Mashg‘ulot ʋ 1 Mavzu: Tibbiy psixologiyaga kirish, maqsadi va vazifalari. Tibbiyot psixologiyasida tekshirish usullari. Tibbiyot psixologiyasi yosh aspektida. Sezgi, idrok, hissiyot normada, tekshirish usullari
Download 446 Kb.
|
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Pe
Emotsional shaxs. Bu toifaga kiruvchilarning xulq-atvoridagi xislatlar bir qaraganda xushchaqchaq toifaga kiruvchilarga o‘xshab ketadi, biroq emotsional shaxslar o‘zlarining his-tuyg‘ularini yaqqol namoyon qilishavermaydi, ya’ni ular biroz niqoblangan holatda bo‘ladi. Ular uchun hissiyotga beriluvchanlik, ta’sirchanlik, vahima, qo‘rqoqlik, xavotir va ko‘p so‘zlash xosdir. Ularning xulq-atvorida yaqqol namoyon bo‘luvchi xislatlar insonparvarlik, odamlar va hayvonlarga nisbatan mehr-shafqatlilik, mehribonlikdir. Ular boshqa birovlarning muvaffaqiyatidan quvonishadi. Ular tashqi ta’sirotlarga tez berilishadi, hayotda ro‘y berayotgan voqea va hodisalar ularga tez ta’sir qiladi, yig‘lab ham olishadi. Kinofilmlardagi zo‘ravonliklar ularni qattiq larzaga soladi. Bu filmlardan so‘ng kayfiyati o‘zoq vaqt bo‘zilib yuradi, yomon tushlar ko‘ra boshlaydi. U janjalli voqealarga kam qo‘shiladi, xafa bo‘lsa ichiga yutadi. Ularda burchga sadoqat kuchli ifodalangan bo‘ladi, topshiriqlarni bajarishda doimo ilg‘or bo‘lishadi. Ular tabiatni yaxshi ko‘rishadi, o‘simliklar o‘stirishni, hayvonlarni boqishni xush ko‘rishadi.
Siklotik shaxs («siklotimiya» – grekchadan kayfiyat, histuyg‘u degani). Gipertimik (yuqori kayfiyat) va distimik (bo‘zuq kayfiyat) holatlarning bir-biri bilan almashib turishi bilan kechadi. Bunday shaxslarning kayfiyati tez-tez o‘zgarib turadi va ulartashqi ta’sirotlarga juda bog‘liq bo‘ladi. Ba’zan hech qanday sababsiz kayfiyati buzilishi mumkin, kayfiyatni ko‘taruvchi voqealar ro‘y bersa, ularning faolligi oshib juda ishchan bo‘lib qolishadi, tashlab qo‘ygan ishlarini zavqlanib qayta boshlab yuborishadi, o‘zidagi bu faollikni ko‘rib ko‘tarinki kayfiyatda yuradi, so‘zamon bo‘lib qoladi, miyasiga zo‘r g‘oyalar kela boshlaydi. Bunday holat gipertimiya deb ataladi. Agar to‘satdan g‘amgin voqealar yuz bera boshlasa, barcha qilayotgan ishlarini to‘xtatib qo‘yadi, kayfiyati bo‘ziladi, fikri karaxt va kamgap bo‘lib qoladi, ishtahasi yo‘qoladi, janjal ko‘taradi, g‘azablanib yuradi. Bu holat distimiya deb ataladi. Shuning uchun ham ularga jiddiy ishlarni topshirib bo‘lmaydi. Siklotimiya maniakal-depressiv psixozlarda ko‘p ko‘zatiladi. Distimiyani depressiyadan ajratish ba’zan qiyin kechadi, shuning uchun ularni o‘zoq vaqt kuzatuvga olish zarur. Ayzenk shaxsni o‘rganish bo‘yicha o‘z kuzatuvlariga asoslanib, odamlarni 2 toifaga ajratib o‘rgangan, ya’ni ekstravertlar va intravertlarga. Ekstravertlar. Ular juda dilkash, his-tuyg‘ulari tashqariga yo‘nalgan, sir-sanoatlarini boshqalarga yoyib yuradigan va odamlar bilan muloqotda bo‘lishni xush ko‘radigan insonlardir. Ular uchun birovlar bilan muloqotda bo‘lish juda yoqimlidir, ular xushchaqchaq, quvnoq, tez qo‘zg‘aluvchan, serjahl va jizzaki shaxslardir. Ular kelajakka optimizm bilan qarashadi, o‘ta ishchan va faol bo‘lishadi, lekin sir saqlay olishmaydi, o‘z his-tuyg‘ularini nazorat qila olishmaydi, jahli chiqsa tajovo‘zkor bo‘lib qolishlari mumkin. Jiddiy ishlarga, ayniqsa, o‘zoq vaqt davom etuvchi ishlarga ularni sherik qilishda ehtiyotkorlik kerak. Intravertlar. O’ta kamgap, muloyim, uyatchan, his-tuyg‘ulari ichkariga yo‘naltirilgan shaxslar. Ularning sirlarini bilib olish juda qiyin, darrov muloqotga boravermaydi, qaysi bir jamoada suhbatlarga aralashib qolsa kam so‘zlaydi yoki indamay o‘tirishni xush ko‘radi. O’z xatti-harakatlarini tahlil qilib yuradi. Hammaga ham qo‘shilavermaydi, do‘stlari kam bo‘ladi. Qilinishi kerak bo‘lgan ishlarni yaxshilab o‘ylab oladi, keyin rejasini to‘zadi, uning biror qarorga kelishi qiyin, o‘z his-tuyg‘ularini nazorat qila oladi, uning jahlini chiqarish ham qiyin. Axloqiy normalarga amal qiluvchi bu shaxslarda optimizmga qaraganda pessimizm ustunlik qiladi. Odamlar shaxsini turli usullar bilan tahlil qilib psixologlar psixologik yosh va biologik yosh degan atamalarni ham taklif qilishgan. Agar odamning xulq-atvoridagi xislatlari uning biologik yoshidan ancha ustun kelib katta odamlarning xulq-atvorini eslatsa, demak uning psixologik yoshi biologik yoshdan ustun deb qabul qilinadi. Masalan, 5 yashar bolaning gapso‘zlari, o‘zini tutishi 10 yashar bolani yoki 20 yashar talaba 30-35 yashar kishining xulq-atvorini eslatsa, demak psixologik yosh biologik yoshdan ancha ilgarilab ketgan bo‘ladi. Bundaylarni odatda aqlli bola yoki aqlli inson deb ta’riflashadi, ularni hamma hurmat qiladi. Ular o‘ta ma’suliyatli bo‘lishadi, mustaqil hayotga erta qo‘l urishadi, ota-onasining eng yaqin yordamchisi bo‘lishadi, kattalar bilan bemalol muloqotga kirishib keta olishadi. Ma’suliyatli ishlarni doimo ularga topshirishadi, yosh bo‘lsa-da katta lavozimlarga taklif qilishadi. Agar odamning xulq-atvoridagi xislatlari uning biologik yoshidan ancha orqada qolib ketgan bo‘lsa, o‘zini tutishi bolalar yoki o‘smirlarning qiliqlarini eslatsa, bunday shaxslarning psixologik yoshi biologik yoshidan orqada qolgan hisoblanadi. Ayniqsa, bolani juda erkalatib tarbiyalash yoki 14-15 yoshga kirib qolgan bolaga 4-5 yashar bolaga munosabat qilgandek munosabatda bo‘lish psixologik yoshning orqada qolib ketishiga sabab bo‘ladi. Ular ulg‘ayganda mas’uliyatsiz bo‘lib etishadi, o‘zlari biron bir ishni mustaqil eplay olishmaydi, birovga qaram bo‘lib o‘sishadi. Ularni maqtasa yosh boladek xursand bo‘lib kulishadi, yoshiga mos bo‘lmagan qiliqlar qilishadi. Bunday holatlarda puerilizm haqida so‘z ketadi. Psixologik yosh orqada qolgan 10 yashar bolaning gap-so‘zlari, o‘zini tutishi 5 yashar bolani yoki 25 yashar talabaning o‘zini tutishi maktab o‘quvchisining qiliqlarini eslatadi. Ular o‘zidan kichik yoshdagilar bilan o‘ynashni xush ko‘rishadi, xatti-harakatlari isterik bemorlarni eslatadi, engiltak bo‘lishadi, jiddiy ishlarga yuzaki qarashadi yoki 60 qo‘l urishmaydi, tengdoshlari ularga (ayniqsa, qiz bola bo‘lsa) tegajoqlik qilib yurishni xush ko‘rishadi. Download 446 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling