Maruza "hayvonlarning tuzilishi va hayot kechirishi" (2-soat)


Download 418.2 Kb.
bet11/13
Sana09.04.2023
Hajmi418.2 Kb.
#1344557
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1MARUZA

partenogenez turlar ham uchraydi. Partenogenez qulay sharoit tug’ilganida qisqa vaqt ichida tur individlari sonining juda tez ortishiga imkon beradi. Ayrim umurtqasiz hayvonlar faqat partenogenetik urg’ochilardan iborat. Odatda partenogenetik nasl ikki jinsli nasl bilan almashinib turadi.
Individual rivojlanish va o’sish. Urug’langan yoki partenogenetik tuxumni voyaga yetgan organizmga aylanish davri individual rivojlanish, ya’ni ontogenez deyiladi. Ontogenez embrional va postembrional rivojlanishni o’z ichiga oladi. Embrional rivojlanish davri tuxum qoyuvchi hayvonlarda embrionning tuxumdan chiqishi, tirik tug’uvchilarda esa embrionning ona qornidan tug’ilishi bilan tugaydi. Postembrional rivojlanish hayvonlarda ikki yo’l bilan boradi. Ko’pchilik hayvonlar, masalan, ayrim bo’shliqichlilar, halqali va to’garak chuvalchanglar, o’rgimchaksimonlar, chuchuk suv qisqichbaqasimonlari, ko’pchilik xordalilar murtagidan embrional rivojlanish natijasida voyaga yetgan hayvonning o’ziga o’xshash organizm yetishib chiqadi. Bunday rivojlanish o’zgarishsiz, ya’ni bevosita rivojlanish deyiladi. Boshqa hayvonlar (dengiz bo’shliqichlilari, ko’pchilik halqali chuvalchanglar, dengiz qisqichbaqasimonlari va mollyuskalari, qanotli hasharotlar, ninaterililar)da embrional rivojlanish natijasida hosil bo’lgan yosh organizm voyaga yetgan organizmidan tana tuzilishi va hayot tarzi bilan farq qiladi. Yosh organizm postembrional davrda bir necha o’zgarishlardan keyin yetishgan ota-ona organizmiga o’xshash bo’lib qoladi. Rivojlanishning bu tipi o’zgarishli bilvosita rivojlanish, ya’ni metamorfoz deyiladi.
O’sish hayvonlar hayotining dastlabki davrlariga to’g’ri keladi. Tana qoplag’ichi yumshoq bo’lgan hayvonlarning o’sishi bir meyorda boradi. To’garak chuvalchanglar, bo’g’imoyoqlilar va boshqa hayvonlarning tanasi o’sishga to’sqinlik qiladigan qattiq pust bilan qoplangan. Ularning o’sishi eski qattiq po’st tashlagandan so’ng boshlanib, yangi po’st qotganicha davom etaveradi.

Download 418.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling