Maruza "hayvonlarning tuzilishi va hayot kechirishi" (2-soat)


Tiriklikning zamonaviy systemasi


Download 418.2 Kb.
bet12/13
Sana09.04.2023
Hajmi418.2 Kb.
#1344557
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1MARUZA

Tiriklikning zamonaviy systemasi. Hozirga davrda Er yuzida 2 mln ga yaqin tirik organizmlar mavjum. Ularni sistematika fani o’rganadi. Sistematika biiologiyaning bo’limlaridan biri bo’lib, uning vazifasi hozirmavjud bo’lgan va qadimda yashab qirilib ketgan organizmlarni tavsiflab berish hamda turli taksonomik kategoriyalarning bir-biriga nisbatan o’zaro ierarxik joylashuvini tartibga solish orqali organizmlar o’rtasidagi evolyutsion munosabatlarni to’liq ochib berishdan iborat. Hozirgi sistematikada tur eng kichik asosiy sistematik birlik bo’lib, ikki nom nom bilan ataladi (binar nomenklatura). Turning ikki nom bilan atashni 16-asr o’rtalarida Konrad Gesner taklif etganligi taxmin qilinadi. Lekin binary nomenklaturaning ilmiy asosini birinchi bo’lib Karl Linney ishlab chiqqan. Hozirgi davrda sistematikada quyidagi taksonomik birliklar qo’llaniladi.
Imperiya (Olam). Aristotel davridan boshlab barcha tirik organizmlar ikkita dunyo: o’simlik va hayvonlarga ajratib kelingan. 20- asrning ikkinchi yarmida organizmlarni hujayrada haqiqiy yadroni bo’lishi y’oki bo’lmasligiga asoslanib sistemaga solish to’g’risida fikrlar paydo bo’ladi. Bu sistemaga asosan barcha Tiriklik olami yadrosiz (yadrogacha) organizmlar, ya’ni prokariotlar va yadroli, ya’ni eukariotlar katta dunyosiga ajratiladi. Prokariotlar va eukariotlar yagona biologik kategoriya - imperiyaga birlashtiriladi. Imperiya - biologik sistemaning eng oily kategoriyasi bo’lib, Hayot, Tiriklik yoki Organik olam ma’nosini anglatadi. Hozirgi davrda bu sistemani ko’pchilik biologlar tan olgan.
Katta dunyo - biologya sistemasida olamdan keyingi taksonomik kategoriya hisoblanadi. Prokariotlar katta dunyosi Bakteriyalar va Sianeyalarni o’z ichiga oladi. Eukariotlarga O’simliklar, Zamburug’lar va Hayvonlar kiritiladi. Hozirgi davrda tiriklikni klassifikatsiya qilishning yangi sistemasi ishlab chiqilgan.


Dunyo (Kingdom) - Organik olam sistemasidagi eng yirik taksonlardan biri hisoblanadi. Yaqin davgacha Organik olam 4 ta dunyo: Drobyankalar (Monera), Zamburug’lar (Fungi, Mycota), O’simliklar (Plantae, Vegetabilia) va Hayvonlar (Animalia) dunyosiga ajratilib o’rganilar edi. Bu sistemada Bakteriyalar va Sianobionetlar kichik dynyo tarzida Drobyankalar olami tarkibiga kiritilgan. Ayrim sistematiklar Tiriklikni 5 ta dunyo: Bakteriyalar, Sianobionetlar, O’simliklar, Zamburug’lar va Hayvonlarga ajratishadi. Hozirgi davrda sistematiklar tomonidan Eukariotlar katta dunyosiga yana bir yangi guruh Protistlar dunyosi kiritildi (qarang:sxema va jadvalga). Protistlar (Protista), ya’ni eng sodda organizmlar dunyosiga tuzilishi va hayot kechirishi har xil bo’lgan yadroli (eukariot) organizmlar kiritiladi. Hujayralarning ixtisoslashmaganlifgi, ya’ni to’qima va organlarning bo’lmasligi barcha Protistlar uchun umumiy xususiyat hisoblanadi. Protistlar infuzoriya, amyoba, xlamidomonada kabi bir hujayralui organizmlar bilar bir qatorda qo’ng’ir, qizil, yashil suv o’tlari kabi ko’p hujayrali suv o’tlari kabi o’rganizmlarni ham o’z ichiga oladi.

Organik olamga dunyolar boyicha tavsif berilishi



Dunyo


Bakteri-yalar



Apxibakte-rialar



Protistalar



O’simliklar



Zambu- rug’lar



Hayvonlar






Eubacteria



Archaebacteria



Protista


Plantae


Fungi


Animalia




Hujay- rasi

Yadro,orga- nellalari
yo’q, hujay- ra devorida murein kislota bor.

Yadro, organel- lalar,hujayra de- vorida murein
kislota yo’q,gene-etik materialieuk- ariotlarga yaqin

Yadrosi


bor,ayrim guruhlari
ko’p yadroli

Yadro,vaku- ola, xloro-
plastlari bor, hujayra devo- ri selluloza-. dan iborat

Yadroli,hujay- ra devoiri
qattiq xitin yoki selliloza

Yadrosi

bor, qattiq hujayra qobig’i bo’lmaydi


Tuzi- lishi



Asosan bir hujayrali, ko’p guruhlari (kolonial)
guruhlari ham uchraydi

Bir hujay-

rali va ko’p hujayrali, to’qima-


lari rivoj- lanmagan

Ko’p hujay- rali, to’qimalari rivojlangan

Odatda ko’p hujayrali mitsyliy.
Hujayralar oralig’i to’sig’i yo’q

Ko’p hujay- rali, to’qima va organlari rivojlangan.

Oziq-

lanish usuli


Geterotrof, avtotrof

Xemosintezlov-

chi avtotrof, gete- rotrof, fotosin- tezlovchi geterotrof



Geterotrof, fotosintez- lovchi
avtotrof

Avtotrof, fotosintez

Osmotrof, geterotrof

Golozoy geterotrof

Harakat- lanishi

Erkin yashaydi



Erkin yoki yopishib yashaydi

Faol harakatlanmaydi



Ko’pchiligi harakatchan

Yo’qorida keltirilgan jadvaldan yirik biologik sistemalarni klassifikatsiya qilish asosan to’rt xil belgilarga asoslanganligi ko’rinib turibdi. Mazkur klassifikatsida Protistalar bilan boshqa guruhlar o’rtasidagi farqlar aniq ko’zga tashlanmaydi. Shunday bo’lsada o’simlik va hayvonlar dunyosidan yangi Protistlar dunyosini ajratib chiqarilishi botanika va zoologiya o’rganadigan organizmlar o’rtasiga aniq chegara qoyishga imkon berdi.

Download 418.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling