Ma’ruza matnlari mavzu. Kirish. Qishloq xo‘jalik ekinlari yangi navlarini yaratishning axamiyati, xolati va istiqbollari. Reja
Download 399.53 Kb.
|
Ma’ruza matnlari mavzu. Kirish. Qishloq xo‘jalik ekinlari yangi -fayllar.org
Internet manbalari
1.www.referat.ru 2.www.agronomy.ord 3.www.library:breeding of animals and crop plants. 4. http: www.Ziyonet.Uz Yuqorida ko’rib chiqilgan seleksiya usullari genetik barqaror seleksion material tayyorlab, uning asosida yangi navlar yaratishga qaratilgan edi. Urug’chilik jarayonida bu navlarning hamma belgi, biologik xususiyatlari, nav tozaligi va yuqori hosildorligi saqlanib, urug’lari ko’paytiriladi va katta maydonlarga ekiladi. Shu bilan birga, oxirgi yarim asrdan beri (45-50 yil) qishloq xo’jalik ekinlarining seleksiyasi prinsipial yangi asosda olib borilmoqda. Bu yo’nalishning maqsadi – ishlab chiqarishning katta maydonlarida ekish uchun urug’idan bir marta foydalaniladigan yuqori hosilli duragaylarning birinchi bo’g’inini (G’1) ishlab chiqishdir. Ya’ni geterozis asosida duragay urug’laridan foydalanish. Geterozis deb, duragaylarning birinchi bo’g’ini (G’1) ota-ona shakllariga nisbatan yuqori hosilli va hayotchan bo’lishiga aytiladi. Duragaylarning ota-ona shakllariga nisbatan kuchliligini (hayotchanligi va yuqori hosildorligi) birinchi bo’lib Peterburg Fanlar Akademiyasining faxriy a’zosi I.G.Kyolreyter kuzatgan. U 1760 yilda tamaki va nos tamaki (maxorka)ni chatishtirib olingan turlararo duragay hayotchan, kuchli rivojlanib, yuqori hosilli bo’lganligini kuzatib, undan (duragaydan) amalda foydalanish yo’lini ishlab chiqishga kirishadi va duragay urug’lardan bir marta (faqat birinchi bo’g’inda) foydalanish mumkinligini aniqlaydi. Keyinchalik geterozis hodisasini Ch.Darvin chuqur o’rganib, o’zining 1876 yilda chop etilgan «O’simliklar dunyosiga o’zidan va chetdan changlanishning ta’siri» degan asarida uning asoslarini ko’rsatib berdi. U geterozisni sababini ota-ona gametalaridagi irsiy farqlar bilan bog’ladi. Ch.Darvinning g’oyalari ta’siri ostida amerikalik olim D.Bil 1878 yilda Michigan qishloq xo’jalik kollejida navlararo yuqori hosilli duragay hosil qilish maqsadida makkajo’xorining har xil navlarini bir-biri bilan chatishtiradi. Natijada ota-ona shakllariga nisbatan 10-15 foiz yuqoriroq hosil qiladigan duragaylar olinadi. Lekin o’sha davrda makkajo’xorining navlararo duragaylari keng tarqalmaydi. Geterozis seleksiyasining rivojlanishida Amerika genetik-olimi V.Shellning xizmati katta. U 1906 yilda birinchi bo’lib makkajo’xori hosildorligini oshirish uchun ekinning duragaylarini ekish masalasini qo’ydi. V.Shell makkajo’xorining majburan o’zidan changlatib olingan liniyalarini yaratib, ular o’rtasida o’zaro juft chatishtirish o’tkazgan. Natijada ayrim duragaylar hayotchanligi va serhosilligi bilan faqat ota-ona liniyalaridangina emas, balki boshlang’ich navlardan ham ancha ustun chiqqan. Shunga asoslanib, u keng maydonlarda majburiy o’zidan changlatib olingan liniyalar yaratib, ulardan eng yaxshilarini yonma-yon ekdi. Ona sifatidagi liniya o’simliklarining ro’vagi qo’lda kesib olinib, ota sifatidagi liniya o’simliklari changi bilan changlanish natijasida geterozisli duragay urug’lar yetishtirish mumkinligini aniqladi. Geterozis duragaylarining kuchliligini ko’rsatish maqsadida V.Shell 1914 yilda geterozis tushunchasini (terminini) fanga kiritadi. Shved genetigi A.Gustavsson o’simliklarda uchraydigan geterozisni uchta asosiy xilga bo’ladi. Reproduktiv geterozis – bu o’simlikning ko’payish organlari, meva va urug’larning ko’p hosil bo’lishi. Somatik geterozis – organizm o’simliklarning vegetativ organlarining kuchli rivojlanishi. Adaptiv (moslanuvchi) geterozis - o’simlik hayotchanligi-ning kuchayishi. Geterozis asosida barcha mamlakatlarda makkajo’xori, jo’xori, qand lavlagi, xashaki lavlagi, sabzavot-poliz ekinlarning duragay urug’lari yetishtirilib, keng maydonlarga ekilmoqda. Bunday duragaylar birinchi bo’g’ini (G’1) dastlabki ota-ona shakllarga nisbatan 25-40 foiz, ba’zi ekinlarda, hatto 50 foiz va undan ham yuqori va sifatli hosil beradi. Duragaylashda organizmlarni chatishtirish autbriding va inbriding tartibida olib boriladi. Bir-biridan uzoq (qarindosh bo’lmagan) organizmlarni chatishtirish autbriding deb ataladi. Aksincha, bir-biriga yaqin (qarindosh) organizmlarni chatishtirish inbriding deyiladi. Inbriding hayvonlarga xos tushuncha bo’lib, o’simliklarda insuxt deb ataladi. Chetdan changlanuvchi o’simliklarni majburan o’zidan bir necha yil davomida chatishtirish insuxt deb ataladi. O’simliklarni insuxtlash natijasida, ularning hosil-dorligi, o’suvchanligi va hayotchanligi kamayib boradi. Bu hodisa depressiya deyiladi. Bu hodisani birinchi bo’lib Shell kuzatgan. Lekin insux-liniyalar bir-biri bilan chatishtirilsa, ulardan olingan duragay hosildor, kuchli va hayotchan bo’ladi, ya’ni geterozis hodisasi kuzatiladi. Geterozisdan amalda keng foydalanish masalasi makkajo’xorida batafsil va mukammal o’rganilgan. Makkajo’xorining ishlab chiqarishda ekiladigan geterozisli duragaylari quyidagi tiplarga bo’linadi: Liniyalararo duragaylar – ular o’z navbatida: oddiy – (A insuxt liniya x B insuxt liniya); uch liniyali (A insuxt liniya x B insuxt liniya) x V insuxt-liniya; qo’sh liniyalararo (A insuxt liniya x B insuxt liniya) x (V insuxt liniya x G insuxt liniya); Murakkab liniyalararo (A insuxt liniya x B insuxt liniya) x (V insuxt liniya x G insuxt liniya) x D insuxt liniya. Nav bilan liniyaaro yoki liniya bilan navaro A navi x B insuxt liniya; A insuxt liniya x B navi. Navlararo. A navi x B navi. Duragay populyasiyalar (A liniyalararo duragay, B liniya- lararo duragay, V liniyalararo duragay, G liniyalararo duragay). Download 399.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling