Iymonli bo‘lishning belgilaridan biri or-nomus hisoblanadi. Or qilish
odamning o‘ziga nomunosib yoki ep ko‘rmagan ishdan, narsadan xijolat
tortish, uyalish, uyat va nomus qilish tuyg‘usidir. Or yana biror narsadan xazar
qilishni ham bildiradi.
Oriyat esa or-nomus dan tas hqa ri izzat-nafs, qadr tuyg‘usidir. Odatda
oriyatli odamlar o‘zlari va oilalarining, tug‘ishganlarining izzat-nafsi, qadri,
xurmatini yuksak to‘tib, boshqalar tomonidan toptalishi, xaqorat qilinishi
va hurmatsizlanishiga loqaydlarcha qarab turmaydi, turolmaydi.
Nomus – bu iffat, bokiralik ma’nolaridan tashqari kishining o‘z mavqeiini
saqlash, ulug‘lash va ardoqlash, xijolat tortish tuyg‘usini, oila va ajdodlar
sha’niga dog‘ tushirmaslik ma’nosini ifodalaydi. Ko‘pincha, biror kishini, uning
oila a’zolarini, ajdodlarini noxaq haqoratlasalaru, u kishi bunga beparvo,
loqaydlarcha tursa, undaylarga karata senda or-nomus, oriyat bormi o‘zi, deb
xitob qilinadi. Bizning ota-bobolarimiz, xalqimiz qadimdan or-nomusli,
oriyatli bo‘lib kelgan, shuning uchun ular o‘z yurtini, uning tuprog‘ini, onalari
va farzandlarini boshqa bosqinchilar tomonidan toptalishini o‘zlari uchun or deb
bilganlar.
Ko‘rinadiki,
or-nomus, oriyat
mohiyatida
vatanparvarlik,
xalqparvarlik tuyg‘ulari yashirinib yotadi.
O‘z-o‘zini anglash bu xalqning, millatning o‘tmish tarixiy taraqqiyot yo‘lini, ota-
bobolari, nasl-nasabi, avlodu-ajdodlarining kim bo‘lganligi va ularning jahon ilm-fani va
madaniyati taraqqiyotiga ko‘shgan buyuk hissalarini bilib olishdir.
Milliy o‘zlikni anglash - millat yashayotgan Vatanning porloq istiqbolini
ta’minlash uchun qanday imkoniyatlar va qulayliklarga ega ekanligini chuqur anglab
yetish, ular bilan cheksiz faxrlanish, mavjud imkoniyatlarni yuzaga chiqarish, real
voqelikka aylantirish uchun o‘zini safarbar etish, barcha imkoniyatlari, kuch
g‘ayratini ishga solish demakdir. Millat mavjud bo‘lishi uchun til, hudud va
ma’naviyat asosiy shart bo‘lgani kabi milliy o‘zlikni anglash ham asosiy zaruriy
shart hisoblanadi. O‘zlikni anglash o‘z mohiyatiga ko‘ra millat va elatlar uchun xos
bo‘lgan ma’naviyat xususiyatlarini ifoda etib, o‘z funksiyasiga ko‘ra milliy
manfaatlarni himoya qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |