Maruza "hayvonlarning tuzilishi va hayot kechirishi" (2-soat)
Hayvonlarning tuzilishi va hayot kechirishi
Download 418.2 Kb.
|
1MARUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Organlar va organlar sistemasi.
- Tana simmetriyasi.
Hayvonlarning tuzilishi va hayot kechirishi.Hayvonlar hujayrasi va to’qimalari. Hayvon hujayrasi ham boshqa hujayralarga o’xshash tuzilgan. Hujayra tashqi sitoplazmatik membrana, sitoplazma va uning organoidlari hamda yadrodan iborat. Ammo hujayra qobig’ining yupqaligi, qisqaruvchi tolalar — miofibrillar, sezgir nerv hujayralari va tolalari hamda hujayraning bo’linishida ishtirok etadigan sentrosomaning bo’lishi bilan hayvon hujayralari boshqa hujayralardan farq qiladi. Ko’p hujayrali hayvonlar organizmida shakli, tuzilishi va organizmdagi funktsiyalari o’xshash bo’lgan hujayralar to’qimalarni hosil qiladi. Hayvonlar organizmi- da epiteliy (qoplovchi), biriktiruvchi, muskul va nerv to’qimalari bo’ladi (1-rasm). Organlar va organlar sistemasi. Yuqorida ta’kidlab o’tilgan to’qimalar organlarni tashkil etadi. Har qaysi organ tarkibiga bir necha xil to’qima kiradi. Har bir organ organizmda ma’lum bir vazifani bajarishga mos-lashgan bo’ladi. Bir-biri bilan uzviy bog’langan va organizmda bitta umumiy vazifani bajaradigan organlar sistemaga birlashtiriladi. Masalan, og’iz bo’shlig’i, halqum, oshqozon, ichaklar va ovqat hazm qilish bezlari ovqat hazm qilish sistemasini tashkil etadi. Evolyutsion taraqqiyotning birmuncha yuqori pog’onasida joylashgan hayvonlarda ovqat hazm qilish, nafas olish, ayirish, tayanch - harakat, qon aylanish, nerv va boshqa bir qancha organlar sistemalari rivojlanadi. Tana simmetriyasi. Simmetriya hayvonlar tanasi o’xshash qismlarini simmetriya markazi (nuqta, to’g’ri chiziq yoki yuza) atrofida ma’lum bir geometrik tartibda mutanosib joylashuvidan iborat. Tana simmetriyasi uzoq davom etib kelayotgan evolyutsion taraqqiyot natijasi bo’lib, yashash muhiti bilan chambarchas bog’liq. Hayvonlarda tana simmetriyasining quyidagi xillari mavjud. Radial nurli, ya’ni teng o’qli simmetriya suvda qalqib hayot kechiradigan sharsimon plankton hayvonlar (quyoshlilar, nurlilar, volvokslar va boshqalar)da ko’ rish mumkin. Ular tanasining o’xshash qismlari bir nuqtadan tarqaladigan radial nurlar yo’nalishida joylashgan. Radial nurli simmetriya suv muhitida qalqib turuvchi hayvon yashab turgan muhitning tananing hamma tomonida bir xil bo’lishi bilan bog’likdir. Bu xildagi tana simmetriyasiga ega bo’lgan hayvonning tashqi muhit ta’siriga javob reaktsiyasi ham tananing hamma tomonida bir xilda bo’ladi. Radial o’qli simmetriya suv tubida o’troq yashaydigan bo’shliq ichlilar va ularning erkin yashovchi meduzalari, shuningdek taroqlilar va ninaterililar uchun xosdir. Radiat o’qli simmetriyaga ega bo’lgan hayvonlar tanasining o’xshash qismlari aylanish o’qi atrofida joylashgan. Hayvonlar ganasidagi simmetrik bo’laklar soni tana sirtida joylashgan paypaslagichlar (bo’shliqichlilar, taroqdilar, g’ovaktanalilar) yoki tana markazidan ketuvchi nurlar soni bilan belgilanadi. Bilaterial, ya’ni ikki yonlama simmetriya juda ko’pchilik harakatchan umurtqasiz hayvonlar va hamma umurtqalilar uchun xos bo’ladi. Bu hayvonlar tanasini markaziy o’q orqali o’tadigan yagona yuza orqali faqat ikkita teng bo’lakga ajratish mumkin. Bilaterial simmetriyaga ega bo’lgan hayvonlar tanasining chap va o’ng yarmini, oldingi va keyingi, orqa va qorin tomonlarini aniq ajratib olish mumkin. Odatda radial-nurli tana simmetriyasi bir hujayralilar, radial o’qli simmetriya birmuncha sodda tuzilgan umurtqasizlar uchun xarakterli. Ayrim hayvonlar simmetriyasiz tuzilgan ega. Ularga yalang’och amyobalar bilan bir qatorda qorinoyoqdi mollyuskalar ham misol bo’ladi. Qorinoyoqlilarning assimetrik tuzilishi spiral chig’anoqning hosil bo’lishi bilan tananing bir tomonga buralishi natijasida kelib chiqqan bo’lib, ikkilamchi xarakterga egadir. Download 418.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling