Maruza "hayvonlarning tuzilishi va hayot kechirishi" (2-soat)


Download 418.2 Kb.
bet2/13
Sana09.04.2023
Hajmi418.2 Kb.
#1344557
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1MARUZA

Barcha hayvonlar atrof-muhit bilan o’zaro munosabatda bo’lishadi. Organizmlarning atrof- muhit bilan o’zaro munosabatini o’rgnuvchi fan ekologiya deb ataladi. Hayvonlarning geografik taqsimlanishi va ko’pligiga ta’sir qiluvchi omillarni o’rganishga alohida qiziqish namoyon bo’lmoqda. Ekologiya fani atrof-muhitdagi qo’zg’atuvchilar orqali qanday ta’sirlanishi va o’z moddalar almashinuvi va fiziologiyasini tartibga solgan holda ularga qanday javob qaytarishini tadqiq qiladi. Barcha organizmlar atrof-muhit ta’siriga javob beradi, bu xususiyat ta’sirlanish deb ataladi. Ta’sir va uning javobi juda sodda bo’lishi, masalan, bir hujayrali hayvonnning yorug’lik manbaiga yaqinlashishi yoki uzoqlashishi yoki zaharli (xavfli) moddadan qochishi, yoki ancha murakkab bo’lishi ham mumkin, masalan, qushlarning qo’shilish marosimidagi signallarning juda murakkab tizimiga javob berishlari (36-bobga q.). Hayot va atrof-muhit ajralmasdir. Biz organizmlar shajarasining evolyusion tarixini, bu evolyusiya roy bergan muhitdan ajratgan holda o’rgana olmaymiz.





1.7-rasm

Oziqlanish jarayoni: (A) da amyoba ovqatni o’rab olmoqda, (V) da esa buqalamun (xameleon) o’zining uchuvchi tili bilan o’lja hasharotni qo’lga kiritmoqda.



1.8-rasm

A, O’zining g’umbak qobig’idan chiqib kelayotgan voyaga yetgan monarx kapalak (Danais plexippus). B, To’liq voyaga yetgan monarx kapalak.


8. Harakat. Tirik tizimlar va ularning qismlari tizim ichidan aniq va nazorat qilinadigan harakatni namoyish qilishadi.

Tirik organizmlarning atrof-muhitdan olgan energiyasi, ularga boshqariladigan harakatlarni amalga oshirishga imkon beradi. Hujayra pog’onasidagi bunday harakatlar o’sish va ko’payish va barcha tirik shakllarning qo’zg’atuvchilarga javob berishi va ko’p hujayralilarning rivojlanishi uchun muhim. Mustaqil harakat hayvonlarga borib katta xilma- xillikka erishadi va ushbu kitobning katta qismi hayvonlarning harakatlari va hayvonlar bir joydan ikkinchisiga siljish (harakatlanish) uchun evolyusiya davomida qo’lga kiritgan moslashuv (adaptatsiya) lar tavsifini o’z ichiga oladi. Kengroq ko’lamda, butun boshli populyatsiyalar yoki turlar bir geografik mintaqadan boshqasiga ularning harakatlanish qobiliyatlari tufayli tarqala olishadi. Notirik matereyaning harakatlanishga oid xususiyatlari, masalan, zarralarning erishdagi, yadroning radioaktiv parchalanishi va vulkanlarning otilishi, harakatlanuvchi ob’ektlarning o’zlari tarafidan boshqarilmaydi va ko’pincha ular uchun butunlay begona kuchlar ta’sirida yuzaga keladi. Tirik tizimlardagi moslashuvchan va ko’pincha maqsadli harakatlari notirik olamda mavjud emas.



Download 418.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling