Mashg‘ulotlar shakli: ma’ruza (M) m 3 : badiiy gimnastikaning atamalari reja


Matnli va grafik yozuvni qo’shib olib borish


Download 29.79 Kb.
bet3/12
Sana19.04.2023
Hajmi29.79 Kb.
#1362706
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Atamalar

Matnli va grafik yozuvni qo’shib olib borish. Bu-amaliyotda keng qo’llaniladigan yozishning qulay ususlidir.
Aniq atamali yozuv. Atamaning qoidalariga amal qilib har bir mashqni aniq ifodalashni nazarda tutadi.
Qisqartirilgan yozuv. Konstpektlar tuzayotganda zachet va boshqa mashqlarni yozayotganda qo’llaniladi. Bunday paytlarda atamalar qisqartirilib yoziladi (ya’ni, shartli qisqartmalar qo’llaniladi). Masalan: el-element; birik-birikma; if-ifodalash; ush-ushlab turish; yuyo-yuqoridagi yog’och va boshqalar.
Mashqlarning soni va hisoblar yaqqol ko’zga tashlanishi uchun birinchilarini rim raqami, ikkinchilarini esa arab raqamlari bilan ifodalash yaxshiroqdir.
Hozirgi vaqtda Badiiy gimnastikada kinos’yomkadan foydalaniladi. Plyonkaga klassifikasion dastur, jahon birinchiligi va Olimpiada o’yinlarining dasturlari tushirib olindi. O’quv-mashg’ulot jarayonida kino yordamida etakchi masterlarning mashqlari suratga olindi, so’ngra plyonkaga qarab, uni qanday bajarilganlik sifati taxlil qilinadi.
Statik holatlar tayanish shartiga qarab belgilanadi. Masalan, tayanish, tirsaklarga tayanish, qo’ltiqqa tayanish, tizzaga tayanish, bilakka tayanish, kuraklarda tik turish, boshda tik turish, qo’llarda tik turish.
Ba’zan atamalar yasashda tana holati (a’zolarning o’zaro joylashishi) hisobiga olinadi. Masalan, osilish, burchak hosil qilib osilish, bukilib osilish, kerishib osilish. SHuning o’zi, oyoqlarni kerib, qayrilib osilish, gorizontal osilish va boshqalar.
Tebranma mashqlarning atamalari tuzilishi belgisini hisobga olgan holda, ya’ni harakat xususiyatiga qarab hosil bo’ladi. Masalan: tirsaklarga tayangan holda oldinga tebranib ko’tarilish, gavdani bukib ko’tarilish, ikki oyoqlab yoki bir ko’tarilish va boshqalar.
Sakrashlar va irg’ib tushishlarning atamalari uchish pallasidagi harakat shakliga qarab belgilanadi. Masalan, sport Badiiy gimnastikasida: oyoqlarni bukib, bukilib, oyoqlarni orqaga bukib, oyoqlarni kerib, uchib, to’ntarilib sakrashlar va boshqalar; badiiy Badiiy gimnastikada: yopiq, qadamlab, sapchish, almashlab sakrashlar, odimlab, oyoqni oyoqqa urib, o’ng oyoq bilan yarim halqa yoki halqa hosil qilib va boshqalar.

Download 29.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling