Maruza "hayvonlarning tuzilishi va hayot kechirishi" (2-soat)


Download 418.2 Kb.
bet7/13
Sana09.04.2023
Hajmi418.2 Kb.
#1344557
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
1MARUZA

Hayvonlar hayotining asosiy xususiyatlari. Hayvonlar ham zamburug’lar va ko’pchilik bakteriyalar singari tayyor organik moddalar bilan oziqlanadigan geterotrof organizmlar. Ko’pchilik hayvonlar faol hayot kechiradi, bir joydan ikkinchi joyga ko’chib yuradi va har xil harakatlar qiladi. Ular tanasida moddalar almashinuvi faol kechadi. Shuning uchun hayvonlar organizmida evolyutsiya jarayonida turli organlar sistemasi hosil bo’lgan. Ko’p hujayrali yuksak tuzilgan hayvonlarda hazm qilish, ayirish, nafas olish, qon aylanish, tayanch-harakat, jinsiy va nerv sistemalari rivojlangan. Hayvonlar bilan boshqa mavjudotlar o’rtasidagi tafovutlar ancha murakkab tuzilgan formalar o’rtasida ko’proq yuzaga chiqadi. Sodda tuzilgan organizmlar o’rtasida esa yuqorida ko’rsatib o’tilgan tafovutlar yaqqol ko’zga tashlanmaydi. Hususan, bir hujayrali xivchinlilar orasida o’simlikka o’xshab fotosintez qiluvchi avtotrof turlari ham bor. Shuningdek bir hujayrali suv o’tlari orasida ham hayvonlar wsingari faol harakat qiladigan turlari bo’ladi.
Hayvonlar organizmida moddalar almashinuvining borishi. Oziqlanish orqali organizmga oziq moddalar, suv va kislorod o’tadi. Bu moddalardan anabolitik reaktsiyalar natijasida hayvonlar hayoti uchun zarur bo’lgan yangi moddalar sintezlanadi. Katabolitik reaktsiyalar natijasida hayvonlar tanasidagi organik moddalar parchalanib, energiya ajralib chiqadi; organizm uchun keraksiz karbonat angidrid gazi, azotli mahsulotlar hosil bo’ladi. Oziq moddalar, suv va kislorod tananing turli qismlariga yetkazib beriladi; parchalanish maxsulotlari esa tanadan chikarib tashlanadi. Bir hujayrali va tuban ko’p hujayrali hayvonlar tanasida boradigan modda almashinuv jarayonlarida diffuziya asosiy o’rin tutadi.
Hayvonlar tanasining yiriklashuvi va tuzilishining murakkablashuvi bilan organizmda moddalarni tashish funktsiyasini bajaruvchi maxsus organlar paydo bo’ladi. Bo’shliqichlilarda bu vazifani tana bo’shlig’i, yassi chuvalchanglarda esa ichaklar, to’garak va halqali chuvalchanglar, bo’g’imoyoqdilarda tana suyuqligi yoki qon bajaradi. Yuksak tuzilgan hayvonlarda moddalar almashinuvida qon aylanish sistemasi asosiy o’rin tutadi.

Download 418.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling