Ma'ruza “korxona iqtisodiyoti” kursining mazmuni va vazifasi


Download 281.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana20.06.2023
Hajmi281.77 Kb.
#1627778
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu

Fanning predmetini tashkil qiluvchi eng asosiy muammo va masalalar 
qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 

bozor munosabatlarida korxonaning hatti-harakatlarini innova-sion 
jarayonlar bilan o’zaro aloqadorligi; 

korxonaning tashkiliy strukturasi va boshqaruv mexanizmlarini innovasion 
omillardan samarali foydalanish darjasiga bog’liqligi; 

ishlab chiqarishni rejalashtirish va prognozlashtirishdagi o’rnini baholash; 

korxonaning innovasion va investision faolligini oshirish orqali resurs 
salohiyatidan foydalanish jarayonlarini maqbullashtirish;

korxonalarni ishlab chiqarish samaradorligini baholashda innova-sion 
omillardan foydalanish jarayonlarini tahlil qilish; 

innovasion boshqaruv jarayonlarini tashkil etish orqali korxona tijorat siri 
va iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashni tartiblash. 
Fanning maqsadi talabalarga korxona faoliyatiga daxldor amaliy iqtisodiy 
bilimlarni, korxona iqtisodiyoti innovasion jarayonlarni boshqarishdagi muammoli 
masalalar bo’yicha tegishli qaror qabul qilish ko’nikmalarini shakllantirishdan 
iborat. Shuningdek, bo’lajak iqtisodchi mutaxassislarni ishlab chiqarishni tashkil 
qilish, rejalashtirish, boshqarish vazifalarini malakali tarzda hal qilish, 
korxonalarda 
ishlab 
chiqarish 
samaradorligini 
oshirishning 
innovasion 
imkoniyatlari mavjud bo’lgan yo’llarini shakllantirishga doir bilim va malakani 
shakllanti-rishga xizmat qiladi.
1.2. Fanni o’rganish uslubiyati va usullari 


Korxona xo’jalik mexanizmi ko’p qirrali va murakkab jarayon hisob-lanadi. 
Xo’jalik mexanizmi korxona faoliyatida ro’y berayotgan iqtisodiy hodisalar va 
jarayonlarga baho berish, ularni rejalashtirish va tashkil etish yo’llarini aniqlash 
imkoniyatini beradi.
Barcha iqtisodiy fanlar qatori fanni o’rganishning falsafiy asosi va umumiy 
bilish quroli sifatida dialektik usul ishlatilinadi. Shu bilan birga bilish jarayoning 
rivojlanishini ta’minlashda ilmiy fikr yuritish-ning umumiy usullari ham keng 
qo’llaniladi. Ular qatoriga induksiya, deduksiya, analiz (tahlil) va sintez kabilar 
kiradi. 
Dialektika grekcha «dialektike» so’zidan olingan bo’lib, tabiat va jamiyat 
rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o’rganish usuli sifatida vujudga kelgan
ya’ni fanning jamiyat tafakkurini yuksaltirishdagi o’rnini asos-lashga xizmat qiladi.
Induksiya lotincha «induktion» so’zidan olingan bo’lib, xabar olish ma’nosini 
bildiradi. U fikr yuritishni tadqiq qilish usuli hisoblanadi. Induksiya tadqiqot 
qilishda, xulosalarni asoslashda xususiylikdan, ayni voqyelikdan umumiylikka o’tish 
usulidir. Iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda umumiy nazariy bilimga ega bo’lish 
uchun uning alohida tomonlari, emperik asosda o’rganilib, xulosa qilinadi. 
Deduksiya lotincha «deduction» so’zidan olingan bo’lib, «chiqarish» ma’nosini 
bildiradi. Deduksiya ham induksiya kabi fikr yuritishni tadqiq qilish usuli bo’lib, 
induksiya usulining teskarisini ifoda etadi. Deduksiya usuli ishlatilganda 
umumiylikdan xususiylikka qarab fikr yuritilinadi va tadqiqot olib boriladi. 

Download 281.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling