Dispanserizatsiya va reabilitatsiya. Operatsiya muolajasining natijasi bir qancha faktorlarga bog‘liq: kasallik muddati, shifoxonaga murojaat etish vaqti, jaroxat mexanizmi, o‘z vaqtida ko‘rsatilgan malakali yordam va boshqalar. Asosan bemorlar operatsiyadan keyin sog‘ayib, ambulator nazoratga chiqariladilar va 3 oydan 1 yilgacha dispanser nazoratda turadi. Ambulator sharoitda bemorlarga parxez, har oyda yoki har kvartalda teshshiruvlar (umumiy qon, siydik, axlat, fermentlar, ichki a’zolar UTT tekshiruvi va boshqalar) o‘tkazilib turiladi. Kerak paytlarda fizioterapevtik davolar buyuriladi. Umumiy amaliyot shifokori o‘tkir appenditsitning operatsiyadan keyingi asoratlarini bilishi kerak paytda yordam ko‘rsata olishi kerak.
O‘tkir appenditsit profilaktikasi:
shaxsiy gigienaga rioya qilish.
qabziyat va surunkali o‘choklarni sanatsiya qilishni aytish.
Kasallik oqibati: erta tashxis qo‘yilganda kasallik oqibati yaxshi xisoblanadi. O‘lim xolatlari 0.2-0.3 %ni tashkil qiladi.
Vrach-pediatr taktikasi: O‘tkir appenditsit tashxisi qo‘yilganda xirurgik statsionarga operativ davo uchun yuborish.
INTEGRATIV USUL SSENARIYSI
CXEMA «NIMA UChUN?» - Bu dastlabki sababni topish uchun fikrlash zanjiri. Analitik va ijodiy fikrlashni aktivlashtiradi va rifojlantiradi «Nimaga?» sxemasini tuzishga o‘rgatadi. Individual yoki guruhlarda muommoni shakllantiradi. «Nimaga?» savoli yoziladi va unga javob topiladi. Bu jarayon dastlabki haqiqiy sababni aniqlamaguncha davom etadi. Kichik guruhlarda qushilib javoblar solishtiriladi va to‘ldiriladi. Bitta umumiy sxemaga jamlanadi.
Grafik organayzer “Klaster”
Klaster-tutam, bog‘lam-axborot xaritasini tuzish yo‘li – barcha tuzilmaning mohiyatini markazlashtirish va aniqlash uchun qandaydir biror asosiy omil atrofida g‘oyalarni yig‘ish. Bilimlarni faollashtirishni tezlashtiradi, fikrlash jarayoniga mavzu bo‘yicha yangi o‘zaro bog‘lanishli tasavvurlarni erkin va ochiq jalb qilishga yordam beradi. Klasterni tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Yozuv taxtasi yoki katta qog‘oz varag‘ining o‘rtasiga asosiy so‘z yoki 1-2 so‘zdan iborat bo‘lgan mavzu nomi yoziladi. Birikma bo‘yicha asosiy so‘z bilan uning yonida mavzu bilan bog‘liq so‘z va takliflar kichik doirachalar “yo‘ldoshlar” yozib qo‘shiladi. Ularni “asosiy” so‘z bilan chiziqlar yordamida birlashtiriladi. Bu “yo‘ldoshlarda” “kichik yo‘ldoshlar” bo‘lishi mumkin. Yozuv ajratilgan vaqt davomida yoki g‘oyalar tugagunicha davom etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |