Maruza "hayvonlarning tuzilishi va hayot kechirishi" (2-soat)


Zoologiyaning tadqiqot metodlari


Download 418.2 Kb.
bet5/13
Sana09.04.2023
Hajmi418.2 Kb.
#1344557
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1MARUZA

Zoologiyaning tadqiqot metodlari. Kuzatish, solishtirish, eksperiment, matematik statistika barcha zoologiya fanlari uchun umumiy metodlar hisoblanadi. Kuzatish metodi orqali hayvonlarning o’sishi, rivojlanishi, ko’payishi, tashqi muhit bilan va o’zaro munosabatlari o’ rganiladi. Bu metod yordamida hayvonlarning oziqlanishi, rivojlanishi, bolalashi, nasli to’g’risida g’amxo’rligi, yil yoki sutka davomida ular hayotida roy beradigan o’zgarishlarni tushunib olish mumkin.
Solishtirish metodi bitta tur individlari, har xil turlar yoki sistematik guruhlarga mansub turlarning tuzilishi, ko’payishi, rivojlanishi, hayot kechirishi va boshqa xususiyatlarini taqqoslashdan iborat. Bu metod hayvonlarning yashash muhitiga moslanishi, o’zaro qarindoshlik munosabatlari va boshqa xususiyatlarini o’rganadi.
Eksperiment,ya′ni tajriba metodi sun’iy vaziyat yaratish orqali hayvonlar uchun xos bo’lgan xususiyatlarni chuqurroq ochib berishdan iborat. Eksperiment ikki xil – sifat va o’lchov eksperimentidan iborat. Sifat eksperiment nazariy ko’rsatilgan biror voqe′likni hayvonlar hayotida sodir bo’lishi yoki bo’lmasligini aniqlash maqsadida o’tkaziladi. O’lchov eksperiment esa hayvonlar uchun xos bo’lgan birorta belgi yoki xususiyatni miqdoriy jihatdan tavsif etishdan iborat.
Matematik statistika metodidan eksperiment, solishtirish yoki kuzatish natijalarini umumlashtirish va tahlil qilishda foydalaniladi.
Zoologiyani qadimgi dunyoda va o’ yg’onish davrida rivojlanishi. Hayvonlar to’ g’risidagi dastlabki yozma ma’lumotlar miloddan avval V—IV asrga oid Misr, Xitoy va Yunon adabiyotlarida uchraydi. Lekin zoologiyaga oid ilk ilmiy asarlarni miloddan IV asr avval yashab o’ tgan Arastu



mohiyatidan foydalanildi.


(Aristotel) yaratgan. Uning asarlarida 452 tur hayvonning tuzilishi, hayot kechirishi va tarqalishi tushuntirib berilgan. Arastu hayvonlarni qonlilar va qonsizlarga ajratadi. Bu guruhlar hozirgi sistemaga muvofiq umurtqalilar va umurtqasizlarga yaqin keladi. Hayvonlar 8 kichik guruhlar: to’rt oyoqlilar, tuxum qoyuvchi ikki oyoqdilar, tuxum qoyuvchi to’ rt oyoqlilar, hasharotlar, qisqichbaqasimonlar va boshqalarga ajratilgan. Arastu asarlarida organlar korrelyatsiyasi va gradatsiya to’g’risida ham sodda fikrlar mavjud. Qadimgi Rim tabiatshunoslari orasida Gay Pliniy (miloddan so’ ng 23-79 yillar) mashhur bo’lgan. Uning 37 jildli "Tabiat tarixi" asarida o’sha davrda ma’lum bo’lgan hayvonlarga tavsif berilgan.
Xurofot hukm surgan O’rta asrlarda tabiatni o’rganish qat’iyan man etilib, ilm-fan namoyandalari esa ta’qib ostiga olindi. Ana shu sababli zoologiya fanining rivojlanishi batamom to’xtab qoldi, Aristotel va Gay Pliniy ishlari unutib yuborildi.
Uyg’onish davrida (XIV—XV asrlar) ilm-fan taraqqiyotining markazi G’arbiy Yevropaga ko’chdi. Bu davrda barcha tabiiy fanlar, jumladan zoologiya sohasida ham muhim kashfiyotlar qilindi. Xristofor Kolumb, Marko Polo, Magellan va boshqa bir kancha sayyohlarning dengizlar osha sarguzashtlari natijasida ilgari noma’lum bo’lgan hayvonlar kashf etildi. Bu davrda dunyoning turli joylaridan yig’ib kelingan behisob materiallarni sistemaga solish va umumlashtirish zarur edi. Ayni shu davrda shveytsariyalik vrach va naturalist YE.Gesner (1516—1565) 17 jildli "Hayvonlar tarixi" asarini yozdi. Asar ko’p jihatdan sodda yozilgan va unda noaniq ma’lumotlar ko’p bo’lsa ham eng qadimiy entsiklopedik manba′ hisoblanadi.

Download 418.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling