Mashg‘ulot ʋ 1 Mavzu: Tibbiy psixologiyaga kirish, maqsadi va vazifalari. Tibbiyot psixologiyasida tekshirish usullari. Tibbiyot psixologiyasi yosh aspektida. Sezgi, idrok, hissiyot normada, tekshirish usullari


Download 446 Kb.
bet16/46
Sana24.04.2023
Hajmi446 Kb.
#1394687
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   46
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Pe

Diqqat


Diqqat ongning birorta ob’ekt yoki hodisalarga yo‘naltirilganligi va ularni tanlab qabul qilishga qaratilganligidir. Tabiiyki, diqqat ruhiy jarayonning muvaffaqiyatli kechishiga yordam beradi. Diqqatning pasayishi ruhiy faoliyatga xalaqit beradi. Diqqatni muayyan ob’ektga qaratsangiz, begona ta’sirotlardan chalg‘igan bo‘lasiz. Siz birorta ishga qanchalik ko‘p berilsangiz, unga tegishli bo‘lmagan narsalarga shunchalik kam e’tibor berasiz.Diqqatning asosiy xususiyati shuki, uning ob’ekti birmuncha aniq va ravshan, yarqiragan, birmuncha tiniq va bo‘rtib turadigan bo‘ladi. Buni har bir kishi osongina tekshirishi mumkin. Birorta narsaga bir nazar tashlang-da, birozdan so‘ng diqqatingizni yana shunarsaga qarating. Siz shu zahotiyoq narsaning ilgari ko‘z ilg‘amaganyangi tomonlarini ko‘rib qolasiz, buyumning o‘zi go‘yo yoritilgandek bo‘lib qoladi.
Diqqat narsa va hodisalarni idrok etish bo‘sag‘asini qisqartiradi. Chunonchi, gapga diqqat bilan quloq solsak, past ovozni ham bemalol eshitishimiz mumkin.
«Gapga diqqat bilan quloq solish», «hidlab ko‘rish», «sinchiklab qarash» kabi iboralar diqqatning buyumga qaratilganini ifoda etsa, «ko‘rish», «eshitish» singari tushunchalar sust idrok etishni bildiradi. Diqqat ixtiyorsiz bo‘lishi mumkin, bunda bizning istash-istamasligimizdan qat’i nazar, tevarak-atrofdagi narsa va hodisalar tasodifan jalb etiladi. Bundan farqli o‘laroq, ixtiyoriy diqqat ma’lum narsa, u muayyan maqsadga qaratiladi.
Buyum yoki hodisa birmuncha batafsil va chuqurroq o‘rganilganda, aynan ixtiyoriy diqqat asosiy o‘rin to‘tadi. Darvoqe, ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatga aylanishi mumkin va aksincha.
Mashg‘ulot ʋ 3
Mavzu: Bemorlarni psixologik xususiyatlari. Stress tushunchasi. Psixosomatik kasalliklar. Davolash va diagnostika faoliyatida sub’ektiv va psixologik faktorlar oqibatida xatolar. Psixogigiyena va psixoprofilaktika
Stress - so‘zi odatdagi turmushda va tibbiy atamashunoslikda ancha keng tarqalgandir. Turmushda «stress» deganda ruhiy zo‘riqish va hayajonlanish tushuniladi. Qattiq siqilsak: «Kecha men stressga uchradim!» deb xitob qilamiz. Bu so‘zni turmushda ishlatish shunga olib keldiki, XX asr oxiri madaniyatida «stress» so‘zi ishlatilganda odamlar faqat salbiy ruhiy zo‘riqishni tushunadigan bo‘lib qolishdi. Aslida «stress» so‘zini faqat salbiy ma’noda tushunish noto‘g‘ridir. «Stress» atamasini 1936 yili fanga kanadalik fiziolog olim G. Sele kiritgan.
Stress nima? Stress – organizmning stressorga nisbatan javob reaksiyasidir. Bu holatda spetsifik va nospetsifik reaksiyalar kuzatiladi. Inson stressiz yashay olmaydi, hayot bor joyda stress bor, uning bo‘lmasligi o‘lim deganidir (G.Sele, 1956). Stress aslida «hayot» tushunchasiga hamohangdir. G. Sele bu muammoni ochiq-oydin yoritib berdi. Stress inson uchun xavf tug‘dirmaydi. Distress xavflidir, chunki u ancha vaqt kuchli zo‘riqish natijasidir. Stress ijobiy va salbiy xillarga ajratiladi, lekin fiziologik nuqtai nazardan olganda, organizmning katta shodlik va qayg‘uga javob reaksiyasi bir xil bo‘ladi.
«Stress kasalliklari» degan tushuncha noto‘g‘ridir, «distress kasalliklari» deyilsa, to‘g‘riroq hisoblanadi», degan edi G. Sele.
G.Sele stressni 3 ta asosiy bosqichga ajratgan va uni quyidagicha ta’riflagan:

Download 446 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling