Maruza: yassi
Download 57.44 Kb.
|
8 MARUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rivojlanishi.
- Digenetik
Jinsiy sistemasi. Ko’pchilik so’rg’ichlilar germafrodit, jinsiy sistemasi xilma-xil va murakkab tuzilgan. Erkaklik jinsiy organi qorin so’rg’ichidan orqaroqda joylashgan bir juft urug’dondan iborat. Urug’donlardan bittadan urug’ yo’li boshlanadi. Qorin so’rg’ichidan keyinrokda urug’ yo’llari qo’shilib, urug’ chiqarish nayini hosil qiladi (50-rasm). Bu nay urug’lantiruvchi organ ichidan o’tadi. Urug’lantiruvchi organ maxsus xaltacha - jinsiy kloakada joylashgan. Tuxumdon bitta, urug’donlardan
keyinrokda joylashadi. Tuxumdon ootip deb ataladigan xaltachaga ochiladi. Ootipga urg’ochilik jinsiy bezlarining yo’li ochiladi. Tananing ikki yonida juda ko’p pufakchalar shaklidagi sariqdonlar joylashgan. Tananing oldingi va keyingi qismidan chiqadigan sariqdon yo’llari bitta ko’ndalang »ayga birlashadi va ootipga kelib qo’shiladi. Ootipdan uzun egri-bugri bachadon boshlanadi. Bachadon yetilgan tuxum hujayralar bilan to’lgan bo’lib, jinsiy kloakaga ochiladi. Ootipga urug’ qabul qilgich va qisqa laurerov nayi ham ochiladi. Bundan tashqari ootipni mayda po’choq bezlari ham o’rab turadi. Yetilgan tuxumlar ootipga tushib urug’lanadi. Buning uchun urug’lantirgich organ bachadonga kiritiladi. Urug’lar bachadondan urug’ qabul qilgichga va undan ootipga o’tadi. Laurerov nayi orqali ootipdagi ortiqcha urug’ hujayralari chiqarib turiladi. Sariqdon hujayralarining sitoplazmasida zaxira oziq modda - glikogen to’planadi. Sariqdon hujayralari tuxum hujayrani o’rab oladi. Sirti sariqdon ajratadigan maxsus modda bu hujayralar sirtida qattiq po’choq hosil qiladi. Tuxum yetilgach bachadon- ga tushadi, u joydan tashqi muhitga chiqib ketadi. Rivojlanishi. So’ rg’ichlilarning hayot sikli juda murakkab bo’lib, nasl almashinish orqali boradi. Jigar qurti (Fasciola nepatica)ning rivojlanishi quyidagicha boradi. So’rg’ichlilarning voyaga yetgan davri marita deyiladi. Jigar qurtining maritasi jigarning o’t yo’llarida parazitlik qiladi va shu joyga tuxum qoyadi. Tuxumlari o’t yo’li orqali ichakka, so’ngra xo’jayini axlati bilan tashqi muhitga chiqib ketadi. Tasodifan suvga tushib qolgan tuxumlardan kipriklar bilan qoplangan mikroskopik lichinka - miratsidiy rivojlanib chiqadi. Miratsidiyning ikkita oddiy ko’zchasi, nerv gangliysi va bir juft protonefdiylari bo’ladi (51-rasm). Miratsidiyning tanasi keyingi qismida maxsus partenogenetik tuxumlari, ya’ni murtak hujayralar bo’ladi. Lichinka tanasining oldingi uchida kichikroq muskulli xartumi bor. Xartumi uchiga maxsus lichinka bezining yo’li ochiladi. Miratsidiy o’z tanasidagi zaxira glikogen hisobiga yashaydi. Miratsidiyning bundan keyingi rivojlanishi oralik xo’jayini tanasida davom etadi. Bunday xo’jayin chuchuk suvlarda uchraydigan har xil qorinoyoqli mollyuskalar hisoblanadi. Jigar qurtining lichinkasi kichik chuchuk suv shillig’i (Lamnaea truncatula) tanasida rivojlanadi. Miratsidiy xartumchasi yordamida shilliq tanasini teshib, uning ichki organlariga kirib oladi. Maxsus bez suyuqdigi suv shillig’i to’qimalarini eritib lichinkani mollyuska tanasiga o’tib olishiga imkon beradi. Mollyuska tanasida miratsidiy kipriklarini tashlab, xaltasimon shakldagi sporotsistaga aylanadi. Sporotsista parazitning ko’payish xususiyatiga ega bo’lgan voyaga yetgan davri deyish mumkin. U holda miratsidiy sporotsistaning lichinkasi bo’ladi. Sporotsista davrida uning ichidagi partenogenetik tuxumlar bo’linib, navbatdagi lichinkalar - rediyalar hosil bo’ladi. Rediyaning xaltaga o’ xshash kalta ichagi bor. Sporotsista yorilib, rediyalar mollyuska tanasiga chiqali. O’z navbatida rediyalar ichidagi partenogenetik tuxum hujayralardan yana yangi lichinkalar- serkariyalar hosil bo’ladi. So’rg’ichlari, ikki shoxli ichagi, ayirish sistemasi va nerv tugunlarining tuzilishi bilan serkariya voyaga yetgan parazit maritaga o’xshaydi, lekin undan uzun va yo’ g’on muskulli dumining rivojlanganligi bilan farq qiladi. Serkariyalar rediya tanasidagi teshik orqali mollyuska tanasiga, so’ngra suvga chiqadi. Serkariylar ham miratsidiylar singari oziqlanmaydi, bir necha kundan so’ ng suv o’ tlariga o’tirib olgach, dumini tashlab tanasi sirtida sista hosil qiladi. Parazitning bu davri adoleskariy deyiladi. Suvga kelgan hayvonlar o’tlarni yeb, parazitni yuqtiradi. Ichakda sistaning qobig’i eriydi. yosh parazit hayvonning tana bo’ shlig’i orqali jigar o’t yo’llariga o’tib olib voyaga yetadi. So’ rg’ichlilar nasl almashinish orqali ko’ payadi. Ularning lichinkalik davrida murtaklik hujayralarining bo’linishi orqali ko’payishi partenogenezdan iborat. Partenogenezning bu xili pedogenez (lichinkalik davrida ko’payish) deb ham ataladi. Agar miratsidiy lichinka deyiladigan bo’lsa sporotsista va rediyalarni ikkita urg’ochi nasl deyish mumkin. So’rg’ichlilar hayot sikli germafrodit va partenogenetik naslini almashinuvidan iborat. Bu hodisa, shuningdek ayrim jinsli va germafrodit, ayrim jinsli va partenogenetik nasllarni almashinib turishini geterogoniya deyiladi. Pedagenezning biologik ahamiyati asosiy xo’jayin tanasida rivojlanish imkoniyatiga ega bo’lgan parazitlar sonini keskin oshirishdan iborat. So’rg’ichlilarning patogen ahamiyati. Ko’pchilik so’rg’ichlilar odam va hayvonlarda parazitlik qiladi. Ular orasida jigar qurti - Fasciola hepatica katta xo’jalik ahamiyatiga ega. Bu qurtning voyaga yetgan davrida uzunligi 3- 5 sm bo’lib, deyarli barcha sutemizuvchilar, jumladan odam jigari o’t yo’llarida parazitlik qiladi. Parazit ta’sirida mollar jigarining o’t yo’llari bekilib, o’t suyuqligining oqishi qiyinlashib qoladi. Ayrim yillari chorva mollari (qoylar)ning zararlanishi epizootiya tusini olgan. Sutemizuvchi hayvonlar jigarida lantsetsimon so’rg’ichli - Dicrocoelum lanceatum ham parazitlik qiladi. Bu parazitning uzunligi 0,5-1,2 sm, birinchi oraliq xo’jayini quruqlikda yashovchi qorinoyoqli mollyuskalar, ikkinchi oraliq xo’jayini chumolilar bo’ladi. Chumolilar mollyuskalar ajratib chiqaradigan serkariyli qopchalarni, sutemizuvchilar o’t bilan birga chumolilarni yeb zararlanadi. Mushuk ikki so’rg’ichlisi - Opisthorchis felineus (52-rasm) mushuk, it va odam jigarida parazitlik qiladi. Uzunligi 8-13 mm. Birinchi oraliq xo’jayin bitiniya mollyuskasi -Bithynia leachi, ikkinchisi baliq hisoblanadi. Odam va hayvonlar metatserkariyli baliq go’shtini yaxshi pishirilmagan yoki dudlamagan yeganida parazitni yuqtiradi. Kuchli zararlangan odam halok bo’lishi mumkin. Parazit Sibir hamda Yevropaning sharqiy va janubiy hududlarida tarqalgan. Qon so’rg’ichlisi (Shistosoma haematobium, 52-rasm) - ikki jinsli hayvon. Erkagi (uzunligi 12-14 mm) urg’ochisi (20 mm) ga nisbatan kalta, biroz keng bo’ladi. Urg’ochisi ingichka, erkagining qorin tomonidagi tarnovsimon chuqurchasida joylashgan bo’ladi. Shistozomalar odamning qorin bo’shlig’idagi yirik vena tomirlarida, shuningdek buyrak va qovuq venalarida yashaydi. Urg’Ochisi qovuqdevori va orqa ichak venasiga tuxum qoyadi. Miraditsiy lichinkasi bo’lgan tuxumlar qovuq devorini teshib, uning bo’shlig’iga, undan siydik bilan tashqariga chiqib ketadi. Suvda tuxumdan chiqqan miratsidiylar ayrim chuchuk suv qorinoyoqli mollyuskalari tanasiga kirib oladi. Mollyuskalar tanasidan suvga chiqqan serkariylar cho’milayotgan yoki sholipoyada ishlayotgan odamlar terisini teshib qon tomiriga o’tib oladi. Bu parazit paydo qiladigan kasallik shistozomatoz deyiladi. Bu sinf digenetik so’rg’ichlilar va aspidogasterlar kenja sinflariga ajratiladi.Digenetik, so’rg’ichlilar (Digenea) kenja sinfi. Digenetik so’rg’ichlilar deyarli barcha vakillarining ikkita so’rg’ichi bo’ladi. Rivojlanish sikli juda murakkab, nasl almashinuv orqali boradi. So’rg’ichlilarning asosiy ko’pchiligi, shu jumladan yuqorida keltirilgan turlar ham ana shu kenja sinfga kiradi. Download 57.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling