Ma’ruza mashg`ulotlari 1- mavzu: “Kasbiy ma’naviyat” fanining maqsadi, vazifasi va jamiyat hayotidagi ahamiyati Reja


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/71
Sana19.12.2022
Hajmi1.67 Mb.
#1033657
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   71
Bog'liq
КАСБ МАЪНАВИЯТИ УМК

Iymonning mohiyati azaldan olam va odamzotning kelib chikishi, odamning 
olamdagi o‘rni qanday, inson umrining ma’nosi nimada, zoti bashar nimaga 
da’vat etilgan, u nimalarga qodiru, nimalarga noqodrdir singari muammolar 
tashkil etib keladi. 
Iymon barcha dinlarning ustuni sanaladi. Hamma dinlarda iymonga alohida 
e’tibor beriladi. Chunonchi, zardushtiylik iymoni uch tayanchga: niyat - fikrning 
sofligiga, so‘zning sobit-ligiga, amallarning insoniyligiga suyanadi. Iymonli 
kishi o‘g‘rilik va talonchilikdan, o‘zgalarning mol-mulkiga ko‘z olaytirishdan, 
birovnig haqiga xiyonat qilishdan, boshqacha aytganda, o‘zligiga, ya’ni o‘z 
iymoniga xilof, zid ish qilishdan o‘zini tiya biladigan komil insondir. Iymonli 
odamga yukorida qayd etilgan hodisalarni qilma, 
gunox. bo‘ladi deb 
targ‘ib qilishning hojati yo‘q. 
Diniy iymonning bir talay turlari bo‘lib, jahon axdlari aro keng taralgani to‘rttadir: 
buddaviy iymon, iudaviy iymon, isoviy iymon, islomiy iymon. Bu iymon 
turlari mazmun jihatdan farqlansa-da, ammo mohiyatan birdir. U ham bo‘lsa, biron-bir 
narsa va g‘oyani benihoya tarifu muqaddas, azizu mukarram bilib, kundalik faoliyat 
va xulq-atvorda ana shu e’tiqoddan kelib chiqibxatti-harakat qilishdan iboratdir. 
Binobarin, jamiki iymon turi kishi amaliy faoliyat va xulq-atvori dasturi 
sifatida namoyon bo‘ladi. 
Diniy iymon bilan birga inson tajribasi, bilimi tufayli yuzaga kelgan dunyoviy 
iymon ham bor. Dunyoviy iymon mazmunini olam va odam haqida so‘nggi ikki 
yarim ming yil mobaynida kashf etilgan ilmiy-falsafiy bilimlar, 


110 
mehnat ahlining to‘plagan hayot tajribasi, ijtimoiy xotirasi, turli-tuman udumlar, 
urf-odatlar, rasm-rusumlar, an’analar va ular zamiridagi bilimlar tashkil etadi.
Dunyoviy iymonning o‘zagi odamiylikdan iborat bo‘lib, uning tarkibiga 
kiradigan unsurlar, qirralar, jihatlar g‘oyat turli-tumandir. Odamiylik deganda 
xalqimiz o‘zoq tarixi davomida turli sinovlardan o‘tib sayqal topib kelayotgan va 
faqatgina ijobiy fazilatlar tarzida e’zozlanadigan axloqiy qadriyatlarni tushunsak 
bo‘ladi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling