Maruza: yassi


Exinokokk (Echinococcus granulosus)


Download 57.44 Kb.
bet9/11
Sana13.04.2023
Hajmi57.44 Kb.
#1350693
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
8 MARUZA

Exinokokk (Echinococcus granulosus) yirtqich sutemizuvchilar ichagida yashaydi. Tanasi uzunligi 2- 6 mm, 3-4 bo’g’imdan iborat. Asosiy xo’jayini (it, bo’ri, chiyabo’ri, tulki) ichagidan chiqadigan onkosferali tuxumlari oziq bilan odam yoki o’txo’r sutemizuyvchilar ichagiga tushganida lichinkasi ichak devoridan o’tib, qon orqali jigar, o’pka, ba’zan boshqa organlarga borib, finna davriga aylanadi. Exinokokk finnasi bola boshidek yoki undan ham kattaroq bo’lishi mumkin. Sigir jigarida 64 kg og’irlikdagi finna topilgan. Finna juda sekin, bir yil davomida 1 sm o’sadi. Pufak o’ sgan sayin uning ichida birinchi, ikkinchi, uchinchi va hokazo tartibdagi yangi pufaklar paydo bo’laberadi. Pufak devorida va uning ichidagi suyuqlikda parazitning juda ko’p boshchalari bo’ladi. Odam (ko’pincha yosh bolalar) exinokokkni it junidan yuqtirishadi. It va boshqa yirtqich sutemizuvchilar exinokokk bilan zararlangan organlarni yeb, parazitni yuqtiradi.
Tasmasimon chuvalchanglarning zarari. Tasmasimon chuvalchanglar odam va hayvonlarga katta ziyon keltiradi. Kasallik tug’diruvchi ko’pchilik chuvalchanglar Cyclophyllidea va Pseudophyllidea turkumiga kiradi. Birinchi turkumdan ichak ligulasi (Ligula intestinalis, 59-rasm) baliqlarga katta zarar yetkazadi. Uning uzunligi 50-80 sm, karpsimon baliqdar (qora baliq, zog’ora, leshch, qizil ko’z) tana bo’shlig’ida parazitlik qiladi. Kasal baliqlar o’sishdan qolib; ko’pincha halok bo’ladi. Voyaga yetgan ligulaning uzunligi 1 m yaqin. U suvda va suv boyida yashovchi qushlar ichagida parazitlik qiladi. Ligula tanasi bo’g’imlarga bo’linmaydi, lekin germafrodit jinsiy organi tanasi boylab ko’p marta takrorlanadi. Qush ichagidan suvga tushgan tuxumdan koratsidiy lichinkasi chiqadi. Lichinka birinchi oraliq xo’jayin diaptomus qisqichbaqasi tana bo’shlig’iga o’tadi. Ikkinchi oraliq xo’ jayin- baliqlar diaptomus qisqichbaqasini yeb parazit bilan zararlanadi. Qushlar esa kasal baliqlarni yeganida zararlanadi.
Odam va sutemizuvchi hayvonlarga exinokokk, miya qurti, qoramol va cho’chqa tasmasimon chuvalchanglari ham katta ziyon keltiradi. Cho’chka tasmasimon chuvalchangining tuzilishi va hayot kechirishi qoramol tasmasimoniga o’xshaydi, lekin undan birmuncha kichikligi (uzunligi 2-3 m), boshida so’rg’ichlari bilan birga ilmoqlari ham bo’ lishi, yetilgan bo’g’imlari 5-6 tadan uzilib chiqishi bilan farq qiladi. Cho’chqa tasmasimoni bilan zararlangan odamning ko’ngli aynib, qayd qilganida parazitning etishgan bo’g’imlari uzilib ichakka tushishi va tuxumlardan chiqqan lichinkalar ichki organlarga borib finnaga aylanishi mumkin.
Odamlar, ayniqsa yosh bolalarga kalta zanjirsimon chuvalchang Hymenolepis nana katta ziyon etkazadi. Parazit uzunligi 1-4,5 sm keladigan tanasi 100—200 ta mayda proglottidlardan iborat. Kalta zanjirsimon odam ichagida yashaydi. Uning onkosferasi dastlab ichak vorsinkasiga kirib, sistitserkoid tipidagi finnaga aylanadi. Parazit ichak bo’ shlig’iga chiqib voyaga yetadi va tuxum qoya boshlaydi. Tuxumdan chiqqan lichinkasi 19 kunda voyaga yetadi. Odam parazit tuxumlarini iflos qo’li orqali yoki oziq-ovqat bilan chetdan yuqtirishi mumkin. Parazit ayniqsa, bolalarga ko’p azob beradi. Kasal bolaning qorni og’rib, ichi ketadi yoki ichi qotadi. Paazit bolaning nerv sistemasiga ham ta’sir etadi.
Moneziya (Monezia expansa) muhim iqtisodiy ahamiyatga ega. Moneziya otlar va chorva mollari ichagida parazitlik qilib, og’ir ichak kasalligini paydo qiladi. Moneziya kasallagan hayvonlar
ko’plab qirilib ketadi. Moneziya mayda finnalari sovutli kanalar (Oribatidae oilasi) tanasida rivojlanadi. Hayvonlar kanalarni o’t bilan birga yutib zararlanadi.

Download 57.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling