Maruza "hayvonlarning tuzilishi va hayot kechirishi" (2-soat)


Download 418.2 Kb.
bet8/13
Sana09.04.2023
Hajmi418.2 Kb.
#1344557
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1MARUZA

Nafas olish. Ko’pchilik organizmlar, shu jumladan hayvonlarda ham organizm bilan tashqi muhit o’rtasida to’xtovsiz gaz almashinuvi bo’lib turadi. Bu jarayonda tashqi muhitdan organizmga kislorod o’tadi va organizmdan parchalanish mahsuloti - karbonat angidrid chiqariladi. Mikroskopik tuban umurtqasiz hayvonlarda gaz almashinuvi butun tana yuzasi orqali sodir bo’ladi.
Tana bo’ shlig’iga ega bo’lgan ko’p hujayrali hayvonlar: bo’shliqichlilar, yassi chuvalchanglar, to’garak chuvalchanglarda gaz almashinuvi tana suyuqligi orqali boradi. Halqali chuvalchanglarning kapillyar qon tomirlari bilan qoplangan terisi gaz almashinuvida asosiy o’rin tutadi. Tana tuzilishining yanada murakkablashuvi va hay-vonlar faolligining osha borishi bilan tana qoplag’ichi orqali gaz almashinuvi yetarli bo’lmay qoladi. Shu sababli birmuncha murakkab tuzilgan hayvonlar organizmida maxsus nafas olish organlari rivojlanadi. Qurukdikda yashab, atmosfera havosi orqali nafas oluvchi hayvonlar traxeyalar yoki o’ pka orqali, suv hayvonlari esa jabralar orqali nafas oladi.
Oziqlanishi. Hayvonlar ham barcha geterotrof organizmlar singari oqsillar, yog’lar, uglevodlar va boshqa organik moddalar hisobiga oziqlanadi. Bu moddalarning molekulasi juda yirik bo’lganidan suvda erimaydi va hujayra membranasi orqali o’tolmaydi. Shuning uchun hayvonlar organizmida bu moddalar fermentlar ta’sirida birmuncha oddiyroq moddalarga parchalanib so’riladi. Bu jarayon ovqat
hazm qilish deyiladi. So’rilgan organik moddalar organizmning turli qismlariga borib, assimilyatsiya jarayonlariga jalb etiladi. Hujayralarda ulardan hayvonlar uchun xos bo’lgan yangi moddalar sintezlanadi. Ko’pchilik ko’p hujayrali hayvonlarda oziqni maydalash, hazm shirasi ishlab chiqarish va hazm qilish funktsiyasini bajaruvchi maxsus ovqat hazm qilish sistemasi rivojlangan. Bir hujayralilarda va tuban ko’p hujayralilarda oziq hujayra ichida hazm qilinadi.
Hayvonlar oziqlanish usuliga binoan ham bir-biridan farq qiladi. Ko’pchilik hayvonlar yashil o’simliklar bilan oziqlanadi. Ular fitofag (o’txo’r) hisoblanadi. Ekinlar va oziq-ovqat mahsulotlariga ziyon keltiradigan hayvonlar zararkunandalar deyiladi. Boshqa hayvonlar hisobiga oziqlandigan hayvonlarni zoofaglar deyiladi. Ular ham yirtqichlar va parazitlarga ajratiladi. Yirtqichlar o’z o’ljasini tez yeb qoyadi. Parazitlar esa boshqa hayvondan o’z rivojlanishi davomida foydalanadi.
Hayvonlar orasida organik qoldiqlar bilan oziqlanadigan turlari saprofaglar deyiladi. Saprofaglarni ham o’simlik qoldig’i bilan oziqlanadigan fitofaglarlarga, hayvonlar ekskrementi bilan oziqlanadigan koprofaglarga va hayvonlar murdalari bilan oziqlanadigan nekrofaglarga ajratish mumkin

Download 418.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling