Zanglash (korroziy). Transport mashinalarining qanotlari, kapoti va kabinasining qoplamasi zanglashga eng ko‘p duchor bo‘ladi. Kimyoviy zanglashga metallarga quruq gazlar ta’sir etishi oqibatida paydo bo‘ladigan shikastlanishlar kiradi. Elektr-kimyoviy zanglash elektroliz ta’sirida ro‘y beradi. Zanglash (korroziy). Transport mashinalarining qanotlari, kapoti va kabinasining qoplamasi zanglashga eng ko‘p duchor bo‘ladi. Kimyoviy zanglashga metallarga quruq gazlar ta’sir etishi oqibatida paydo bo‘ladigan shikastlanishlar kiradi. Elektr-kimyoviy zanglash elektroliz ta’sirida ro‘y beradi. Eskirish. Materiallarning mexanik xossalari ularning eskirishi natijasida yomonlashadi. Buyumlarning eskirishi atrof-muhit (havo kislorodi, past harorat, yorug‘lik) hamda ishlatish sharoiti (haroratning, namlikning o‘zgarishi, abrazivlar va hokazo) ta’sirida ularning fizik-kimyoviy xossalari o‘zgarishidan iborat. Materialning eskirishi oqibatida metallmas materiallardan yasalgan detallarda darzlar paydo bo‘ladi, ularning elastlikligi va mustahkamligi pasayadi. Eskirish. Materiallarning mexanik xossalari ularning eskirishi natijasida yomonlashadi. Buyumlarning eskirishi atrof-muhit (havo kislorodi, past harorat, yorug‘lik) hamda ishlatish sharoiti (haroratning, namlikning o‘zgarishi, abrazivlar va hokazo) ta’sirida ularning fizik-kimyoviy xossalari o‘zgarishidan iborat. Materialning eskirishi oqibatida metallmas materiallardan yasalgan detallarda darzlar paydo bo‘ladi, ularning elastlikligi va mustahkamligi pasayadi. Asosiy atamalar, ta’riflar va puxtalik ko‘rsatkichlari Puxtalik nazariyasi mashinalarda ishlamay qolishlarning kelib chiqish qonunlarini o‘rganadi. Puxtalikka doir atamalar va ta’riflar andozalashtirilgan bo‘lib, ulardan ba’zilari quyida keltirilgan. Ishlash jarayonida mashina tuzuk, ishlashga layoqatli, nosoz va ishlashga layoqatsiz holatlardan birida bo‘lishi mumkin. Mashinalarning puxtaligini o‘rganishda turli-tuman ob’yektlar ko‘rib chiqiladi. Qo‘yilgan vazifaga qarab ob’yekt mashinaning alohida detali, kinematik juftligi, agregati yoki mashinaning o‘zi bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |