Mashg‘ulot №3 atipik va asoratlangan o‘tkir appenditsitning klinikasi, diagnostikasi, differensial diagnostikasi va davolash. Oilaviy shifokor taktikasi. Dispanserizatsiya va reabilitatsiya


Shenleyn-Genox kasalligining abdominal shakli


Download 1.75 Mb.
bet14/18
Sana21.04.2023
Hajmi1.75 Mb.
#1374138
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
3-mavzu. Bolalarda atipik va asoratlangan appenditsit matn

Shenleyn-Genox kasalligining abdominal shakli. Bu kasallikda qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qonli qayt qilish, tana haroratining ko‘tarilishi, bo‘g‘imlar sohalarida petexial toshmalar va qora axlat kelishi kuzatiladi.
O‘tkir nospesifik mezadenitga qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, tana haroratining ko‘tarilishi (38-39°S), ishtaxasizlik Shternberg sinamasi ya’ni, limfa tugunlarining kattalashganligi kuzatiladi. Bu kasallikka Trendelenburg holatida qorindagi og‘riqning boshqa sohalarga o‘tishi hosdir. Tashxisga gumon bo‘lgan holatlarda operativ muolaja o‘tkazish kerak.
Adinovirus infeksiyasida qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ichining suyuq kelishi, tana haroratining ko‘tarilishi (39-40 °S), ko‘z- burundan suv oqishi va kataral belgilar kuzatiladi. Shetkin–Blyumberg simptomining manfiyligi va qorin old devori mushaklar tarangligi kuzatilmaydi.
Infeksion kasalliklarda (qizamiq, suv chechak, epid parotit va boshqalar) ham qorin og‘rig‘i kuzatiladi, bu kasalliklarning o‘ziga xos belgilari tashxisga aniqlik kiritadi.
Buyrak sanchig‘i. Bel sohasidagi kuchli og‘riq siydik yo‘llariga, tashqi jinsiy a’zolarga tarqaladi. Tez-tez siyish, siydikda eritrotsitlar, tuzlar aniqlanadi. O‘tkir appenditsitning retrotsekal turida to‘g‘ri tashxis qo‘yish qiyinchilik tug‘diradi. Tashxisga rentgenologik tekshiruv aniqlik kiritadi.
Hayz ko‘rish oldi davri qiz bolalarda qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qayt qilish bilan boshlanadi. Palpatsiyada qorin yumshoq, og‘riq doimiy xarakterda, qorinning pastki sohalarida kuzatiladi. Rektal tekshiruvda kattalashgan bachadon va tuxumdonning og‘rishi aniqlanadi.
Qorin bo‘shlig‘ining o‘tkir xirurgik kasalliklari (peritonit, devertikulit, ichak tutilishi va boshqalar) bilan differensial tashxis o‘tkazish juda qiyin. Bu kasalliklarning barchasi shoshilinch operatsiyani tatab etadi. Operatsiya old davridagi noaniqlik uncha xavf tug‘dirmaydi.
O‘tkir appenditsit gumoni bilan kuzatuv 10-12 soatdan oshmasligi kerak, noaniqlik bo‘lganda operativ muolaja foydasiga hal etiladi.

Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling