Mashinalardan foydalanish asoslari


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/94
Sana15.11.2023
Hajmi3.58 Mb.
#1775932
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   94
Bog'liq
машина фойда асослар фанидан дарслик

ixtisoslashgan deb ataladi. Ixtisoslashish xizmat ko‘rsatiladigan avtomobil 
markalari va turlariga qarab ham bo‘lishi mumkin, ayniqsa bu firma usulida 
xizmat ko‘rsatuvchi stansiyalar va dilerlarga xosdir. Shuningdek ATXKS lari 
bajarayotgan ishlar hajmiga qarab ham ixtisoslashgan bo‘ladi. Mayda 
stansiyalar o‘z ishlab chiqarish imkoniyatlaridan kelib chiqib kichik hajmdagi 


200 
(5. . .7 ishchi soatgacha) ishlarni bajaradi, yirik stansiyalar esa asosan katta 
hajmdagi ishlarni, masalan, avtohalokatga uchrab shikastlangan avtomobillar 
kuzovini tiklash yoki avtomobillar agregatlari va detallarini ta’mirlab, ish 
qobiliyatini tiklash ishlari bilan shug‘ullanadi. 
ATXKS larining quvvati ishchi postlar soni va bir yilda xizmat 
ko‘rsatilgan avtomobillar soni bilan belgilanadi. Shu nuqtai nazardan kelib 
chiqib, stansiyalar kichik (15 ta gacha ishchi postlarga ega bo‘lgan), o‘rta 
(16...25 ishchi postlari) va katta (25 dan ko‘p ishchi postli) xillarga bo‘linadi. 
Albatta, barcha mamlakatlarda kichik va o‘rta stansiyalar ham son, ham 
umumiy quvvat jihatdan va ko‘rsatiladigan yalpi xizmat hajmi hisobida 
etakchi 
o‘rinda turadi (90% dan yuqori). Dunyodagi ko‘pchilik 
mamlakatlarda ATXKS larining o‘rtacha quvvati 3,5...4,5 postni tashkil etadi 
[1] va ularda ishlaydigan odamlarning o‘rtacha soni esa 4,5...5,5 kishidan 
iborat. Ba’zi mamlakatlarda, masalan AQSHda, diler quvvati ularning bir 
yilda sotadigan avtomobillari soniga qarab belgilanadi, chunonchi, I- sinf 
diler stansiyalari 149 gacha avtomobil sotishga mo‘ljallangan bo‘lsa, II- sinf 
150...399, III- sinf 400...749, IV- sinf esa 750 va undan ko‘p avtomobil 
sotishga mo‘ljallangan. ATXKS lari ma’lum standartlar va maxsus 
namunaviy (tipovoy) loyihalar asosida quriladi. Mamlakatlar bo‘ylab yagona 
loyihalar qo‘llanmaydi, har bir yirik firma o‘z namunaviy loyihalarini ishlab 
chiqadi 
va 
shularga 
binoan 
o‘z stansiyalarini quradi. Masalan, 
Germaniyaning “Mersedes-Benz” firmasi engil va yuk avtomobillariga servis 
xizmati ko‘rsatuvchi olti tipdagi (sinfdagi) shahar stansiyalarining namunaviy 
loyixalarini ishlab chiqib, amalga oshirgan. Ulardagi ishchi postlarning soni 
quyidagicha: 
14.2-jadval
I – sinfda 6 ta 
IV - sinfda. 14+3+avtosalon 
II-sinfda 6+1+avtosalon 
V-sinfda. 14+3+avtosalon+yuk 
avtomobillarga TXK 
III-sinfda. 7+2+avtosalon 
VI - sinfda. 41+8+avtosalon 


201 
Sobiq ittifoqda “Lengiproavtotrans” loyihalash instituti tomonidan 6, 11, 
15, 25, 25+avtosaloni, 50+avtosaloni bilan, “Giproavtotrans” instituti 
tomonidan esa postlari 15, 30, 30 + avtosalon, 50+avtosalon, 75+avtosalon va 
100+avtosaloni bilan stansiya va avtomarkazlarning namunaviy loyihalari 
ishlab chiqilib amalga oshirilgan. 
Yo‘l bo‘ylarida joylashgan stansiyalarning quvvati esa shu yo‘lning 
sinfiga, ya’ni sutka davomida yo‘ldan ikki tomon yo‘nalishida o‘tadigan 
avtomobillarning soniga qarab hisoblanadi, ularning ko‘pchiligi kichik 
stansiyalardir. 
Avtoustaxonalar avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash 
ishlarining ayrim mexanizm, agregat yoki tizimlar bo‘yicha bajarishga 
ixtisoslashgan kichik korxonalardir. Masalan, shinalarga TX ko‘rsatuvchi va 
ularni yamovchi yoki akkumulyatorni zaryadlovchi va ta’mirlovchi, engil 
avtomobillar kuzovlari bo‘yicha murakkab bo‘lmagan ishlarni bajaruvchi, 
tiklovchi va bo‘yovchi va h.k. Bunday ustaxonalar shahar va qishloqlarda, 
yo‘llar bo‘ylarida joylashishi mumkin. Ustaxonalarda avtomobillar kirishi 
uchun maxsus postlar bo‘lishi shart emas ularning maydoni ham uncha katta 
emas (40...60 m
2
), ishlovchilar soni esa 1...2 kishidan iboratdir. 
Avtoustaxonalar oilaviy, kichik biznesning aynan o‘zidir. 
Texnik xizmat ko‘rsatish postlari esa ustaxonalardan farqli ravishda 
avtomobilning o‘ziga xizmat ko‘rsatadi va mayda ta’mirlash ishlarini 
bajaradi. Bular ham kichik biznes korxonalari bo‘lib, ularda ishlovchilarning 
soni 1...2 kishi, postlar soni esa 1...2 dan iborat bo‘lib, shaharlar, qishloqlar 
va yo‘l bo‘ylarida joylashadi. Shuningdek, ayniqsa chet el amaliyotida, 
avtomobillarga TX ko‘rsatish va mayda ta’mirlash ishlarini bajaruvchi 
ko‘chma stansiyalar va avtoustaxonalar ham faoliyat olib boradi. 
Bunday kichik servis korxonalari maxsus yuk avtomobillari yoki 
tirkamalar kuzovlariga o‘rnatilgan jihozlar, asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar 
va materiallardan foydalanib magistral yo‘llar yoqalarida, dam olish zonalari 
aholi zich yashovchi mavzelarda xizmat ko‘rsatadi. Ko‘chma ustaxonalar 


202 
mijozlarning buyurtmasiga asosan chaqirilgan joyga borib ham xizmatni 
bajarishi mumkin. 

Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling