109
fikrlilik, donishmandlik,
sezgirlik, zakovatlilik, topqirlik, notiqlik, tanqidiylik,
dadillik, omilkorlik, savodxonlik, qiziquvchanlik, ishqibozlik kabilar;
Sobitlik xislatlari: faollik, qat’iyatlilik, tezkorlik, jo‘shqinlik, sabotlilik, bir so‘zda
turishlik,
barqarorlik, botirlik, dovyuraklik, intizomlilik, jiddiylik,
nafsni tiyishlik,
o‘zini yo‘qotmaslik, sovuqqonlik, o‘ziga talabchanlik, kamsuqumlik, o‘zini o‘zi
idora eta bilish va boshqalar.
Ehtiroslilik xislatlari: ko‘tarinkilik, tantanavorlik,
kulib turuvchanlik, xazinlik,
kelajakka ishonch, ezgulik, kek saqlamaslik, olijanoblik, otashinlik, nozik tabiatlilik,
hayolilik, xijolatpazlik, iffatlilik va hakozolar.
Iymon arabcha so‘z bo‘lib - lug‘aviy ma’nosi - ishonch demakdir. Shariatda
esa
janob
payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom Olloh tarafidan
keltirgan barcha xabarlarga til bilan iqror bo‘lib, dil bilan tasdiklashga iymon
deyiladi. Ya’ni Qur’oni Karim va Hadisi Shariflar orqali Olloh, to‘g‘risida,
jannat. do‘zax, qiyomat kabilar haqida berilgan xabarlarga shlonch - iymondir.
Iymon kishi ma’naviyatining, ahlokining o‘q ildizi,
poydevori, negizidir.
Iymondan mahrum kimsaning aqli nechog‘li o‘tkir, irodasi naqadar cho‘ng
bo‘lmasin va shular tufayli o‘zligidan qanchalik mag‘rurlanmasin, u chinakkam
insonlar qatoriga hech kachon kiritilmagan, kiritilmaydi ham. Zero, iymonsiz
odam na Ollohdan qo‘rqadi va na bandalardan uyaladi.U o‘z nafsining itoatkor
qo‘li bo‘lib, har qanday razolat va pastkashliklardan qaytmaydi. Olloh.
hammamizni shundan asrasin.Buning uchun iymon yo‘lini to‘tishimiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: