O‘quv faoliyatining natijalari.
Talaba quyidagilarni bajara oladi:
- adabiyotshunoslik tarkibiy qismlari, jumladan, adabiyot tarixi adabiyotshunoslik metodologiyasi bilan o‘zaro bog‘liqligini izohlay oladi;
- adabiyotshunoslik tarixining ob’ekti va predmeti haqidagi bilimlarni mustahkamlaydi;
- adabiyotshunoslik metodlari adabiyotshunoslikning qo‘shimcha tarkibiy qismi ekanligini tushuntira oladi.
- guruhda ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
|
|
O‘qitish usullari va texnikasi
|
Muammoli usul, suhbat, aqliy hujum, munozara,.
|
|
O‘qitish vositalari
|
O‘quv materiallari, konspektlar.
|
|
O‘qitish shakllari
|
Jamoada va guruhlarda ishlash
|
|
O‘qitish sharoitlari
|
Guruhlarda ishlash uchun mo‘ljallangan auditoriya
|
|
Amaliy mashg‘ulotning texnologik xaritasi
Bosqichlar,
vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
Ta’lim beruvchi
|
Ta’lim oluvchilar
|
1-bosqich.
Kirish
(10 min.)
|
1.1. Mavzuni, maqsadi rejadagi o‘quv natijalarini e’lon qiladi, ularning ahamiyati va dolzarbligini asoslaydi.
1.2. Savollar bo‘yicha talabalar bilimlarini faollashtiradi.
|
Savollarga javob beradi
|
2-bosqich.
Asosiy
(60 min.)
|
2.1.Talabalardan adabiyotshunoslik-ning tarkibiy qismlarini so‘raydi.
2.2. Adabiyotshunoslikning qo‘shimcha yordamchi sohalari haqida so‘raydi.
2.3. Adabiyot tarixi haqida so‘raydi.
2.4. Adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlari metodologiya bilan bog‘liqligi sabablarini so‘raydi.
2.5. Bu boradagi muammolarni mushohadaga tashlaydi. Muammoni hal qilish bo‘yicha kutilayotgan natijalarni tushuntirib beradi. Aqliy hujum, g‘oyalarni tanlash va baholash, guruhlarda ishlash qoidalarni eslatadi. Guruhda ishlar boshlanganligini aytadi.
2.6. Taqdimot jarayonida javoblarni sharhlaydi. To‘g‘rilarini ta’kidlaydi, xatolarni ko‘rsatadi. Muammoli vazifa echimlarining munozara shaklidagi muhokamasini tashkil qiladi. Talabalar bilan birgalikda javoblarni baholaydi. Javoblar to‘liq bo‘lmagan holda o‘zi to‘ldirib boradi. Guruhlarni o‘zaro baholashini tashkil etadi.
2.7. YAkun chiqaradi.
|
2.1 Faollashtirilgan bilimlar, umumlashma xulosalar asosida mashg‘ulotda echiladigan muammoga “olib kiradilar”, adabiyotshunoslik tarkibiy qismlari haqida ma’lumot beradilar. Adabiyot tarixining o‘ziga xos xususiyatlari, davrlashtirish masalasi va tamoyillariga e’tibor qaratib, mumtoz adabiyot tarixini o‘rganish muammolarini davr, mafkura, yaqin o‘tmishdagi tarixiy sharoit bilan bog‘laydilar. Talabalarda fikr-mulohaza uyg‘otiladi, o‘ylashga, tahlilga yo‘naltiriladi. Mumtoz adabiy merosni o‘rganishda istiqlol bergan imkoniyatlarni bayon etadilar. Amalga oshirilgan ishlar ko‘lamini tahlil etadilar. Mumtoz adabiy merosning yoshlar ongiga mustaqillik mafkurasini singdirishdagi rolini asoslaydilar.Adabiyotshunoslik tarixi adabiyotshunoslik metodologiyasi bilan bog‘liq ligini misollar yordamida tahliliy yoritadilar.
|
3-bosqich.
YAkuniy
(10 min.)
|
3.1. O‘quv faoliyatini yakunlaydi. Talabalar e’tiborini asosiy jihatlarga qaratadi. Muammoni hal qilish jarayonida guruhlar faoliyatidagi muvaffaqiyatlarni,
bajarilgan ishning kasbiy faoliyat uchun ahamiyatini ta’kidlaydi, baholaydi.
3.2. Mustqil ish uchun vazifa beradi. Mavzu yuzasidan internet va boshqa manbalardan ma’lumotlar to‘plash va konspektlashtirish.
|
3.1.Tinglaydilar, aniqlashtiradilar.
Mustaqil ish uchun vazifalarni yozib oladilar.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |