Maruza: yassi
Download 57.44 Kb.
|
8 MARUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kiprikli chuvalchanglar (Turbellaria) sinfi
Asosiy iboralar: parenxima, bilateral simmetriya, teri-muskul xaltasi, protonefridiy, ortogon nerv sistemasi, myuller lichinkasi, miratsidiy, koratsidiy, onkosfera, rediy, strobila, skoleks, pedagenez, serkariy, adoleskariy.
Ma’ruza matnining mazmuniYassi chuvalchanglar tipining umumiy tavsifi. Yassi chuvalchanglar- tuban tuzilgan bilateral simmetriyali uch qavatli hayvonlar . Ularning to’qima va organlari ontogenezda uchta murtak varaqlar: ektoderma, endoderma va mezodermadan kelib chiqqan. Tanasi ko’pincha cho’ziq, dorzo-ventral yo’nalishida yassilashgan. To’qimalari bir necha qavat bo’lib joylashib, ichki organlarni xaltaga o’xshab o’rab turadigan teri-muskul xaltasini hosil qiladi. Ularning tana bo’shlig’i rivojlanmagan parenximatoz hayvonlar. Ichki organlari oralig’i mezodermadan hosil bo’lgan g’ovak biriktiruvchi to’ qima - parenxima bilan to’lgan. Sodda tuzilgan ichagi ektodermal oldingi ichak - halqum va endodermal o’rta ichakdan iborat. Orqa ichak va orqa chiqaruv teshigi bo’lmaydi. Bir qancha parazit turlarining ichagi yo’qolib ketadi. Ayirish sistemasi protonefridiy tipida tuzilgan bo’lib, keng tarmoqlangan naychalar sistemasidan iborat. Naychalarning parenximada joylashgan uchi berk qismi bir tutam kipriklarga ega bo’lgan yulduzsimon hujayralar bilan tutashgan. Naylar maxsus chiqarish (ekskretor) teshik orqali tashqi muhitga ochiladi. Qon aylanish va nafas olish sistemalari rivojlanmagan. Nerv sistemasi bir juft oldingi gangliylar va ulardan orqaga ketadigan nerv stvollaridan iborat. Jinsiy sistemasi germafrodit bo’lib, jinsiy hujayralar hosil qiladigan jinsiy bezlardan va jinsiy hujayralarni o’tkazadigan naychalar — jinsiy yo’llardan iborat. Yassi chuvalchanglar tipiga kiprikli chuvalchanglar, so’rg’ichlilar, monogeniyalar, tasmasimon chuvalchanglar va sestodsimonlar sinflari kiradi. Kiprikli chuvalchanglar (Turbellaria) sinfiKiprikli chuvalchanglarning tana yuzasi mayda kiprikchalar bilan qoplangan cho’ziq bargsimon shaklda bo’ladi. Dengiz yoki chuchuk suvlarda erkin yashaydi, ayrim turlari qurukdikda ham uchraydi. Teri-muskul xaltasi. Kiprikli chuvalchanglar tanasi uzunligi bir necha mm dan bir necha sm gacha yetadi. Ayrim turlari (masalan,oq planariya) tanasining oldingi qismida paypaslagichga o’xshash kalta o’simtalari bo’ladi. Tanasi silindrsimon kiprikli epiteliy bilan qoplangan. Ba′zan sitoplazmaning yadro joylashgan bir qismi parenximaga chuqur botib kirishi tufayli hujayralar orasida chegara yo’ qoladi. Bu xildagi tana qoplag’ichi botib kirgan epiteliy deyiladi. Epiteliy hujayralari orasida va parenximada yakka yoki to’p bo’lib “teri bezlari” deb ataladigan qadahsimon hujayralar joylashgan. Ulardan bir xili- tayoqchasimon rabditlar hayvon ta’sirlanganida tashqariga otilib chiqib, tana sirtini himoya qiladigan qobiq hosil qiladi. Epiteliy ostida elastik bazal membrana, uning ostida esa halqa va buylama muskullar qavati hamda tolalari o’ zaro kesishgan diagonal muskullar joylashgan. Epiteliy va muskul qavatlari birgalikda teri-muskul xaltasini hosil qiladi(45-rasm). Hazm qilish sistemasi halkumdan va uchi berk o’ rta ichakdan iborat. Hazm bo’ lmagan oziq qoldiqlari og’iz orqali chiqarib yuboriladi. Ko’pchilik turlari yirtqich bo’lib, har xil mayda hayvonlar bilan oziqlanadi. Og’iz teshigi qorin tomonining o’rtasida, tanasining oldingi yoki keyingi uchiga yaqin joyda joylashgan (46-rasm). Mayda vakillarining o’rta ichagi uchi berk oddiy xaltaga yoki nayga o’xshaydi. Yirik vakillarining ichagi shoxlangan. Ko’p shoxlilarning halqumi oshqozonga ochiladi, oshqozondan esa har tomonga ichak shoxlari taraladi. Uch shoxlilarda esa halkumdan birdaniga ichakning uchta shoxi boshlanadi, ulardan biri oldinga, ikkitasi orqaga taraladi. Bu shoxlar o’z navbatida yana bir necha marta shoxlanib, parenximadaga barcha to’qima hamda organlarga yetib boradi. Ichak oziq moddalarni barcha to’qimalarga etkazib beradi. Oziq bo’shliqichlilar singari hujayra ichida fagotsitoz orqali hazm bo’ ladi. Nafas olish va qon aylanish organlari bo’lmaydi. Kiprikli chuvalchanglar tanasiga suvda erigan kislorod butun tana yuzasi orqali diffuziya yo’li bilan o’tadi. Ayirish sistemasi. Maxsus ayirish sistemasi kiprikli chuvalchanglarda birinchi marta paydo bo’ladi. Bu sistema tana boylab o’tadigan ikki yoki bir nechta umumiy naylardan va ularning parenximaga ko’p marta shoxlanishi natijasida hosil bo’lgan’ juda ingichka naychalardan iborat. Naychalar uchida yulduzsimon kiprikli hujayralar joylashgan. Kipriklarning ishlashi yonib turgan sham shulasini shamolda hilpirashiga o’xshaydi. Shu sababdan ular “hilpirovchi hujayralar” deyiladi. Kipriklar suvda erigan ayirish mahsulotlarini naylarga haydaydi. Bunday ayirish sistemasi protonefridiylar, ya′ni oddiy buyraklar deyiladi. Tuban ichaksiz kiprikli chuvalchanglarda maxsus ayirish organi bo’lmaydi, ayirish mahsulotlarini amyobotsitlar tanadan olib chiqib ketadi. Nerv sistemasi. Yassi chuvalchanglarda nerv hujayralari tana oldingi qismida to’ planib, qo’sh tugunlar - miya gangliysini hosil qiladi (46, 47-rasmlar). Gangliydan orqa tomonga nerv stvollari ketadi. Stvollar nerv tolalaridan va ular bo’ ylab joylashgan nerv hujayralaridan iborat. Ayrim ichaksiz kiprikli chuvalchanglar nerv sistemasi bo’shliq ichlilarga o’ xshab diffuz (tarqoq) joylashgan nerv hujayralaridan iborat. Boylama nerv stvollari ko’ndalang komissuralar bilan qo’shilib, narvonga o’xshash shaklga ega bo’ladi. Nerv sistemasining barcha yassi chuvalchanglarga xos bo’ lgan bu tipi ortogon deyiladi. Sezgi organlari. Kiprikli chuvalchanglarning sezgi a’zolari kuchsiz rivojlangan. Tuyg’u vazifasini teri, ayrim vakillarida esa tana oldingi qismida joylashgan bir juft o’simtalari bajaradi. Mexanik va kimyoviy ta’sirni tana boylab tarqalgan harakatsiz kiprikchalar sezadi. Bu kiprikchalar xuddi bo’ shliqichlilar knidotse-liga o’ xshash tuzilgan, lekin nerv hujayralari bilan bog’langanligi bilan ulardan farq qiladi. Nerv hujayralarining o’simtasi miya gangliysi bilan bog’langan. Bunday sezgi a’zolarini sensillalar deyiladi (48-rasm). Ko’ zlari bitta yoki bir necha hujayradan hosil bo’lgan pigmentli qadahchadan iborat. Hujayralardan chiqadigan nerv tolalari ko’rish nervlariga birlashib, miya gangliysiga boradi. Pigmentli qadahning botiq tomoni tashqariga o’girilgan. Yorug’lik retseptor hujayra tanasidan o’ tib, uning yorug’likka sezgir qismiga tushadi. Bunday ko’zlar teskari ag’darilgan, ya’ni invertirlangan deyiladi. Jinsiy sistemasi germafrodit, odatda murakkab tuzilgan. Ko’pchilik chuvalchanglarda jinsiy bezlar yaxshi rivojlangan va xilma-xil tuzilgan. Quyida ko’p shoxli va uch shoxli chuvalchanglar jinsiy sistemasining tuzilishi keltirilgan. Erkaklik jinsiy sistemasi parenximada yoyilib joylashgan juda ko’p mayda pufakchalar, urug’ naychalari va tana ikki yonida joylashgan urug’ yo’lidan iborat. Ikkita urug’ yo’ li qo’shilib, urug’ to’kuvchi nayni hosil qiladi. Bu nay kuyikish organi orqali kloakaga ochiladi. Kloakaga urg’ochilikorganlari nayi ham ochiladi. Urg’ochilik jinsiy sistemasi har xil sondagi tuxumdonlar, ulardan boshlanadigan ikkita tuxum yo’li, jinsiy qin va juda ko’p sariqdonlardan iborat. Sariqdonlar rivojlanayotgan embrion uchun oziq modda bo’lib, ularning nayi tuxum yo’ liga ochiladi. Sariqdon hujayralari urug’lanish xususiyatini yo’qotgan tuxum hosil qiluvchi ootsitlar hisoblanadi. Urg’ochilik jinsiy bezlari va ko’pincha urug’ qabul qilgich yo’li ham kloakaga ochiladi. Tuxum hujayra tuxum yo’lida urug’lanib, sariq modda va qobiq bilan o’raladi. Tuxumning bunday tuzilishi boshqa yassi chuvalchanglarga ham xos bo’ladi. Ko’payishi va rivojlanishi. Ko’pchilik kiprikli chuvalchanglar faqat jinsiy yo’ l bilan ko’ payadi. Har xil sistematik guruhlarning embrional rivojlanishi turlicha bo’ladi. Odatda tuxum hujayrasi to’liq, lekin notekis bo’linadi. Ko’ p shoxlangan ichakli dengiz kiprikli chuvalchanglari metamorfoz orqali rivojlanadi. Tuxumdan chiqqan Myullerov lichinkasi (49-rasm) voyaga yetgan davridan keskin farq kidali. Lichinkaning tanasi tuxumsimon, ichagi xaltaga o’xshash bo’ladi. Dastlab lichinka radial simmetriyaga xos belgilarga ega bo’ladi. Lichinka tanasining o’rta qismida, ya’ni og’iz teshigidan oldinroqda 8 ta eshkaksimon uzun o’simtalar osilib turadi. O’simtalar qirrasida uzun kipriklar joylashgan. Lichinka kipriklar yordamida planktonda suzib yuradi; mayda chuvalchangga aylangandan so’ng suv tubiga cho’kadi. Birqancha turlari o’zgarishsiz rivojlanadi. Makrostomidlar turkumi vakillari ko’ndalang bo’linish orqali ko’payadi. Kiprikli chuvalchanglar 12 turkumga bo’linadi. Download 57.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling