Maruza: yassi
Download 57.44 Kb.
|
8 MARUZA
Ko’ payishi va rivojlanishi. Tasmasimon chuvalchanglar har xil usulda urug’lanadi. Xo’jayin ichagida bir necha chuvalchang bo’lganida ular bir-birini urug’lantiradi. Xo’jayin ichagida faqat bitta chuvalchang bo’ lganida har xil proglottidlar bir-birini urug’lantirishi, hatto bitta proglottid ham o’z- o’ziini urug’lantirishi mumkin.
Lichinkalarning rivojlanishi ham bir xilda kechmaydi. Qoramol va cho’chqa tasmasimon chuvalchangi lichinkalari tuxum ichida, serbar tasmasimon chuvalchang (Diphyllobothrium latum) lichinkasi tashqi muhitda (suvda) rivojlanadi. Odatda tuxumdan olti ilmoqli lichinka - onkosfera chiqadi (56-rasm). Lichinkaning bundan keyingi rivojlanishi xo’jayin almashtirish orqali boradi. Qoramol tasmasimon chuvalchangining tuxumi asosiy xo’ jayin (odam) ichagidan axlat bilan tashqariga tushganida tuxum ichida onkosfera lichinkasi yetiladi. Lichinkali tuxumlar yem-xashak bilan oraliq xo’jayin ichagiga tushadi. Tuxumdan chiqqan onkosfera ilmoqlar yordamida ichak yoki oshqozon devorini teshib, limfatik sistema yoki qon tomirlariga, undan esa har xil ichki organlar, ko’proq jigar, ba′zan o’pka, miya yoki boshqa organlarga o’tib oladi. Bu organlarda onkosfera pu- faksimon finna davriga aylanadi. Finna tasmasimon chuvalchanglarning invaziyali (yuqumli) davri hisoblanadi. Tasmasimon chuvalchanglarning finnalari sestitserk, protserkoid, plerotserkoid, senur yoki exinokokk deb ataladi (57-rasm). Sistitserk ichi suyuqlik bilan to’lgan mosh kattaligidagi pufakdan iborat. Pufak devorining bir cheti pufak bo’shlig’iga botib kirgan bo’ladi. Bu joyda lichinkaning to’rt so’rg’ichli boshchasi joylashadi. Finnalar ana shu holatda bir necha yil yashashi mumkin. Finna faqat asosiy xo’jayini, ya’ni odam ichagiga tushgandan so’ng rivojdanib voyaga yetadi. Yaxshi pishirilmagan finnali go’sht yoki jigar odam ichagiga tushganida pufak ichidagi boshcha tashqariga chiqadi. Pufak yemirilib, lichinka boshchasi va boyinchasi tez o’sa boshlaydi. Boyincha keyingi qismi ko’ndalangiga bo’linish orqali yangi bo’g’imlar chiqarib, uzun proglottidlar zanjiri hosil qiladi. Shunday qilib qoramol tasmasimon chuvalchangi rivojlanishi xo’jayin almashinishi va murakkab o’zgarishlar, ya’ni onkosferani finnaga va finnani voyaga yetgan parazitga aylanishi orqali boradi. Cho’ chqa tasmasimon chuvalchangi (Taenia solium)ning rivojlanishi ham xuddi shu tarzda sodir bo’ladi. Serbar tasmasimon chuvalchangning rivojlanishi esa ikkita oraliq xo’jayin orqali boradi. Odam ichagidan chiqadigan tuxumdan suvda sirti kipriklar bilan qoplangan olti ilmoqli lichinka - koratsidiy chiqadi. Koratsidiyni siklop yutganida u ichakda kipriklarini tashlaydi, ichak devori orqali siklop tana bo’shlig’iga o’tib, chuvalchangsimon mayda lichinka- protserkoidga aylanadi. Lichinkaning keyingi qismida sharsimon o’simtasi bo’ladi. O’simtaning shakli monogeniyalarning yopishuv serkomerasiga o’xshab ketadi, unda oltita ilmoqcha joylashgan. Kasallangan sikloplarni cho’rtan, nalim va ba’zi losossimon baliqlar yeydigan bo’lsa, protserkoid baliqning tana bo’shlig’i, tuxumdoni, muskullari va boshqa organlariga o’tib olib, serkomera-sini tashlaydi va o’sib plerotserkoidga aylanadi (57-rasm). Plerotserkoid 1- 1,5 sm uzunlikda, tanasi oldingi qismi yon tomonida ikkita tirqishsimon so’ rg’ichlari bo’ ladi. Plerotserkoid invaziyali (yuquvchi) davr - finnaga mos keladi. Zararlangan baliq go’shtini odam, it yoki mushuk yeganida, lichinka ular ichagiga yopishib olib, 10-12 m gacha uzunlikdagi voyaga yetgan parazitga aylanadi. Qoy miya qurti (Milticeps multiceps) asosiy xo’jayini, asosan cho’pon itlari, oraliqxo’jayini qoy va boshqa ba’zi uy va yovvoyi hayvonlar hisoblanadi. It ichidagi chuval-changning uzunligi 40 mm dan 80 mm gacha bo’lib, itlarga katta ziyon yetkazmaydi. Miya qurtining pufaksimon finnasi yong’okdan yoki undan kattaroq bo’ lib, senur deyiladi. Senur devorida parazitning yuzlab boshchasi hosil bo’ladi. Bunday pufak qoy va boshqa hayvonlar miyasi yarim sharlaridan birida hosil bo’ lganidan hayvon faqat bir tomoni bilan aylana boshlaydi. Ana shuning uchun bu kasallik "gir aylanma" yoki "tentak kasalligi" deyiladi. Download 57.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling