Mashg‘ulot №3 atipik va asoratlangan o‘tkir appenditsitning klinikasi, diagnostikasi, differensial diagnostikasi va davolash. Oilaviy shifokor taktikasi. Dispanserizatsiya va reabilitatsiya


Download 1.75 Mb.
bet15/18
Sana21.04.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1374138
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
3-mavzu. Bolalarda atipik va asoratlangan appenditsit matn

O‘TKIR APPENDITSITNING DAVOSI
Asosiy davo usuli – operativ davo. Faqat appendikulyar infiltrat konservativ davolanadi.
Appendikulyar infiltratni davolashda kuchli antibakterial davo va so‘rdiruvchi davo buyuriladi. Infiltrat so‘rilib ketgach, 2 oydan keyin appendektomiya operatsiyasi o‘tkaziladi.
Appendikulyar abssessda yiringdonni kesib ochish operatsiyasi o‘tkaziladi va rejali ravishda 2-3 oydan keyin appendektomiya operatsiyasi o‘tkaziladi.

Duglas bo‘shlig‘idagi abssessni ochish
O‘TKIR APPENDITSITNITAShXISLASh
Zarur tashxis usullari
A) anamnez: klassik kechishida bemor asosiy shikoyati qorinda og‘riq. Shuningdek tana xarorati ko‘tarilishi, ishtaxasizlik, qusish, ich kelmaslik, xolsizlik.
B) klinik ko‘rik : chuvalchangsimon o‘simta klinik kechishiga bog‘liq.

    • lokal og‘riq va o‘ng yonbosh sohasida mushaklarni taranglashuvi.

    • chuvalchangsimon o‘simta chanoqda joylashganda og‘riq qovuq usti soxasida, barmoqli rektal tekshiruvda ichak oldingi gumbazi soxasida og‘riq. Dizurik simptomlar farqlanadi.

    • retrotsekal va retroperitonial joylashganda og‘riq bel soxasiga tarqaladi. Qorinparda ta’sirlanishi yaqqol emas .

    • Jigar soxasida joylashganda og‘riq ezuvchi xususiyatga ega bo‘ladi.

Muhim laborator tekshiruvlar

  • Umumiy qon taxlili (leykotsitoz, EChT oshishi )

  • Umumiy siydik taxlili (o‘zgarishsiz)

  • Umumiy axlat taxlili

  • Qonning bioximik taxlili (um.oqsil , ferment , siydikchil)

Qo‘shimcha tekshiruv usullari

  • UTT – chuvalchangsimon o‘simta o‘lchami kattalashishi.

  • Rentgenologik tekshiruv va laporaskopiya – tashxis aniq bo‘lmaganda qo‘llaniladi. Boshqa a’zolar kasalliklari bor-yuqligini aniqlash maqsadida boshqa mutaxassislar maslaxati tavsiya etiladi.

Bundan tashqari tashxisni yengillashtiradigan appenditsit uchun xos bo‘lgan belgilarni aniqlash ham muhim ahamiyatga ega.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling