Mashg‘ulot ʋ 1 Mavzu: Tibbiy psixologiyaga kirish, maqsadi va vazifalari. Tibbiyot psixologiyasida tekshirish usullari. Tibbiyot psixologiyasi yosh aspektida. Sezgi, idrok, hissiyot normada, tekshirish usullari


Download 446 Kb.
bet15/46
Sana24.04.2023
Hajmi446 Kb.
#1394687
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   46
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Pe

Xarakter


«Temperament» va «xarakter» tushunchalari bir-biriga yaqin turadi. Xarakter shaxsning muhim va o‘ziga xos sifatiy tomonidir. Ayni paytda, shaxsning ayrim xususiyatlari ham xarakterga, ham temperamentga aloqador bo‘lishi mumkin. Xarakter shaxsning yo‘nalganligi, irodasi va faoliyati bilan o‘zviy bog‘langandir. Xarakterning ko‘p sonli tasniflari mavjudligiga qaramasdan, uning umum qabul qilingan tasnifi hano‘zgacha yo‘q. Xarakterning xususiyatlari juda ko‘pdir. Uning uchun qat’iyatlilik, shijoatlilik, tirishqoqlik, vazminlik, dovyuraklik, jasorat va aksincha, jur’atsizlik, qo‘rqoqlik, qat’iyatsizlik, gumonsirash kabi xususiyatlar xosdir. Insonning individual xususiyatlarini etarlicha aks ettiruvchi xarakterning umum qabul qilingan tasnifi yo‘qligidan, odatda, xarakterga baho berish uchun unga xos bo‘lgan eng muhim belgilarni shunchaki sanab o‘tishdan foydalaniladi. Masalan, saxiy, maqtanchoq, quvnoq, yolg‘onchi, kamsuqum, qasoskor, xasis dovyurak, bag‘ri keng, qat’iyatli. Agar temperament tug‘ma xususiyat bo‘lsa, xarakter ko‘p jihatdan tarbiyaga va kishining hayot tajribasiga aloqador bo‘ladi. Xarakterni shakllantirishda tarbiya, ta’limberish va oilaning to‘tgan o‘rnini ham eslatib o‘tish joizdir. Xarakter tana to‘zilishiga bog‘liqmi? Bu savol qadimdan ko‘pchilikni qiziqtirib kelgan. 1921 yili Ernst Krechmer shu masalaga oid «Gavda to‘zilishi va xarakter» nomli asarini chop qildiradi. Ushbu monografiyada olim turli somatik konstitutsiyalarni bayon qilgan. Uning asarida pikniklar o‘rta bo‘yli, boshi, ko‘kragi va qorni nisbatan katta va semizlikka moyil bo‘lgan kishilar deb ta’riflanadi. Leptosomlar esa o‘zun gavdali, chayir bo‘lishadi. Bu gavda to‘zilishi atletik to‘zilishdan kam farq qiladi. Diplastik gavdali kishilarda tana nomo‘tanosib to‘zilishi bilan ajralib turadi. Bunday holat evnuxoidizm va boshqa nuqsonlari bo‘lgan endokrinopatiyalarda ko‘zatiladi. E. Krechmerning fikricha, leptosom, astenik, atletik va shuningdek, displastik gavda to‘zilishiga ega bo‘lgan kishilar shizofreniya kabi kasalliklarga moyil bo‘lishadi. Keyinroq E. Krechmer shizoid va sikloidlarga quyidagicha ta’rif bergan: shizoidlar uchun autizm (yolg‘izlikka moyillik), injiqlik, sovuqqonlik xosdir. Sikloid-pikniklarda kayfiyat o‘zgarib turadi, ya’ni tushkunlik va gipomaniakal elementlar bir-biri bilan almashinib turadi. Xulq-atvorning xuddi shu xususiyatlari shizotimik va siklotimiklarda ham ko‘zatiladi. Uning fikricha, sog‘lom shizotimiklar shizofreniyaga uchragan bemorlarning qarindoshlari orasida uchrab turadi, ayni paytda, shizofreniyaga chalinganlar kasal bo‘lmasidan avval shizoidlar va shizotimiklar hisoblangan.
Sog‘lom siklotimiklar, psixopatik sikloidlar va maniakal depressiv psixozga uchragan bemorlar o‘rtasida ham xuddi shunday bog‘lanish bor. E. Krechmerning bu nazariyasiga qarshi e’tirozlar ko‘p bo‘lgan va psixologlar sog‘lom odam xarakterini tana to‘zilishiga bog‘lab o‘rganish noto‘g‘ri deb hisoblashgan. Sheldon gavda to‘zilishini normal va patologik xulq bilan bog‘lab o‘rgangan. Sheldonning tipologiyasi u yoki bu embriologik to‘zilmalarning ustun kelishiga asoslangan. U quyidagi uch tipni ajratadi: 1. Endodermadan taraqqiy etuvchi ovqat hazm qilish sistemasining ustun turishi (endomorfizm). Bu tipga ishtahaning zo‘r bo‘lishi, quvnoqlik, shirinsuxanlik xos bo‘ladi. Bu temperamentni Sheldon visserotoniya deb atadi. 2. Mezomorfizmda mezodermadan yo‘l oladigan suyak-mo‘shak sistemasining taraqqiy etishi ustun keladi. Bu temperament (samototoniya) faollik, hukmronlik bilan tavsiflanadi. 3. Ektomorfizmda ektodermadan rivojlanuvchi asab sistemasi taraqqiy etishi ustun turadi.

Download 446 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling