotning eng yuqori pog’onasiga ko’tarilgan ongli mavjudot hisoblanadi.

Download 418.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling