Maruza: yassi


Ichaksizlar (Aeoela) turkumi


Download 57.44 Kb.
bet3/11
Sana13.04.2023
Hajmi57.44 Kb.
#1350693
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
8 MARUZA

Ichaksizlar (Aeoela) turkumi. Tuban tuzilgan, asosan dengizlarda yashovchi mayda chuvalchanglar. Ichagi va protonefridiylari bo’lmaydi; nerv va jinsiy sistemasi sodda tuzilgan. Parenxi- masi hazm qilish vazifasini bajaradi.

  • Makrostomidlar (Makrostomida) turkumi. Dengiz va chuchuk suvlarda yashaydi. Sodda tuzilgan, ichagi xaltaga o’xshab kengaygan. Bu turkum vakillari yuqorida ko’rsatilganidek jinssiz ko’ndalang bo’linish orqali ko’payadi.

  • To’g’ri ichaklilar (Rhabdocoela) turkumi. Juda mayda (0,5-5 mm) chuvalchanglar. Tanasi bir oz yassi, asosan silindrsimon; ichagi naysimon, uchi berk bo’ ladi. Og’iz teshigi tanasi oldingi qismida joylashgan. Ayirish sistemasi bir juft naychalardan iborat. Chuchuk suv, dengiz va quruqlikda uchraydi. Ayrim turlari mollyuskalar va boshqa umurtqasizlarda parazitlik qiladi. To’g’ri ichaklilar chuvalchanglarning kelib chiqishini tushuntirishda ahamiyatga ega.

  • Uchshoxlilar (Tricladida) turkumi. Xilma-xil turlarni o’z ichiga oladi. Ayrim quruqlikda yashovchi turlari 30 sm ga yetadi. Tanasi bargsimon yoki tasmasimon, o’rta ichagi uch shoxli bo’ladi. Asosan chuchuk suvda, ba’zan quruqlikda va dengizlarda hayot kechiradi. Chuchuk suvlarda yashaydigan oq planariya (Dendrocoelum lacteum) va ko’p ko’zli (Polycelis) shu turkumga kiradi.

  • Ko’pshoxlilar (Polycladida) turkumi. Ancha yirik (15 sm gacha), bargsimon chuvalchanglar. Dengizlarda hayot kechiradi. Korall riflarida tarqalgan kupshoxlilar ay-niqsa, chiroyli rangda bo’ ladi. Ko’p shoxlilar bir qancha sodda tuzilish belgilariga ega.Ularning sariqdoni, ba’zan jinsiy yo’li bo’lmaydi.

    Kiprikli chuvalchanglarning kelib chiqishi bilateral simmetriyaning paydo bo’ lishi bilan bevosita bog’liq. Uzoq vaqt davomida tan olingan Lang nazariyasiga ko’ra kiprikli chuvalchanglar taroqlilardan kelib chiqqan. Ko’p ichakli chuvalchanglar ichagining tuzilishi va kipriklarining rivojlanganligi taroqlilarga o’ xshashligiga asoslangan. A. O. Kovalevskiy tomonidan seloplanani kashf etishi Lange fikricha, bu nazariyaning to’g’riligini isbotlaydi.
    Graff taklif qilgan, keyinroq rus olimi V. N. Beklemishev rivojlantirgan nazariyaga ko’ra tuban ichaksiz kipriklilar bo’shliqichlilarning eng qadimgi sodda tuzilgan ajdodlaridan kelib chiqqan. Ichaksiz kipriklilarni bo’shliqichlilarning planula lichinkasiga o’xshashligi buni isbotlaydi.

    Download 57.44 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling