Maruza: yassi


So’rg’ichlilar (Trematoda) sinfi


Download 57.44 Kb.
bet4/11
Sana13.04.2023
Hajmi57.44 Kb.
#1350693
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
8 MARUZA

So’rg’ichlilar (Trematoda) sinfi


So’rg’ichlilar sinfiga 400 dan ortiq tur kiradi. Hamma vakillari umurtqali va umurtqasiz hayvonlarning ichki organlarida parazit yashaydi. Kattaligi bir necha mm, ba’zan bir necha sm gacha, baliqlarda parazitlik qiladigan ayrim so’ rg’ichlilar tanasi uzunligi 1,5 m ga yetadi (Didymozoidae oilasi turlari).


Tuzilishi. Tanasi shakli kiprikli chuvalchanglarga o’xshash bargsimon, lekin parazit yashashga moslanish belgilari mavjud. Tanasi sirtida kipriklari bo’lmaydi; og’iz va qorin so’rg’ichlari yordamida yopishib yashaydi. Og’iz so’rg’ichi tanasining oldingi uchida; uning o’rtasida og’iz teshigi joylashgan. Qorin so’rg’ichi og’iz so’rg’ichidan orqaroqda joylashgan; faqat yopishish uchun xizmat qiladi. Maxsus muskullar qisqarib bo’shashganida so’ rg’ichlar xaltasi kengayishi va torayishi tufayli parazit xo’ jayin organlariga yopishib oladi.
Tana qoplag’ichi tegument deb ataladi kipriksiz epiteliydan iborat. Epiteliyning sirtqi qavati yadrosiz sitoplazmatik plastinkadan iborat. Bu qavat hujayralari juda ko’p mitoxondriyalar va vakuolalarga ega, lekin hujayralar o’rtasida chegara yo’qolib, sintsitiy hosil qiladi. Epiteliy sirtidagi har xil pixlar qo’shimcha yopishuv organi hisoblanadi. Sitoplazmatik ipchalar yordamida tegument qavat sitoplazmaning parenximasiga botib turadigan yadroli qismi bilan bog’langan. Tegument ostida bazal membrana va uning ostida halqa bo’ ylama muskullar joylashadi.
Hazm qilish sistemasi nayi og’iz teshigidan boshlanadi. Og’iz teshigi muskulli ektodermal xilqum, qizilo’ngach va endodermal o’rta ichakdan iborat (50-rasm). O’rta ichak odatda ikki shoxga ajralgan, yirik turlarda esa ko’p shoxli bo’ladi. Ayirish sistemasi protonefridiy tipida bo’lib, odatda bir juft yig’uvchi naylar va ulardan tarkaladigan juda ko’ p naychalardan iborat. Naylar siydik pufagiga, pufak esa tashqariga ochiladi.
Nerv sistemasi ortogon tipda tuzilgan bo’lib, bir juft miya gangliylaridan hamda ulardan oldinga va orqaga ketadigan uch juft bo’ ylama nervlardan iborat. Nervlar ko’ndalang nerv tolalar bilan qo’shilgan. Boylama nervlar orasida, ayniqsa, qorin nervlari yaxshi rivojlangan. Sezgi organlari voyaga yetgan hayvonlarda rivojlanmagan, suvda erkin suzib yuradigan lichinkalarning bir yoki ikki juft oddiy ko’zchalari- teri retseptorlari bo’ladi.

Download 57.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling