Maruza "hayvonlarning tuzilishi va hayot kechirishi" (2-soat)
Download 418.2 Kb.
|
1MARUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Harakatlanish organlari.
Ayirish sistemasi. Odatda hayvonlarda organizmdan moddalar almashinuvi mahsulotlarini chiqarish va osmotik bosimni boshqarish funksiyasini maxsus ayirish organlari bajaradi. Bir hujayralilar ayirish organi bitta yoki ikkita qisqaruvchi vakuoladan iborat. Dengiz va parazit bir hujayralilarda qisqaruvchi vakuolalar bo’ lmaydi. Yassi va to’ garak chuvalchanglar ayirish sistemasi umumiy ayirish nayiga ochiladigan juda ko’p naychalar va ular bilan tutashgan hujayralardan iborat. Tana bo’shlig’i va qon aylanish sistemasining rivojlanishi bilan ayirish sistemasi ham murakkablashib boradi. Halqali chuvalchanglar ayirish organlari bir uchi tana bo’ shlig’iga, ikkinchi uchi teri ustiga ochiladigan juft organlardan iborat. Kupchilik bo’ g’imoyoqlilar ayirish sistemasining tuzilishi va funktsiyasi ham halqali chuvalchanglarnikiga o’xshash bo’ladi. Hasharotlar va ko’poyoqlilar ayirish organi vazifasuini ichak bo’shlig’iga ochiladigan malpigi naychalari bajardi. Umurtqalilar ayirish sistemasi qon aylanish sistemasi bilan bog’langan murakkab buyraklardan iborat.
Harakatlanish organlari. Ko’pchilik hayvonlarda maxsus harakatlanish organlari rivojlangan. Bir hujayralilarda harakalanish funksiyasuini sitoplazma o’simtasidan hosil bo’lgan soxta oyoqlar, xivchinlar yoki kipriklar bajaradi. Tuban ko’p hujayralilarda maxsus harakatlanish organlari bo’lmaydi. Ular tanani bukilib yozilishi yoki qisqarib cho’zilishi orqali harakat qiladi. Ko’p hujayralilarda maxsus harakatlanish organlari dastlab halqali chuvalchanglarda paydo bo’lgan parapodiylardan iborat. Parapodiylar har bir tana bo’g’mida bir juftdan joylashgan tana o’ simtalari hisoblanadi. Evolyutsiya jarayonida harakatlanish organlari ham takomillashib, tayanch- harakat sistemasini hosil qiladi. Hayvonlarning quruqlikda yashashga o’tishi bilan yangi tipdagi tayanch-harakat sistemasi paydo bo’ladi. Bu sistema tanani yer ustida ko’tarib turuvchi tayanch organ ham hisoblanadi. Hayvonlarning harakatlanishi qisqarish xususiyatiga ega bo’lgan muskul to’qimasi bilan bog’liq. Bir hujayralilar xivchinlari yoki kipriklari qisqaruvchi muskul tolalari bilan bog’langan. Tuban ko’p hujayralilarda maxsus muskul hujayralari bo’shliqichlilar ektodermasida, to’garak va halqali chuvalchanglar epiteliysi ostida bir yoki ikki qavat bo’lib joylashgan. Hayvonlarni qurukdikka yashashga o’ tishi bilan tayanch- harakat sistemasining tuzilishi murakkablashib boradi. Muskullar harakat organlari atrofiga to’planib, ularning qisqarish kuchi oshadi. Harakat organlari bilan birga tayanch organlari ham rivojlanadi. umurtqasizlarda qattiq xitin qoplag’ich, umurtqalilarda esa suyak bajaradi. Sezish. Ko’ pchilik hayvonlar faol oziq qidiradi va o’zini himoya qiladi. Nerv sistemasi hayvonlarni tashqi muhit sharoitiga moslashuviga, binobarin ularni yashab qolishiga imkon beradi. Bu funksiyani nerv hujayralari va sezgi organlari bajaradi. Tuban ko’p hujayralilarda nerv hujayralari tarqoq joylashgan, ya’ni markazlashmagan bo’ladi. Evolyutsiya jarayonida tana tuzilishini murakkablashuvi va hayvonlar harakatchanligi ortishi bilan nerv sistemasi ham murakkablashib boradi. Birmuncha sodda tuzilgan ko’p hujayralilar nerv sistemasi tana oldingi qismida joylashgan nerv tugunlari va ulardan tana boylab oldinga va orqaga ketuvchi nerv stvollaridan iborat. Halqali chuvalchanglar va Bo’g’imoyoqlilar markaziy nerv sistemasi halqumusti nerv tuguni va qorin nerv zanjirini hosil qiladi. Umurtqalilar markaziy nerv sistemasi bosh va orqa miyadan iborat. Bir hujayralilar suvning tarkibiga va haroratiga ta’sirchan bo’ladi. Ayrim yashil xivchinlilarda yorug’likka sezgir qizil pigment ko’zcha bo’ladi. Birmuncha murakkab tuzilgan hayvonlarda ko’rish, eshitish, ta’m bilish, hid bilish, tuyg’u organlari rivojlangan. Sezgi organlari xilma-xil tuzilgan va tananing turli qismlarida joylashgan bo’lishi mumkin. Download 418.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling