Mashg‘ulot №3 atipik va asoratlangan o‘tkir appenditsitning klinikasi, diagnostikasi, differensial diagnostikasi va davolash. Oilaviy shifokor taktikasi. Dispanserizatsiya va reabilitatsiya


Download 1.75 Mb.
bet13/18
Sana21.04.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1374138
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
3-mavzu. Bolalarda atipik va asoratlangan appenditsit matn

Gijja invaziyasi klinikasida appenditsitdan farqli, og‘riq sanchiqsimon xarakterda, tana harorati me’orida, qorin paypaslanganda barcha sohalari yumshoq, kuchsiz tarqalgan og‘riq aniqlanadi. Anamnezidan bolada gelment invaziyasi aniqlanadi. Tozalovchi xo‘qnadan keyin og‘riqlar yo‘qoladi. Gelmentlarni chuvalchangsimon o‘simta ichiga kirib qolib yallig‘lanish chaqirishini ham yodda tutish kerak.
Xolesistopatiyalarda og‘riq o‘ng qovurg‘a ravog‘i ostida bo‘lib, chap kurak va yelkaga tarqaladi. Palpatsiyada o‘ng qovurg‘a ravog‘i ostida yengil og‘riq va qorin old devori mushaklar tarangligi kuzatiladi. Chuvalchangsimon o‘simtaning jigar ostida joylashuvida differensial diagnostika o‘tkazish qiyin kechadi. Bunday holatlarda kuzatuv appenditsit foydasiga hal qilinadi.
Pankreatitda qorinda kuchli og‘riq va ketma-ket qayt qilish kuzatiladi. Og‘riqning chap kurak osti sohasida joylashishi va umurtqaga tarqalishi hamda qonda va siydikda diastaza miqdorining oshishi kuzatiladi. Palpatsiyada qorin old devori mushaklar tarangligi aniqlanmaydi.
Infeksion gepatitda kasallik boshlanishi qorin og‘rig‘i, vaqti-vaqti bilan qayt qilish va skleraning sarg‘ayishi bilan kechadi. Anamnezidan siydik va axlat ranglarining o‘zgarganligi aniqlanadi. Qon taxlilida ALT va siydik tahlilida o‘t pigmentlarini aniqlanishi tashxisga aniqlik kiritadi.
Dizenteriyada ich ketishi, ahyon-ahyonda qorinda sanchiqsimon og‘riq (tenizm), qorin paypaslanganda yuzaki, ko‘proq yo‘g‘on ichak proeksiyasida og‘riq kuzatiladi, Shetkin-Blyumberg simptomi manfiy bo‘ladi. Ayrim paytlarda o‘tkir appenditsit va dezinteriya birgalikda kelishi mumkin, bunday holatlarda bemorlar xirurgik bo‘limning izolyatsiya xonalarida yotqiziladi.
Revmatizm. Kasallikning abdominal turida qorin sohasida og‘riq aniqlanadi. Yurakdagi o‘zgarishlar, uning chegarasini kattalashishi, bioximik va klinik ko‘rsatkichlar, bo‘g‘imlardagi tarqoq og‘riqlar va Shyotkin-Blyumberg simptomining manfiyligi bularning barchasi revmatik infeksiyaga xosdir.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling