Ma’ruza kirish. Fanning maqsadi va vazifalari


Download 114.23 Kb.
bet12/24
Sana30.03.2023
Hajmi114.23 Kb.
#1310133
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Laboratoriya usuli. Tekshiriladigan daladan keltirilgan namuna da­ladagi hosilning o’rtacha namunasi bo’lganidagina laboratoriya sharo­itida aniqlangan qand miqdori va titrlanadigan kislotalar ulushi haqiqiy holatni bildiradi. Shuning uchun daladan uzumning o’rtacha namunasini olish masalasiga alohida e’tibor berish lozim. Daladagi uzumning o’rtacha namunasini olish. Tokning balandligi va eniga, quyosh nurining tushishiga qarab bir necha qatordagi toklardan bir-ikki boshdan uzumni uzib olinadi. Agar uzum ustun (shpaler)siz o’stirilgan bo’lsa, namuna dalaning diagonali bo’ylab olinadi (konvert usuli). Daladagi uzum holatini aniq ko’rsatishi uchun etilganlik darajasi turlicha bo’lgan namunaning umumiy massasi 3—5 kg. ni tashkil qilishi lozim.Namuna olish katta tajriba talab qilgani sababli, bu ishni maxsus yo’riqnoma olgan tajribali bog’bonga topshirish lozim. O’rtacha namuna olish ustidan nazoratni laboratoriya xodimi olib boradi.Uzum namunasini analizga tayyorlash. Keltirilgan namunadagi uzumdan etilish darajasiga qarab, 1-2 kg ajratib olib laboratoriya pressida siqiladi. Press bo’lmagan hollarda uzumni matodan tikilgan xaltachaga solib, qo’l bilan siqib Sharbatini olsa bo’ladi. Har 1 kg uzumdan 550—600 ml Sharbat siqib olish kerak.


Tayanch so’z va iboralar:
Shup, silindrsimon, konussimon, yarim tayyor mahsulot (YaTM), partiya, press, titrlanadigan kislotaliylik, uzum Sharbati, refraktometr.


Nazorat savollari:
1. Mahsulotlardan namuna olishning qanday turlari bor?
2.O’tacha namunalar qanday olinadi?
3.Uzumdan o’rtacha namuna olish?
4.Dala va laboratoriya usulining farqi nimada?
5. Donli mahsulotlardan qanday namuna olinadi?
5-MA’RUZA
MAHSULOTLARNI FIZIK VA FIZIK KIMYOVIY KO‘RSATGICHLARINI ANIQLASH USULLARI.


Titrometrik (hajmiy) tahlilning mohiyati. Titrometrik analizlar tez bajarilishi bilan tavsiflanadi. Ushbu tezlikka konsentrasiyasi (yoki titri) aniq reagentning hajmini o’lchash bilan erishiladi. Ya’ni, titrometrik analizlarda o’zaro reaksiyaga kirishadigan ikki moddaning hajmini o’lchash bilan cheklaniladi.
Titr deb, 1 ml eritmada erigan moddaning gramm yoki milligrammda ifodalangan qiymatiga aytiladi. Masalan, «shavel kislotasining titri 0,0063 g/ml» iborasi eritmaning har millilitrida 0,0063 g shavel kislotasi mavjudligini bildiradi. Titr «T» harfi bilan belgilanadi hamda yuqoridagi misol T H2S2O2 H2O - 0,0063 g/ml tarzidai foydalanadi.
Titri aniq eritma titrlangan yoki aniq titrli eritma deb ataladi. Analizda aniq titrli eritma byuretkaga quyiladi va tekshirilayotgan eritmaga oz-ozdan tomiziladi. Tekshiruv titrlashga sarflangan reagent miqdori tekshirilayotgan modda miqdoriga ekvivalent bo’lguncha davom ettiriladi. Ayrim hollarda byuretkadan kolbadagi aniq titrli eritmaga tekshirilayotgan modda eritmasidan quyiladi. Qaysi usulda olib borilishidan qat’iy nazar bunday ish jarayoni titrlash deyiladi.
Byuretkadan titrlashga sarflangan reagent eritmasi (aniq titrli eritma) titrini bilgan holda tekshirilayotgan moddaning grammda ifodalangan miqdori aniqlanadi. Reaksiya tenglamasidan esa tekshirilayotgan eritmadagi moddaning miqdorini, hajmi aniq bo’lsa, eritma titrini hisoblash mumkin.



Download 114.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling