Mashinalardan foydalanish asoslari


-rasm. Avtopoezlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash postlari rejasi


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/94
Sana15.11.2023
Hajmi3.58 Mb.
#1775932
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   94
Bog'liq
машина фойда асослар фанидан дарслик

 
13.9-rasm. Avtopoezlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash postlari rejasi 
Tormozlarning ishlashi, quvurchalardagi zichlik; zarur bo‘lsa tormoz 
suyuqligining yoki havoning sizib chiqishi bartaraf qilinadi; shotidagi bosh 
tormoz silindri turtkich shtokining siljish masofasi qiymati rostlanadi. 
(gidravlik yuritmali tirkamalarda). Zarur bo‘lsa, tormozlar sozlanadi. 
Tormozning 
ishlashi 
tekshiriladi, 
quvurchalarning 
jipsligi 
(zich 
biriktirilganligi) tekshiriladi, zarur bo‘lsa, havo yoki tormoz suyuqligining 
oqishi 
bartaraf 
qilinadi; 
tormoz 
detallari 
mahkamlanganligi 
va 
shplintlanganligi (gidravlik yuritmaning tirkama tormozida), tormoz 
silindridagi turtkich shtokining siljish masofasi (tirqishi) tekshiriladi. Zarur 
bo‘lsa, tormoz sozlanadi. 
Ressorlarni ko‘zdan kechirib, shotining mahkamlanganligi tekshiriladi, 
ressora barmoqlari va stremyankasi qotiriladi. Shinalardagi havo bosimi 


186 
tekshiriladi va uni me’yoriga keltiriladi. Protektorga hamda juft g‘ildiraklar 
orasiga tiqilib qolgan begona predmetlar olib tashlanadi. Tirkama kuzovini 
ramaga mahkamlab qotiriladi. Burilish ko‘rsatkichi, orqa gabarit chiroq va 
tormozlash signali sozligi tekshiriladi. 
Ishqalanuvchi detallar moylash kartasiga binoan moylanadi. Pnevmatik 
yuritmali tormozda havo ballonidagi kondensat (suv tomchilari) t o‘kib 
yuboriladi. Yarim tirkamadagi buriluvchi shkvoren va flanetsning holati, 
tayanch-katokning ko‘taruvchi mexanizmlari ishlashi tekshiriladi va 
aniqlangan nosozliklar bartaraf qilinadi. 
Ikkinchi texnik xizmat ko‘rsatish (II-TXK). Tirkama (yarim tirkama) 
ko‘zdan kechiriladi, kuzovning sozligi, platformaning bortlari, furgonning 
eshik va tirgaklari, bo‘yalgan yuzasi va avtomobil nomer belgisi nazorat 
qilinadi. Oldingi ko‘prik balkasi, sharli barmoqlar va richaglar gaykasining 
shplintli birikmalari, rul tortqilari va shkvorenli birikmalardagi liqillashlar, 
buriluvchi qurilmaning ishlashi va undagi liqillashlar teshiriladi. Nosozliklar 
bartaraf qilinadi va rostlanadi. Boshqariluvchi g‘ildirakli tirkamalarda 
g‘ildiraklarning yaqinlashuv masofasi (sxojdenie) tekshiriladi.Tormoz 
tizimining jipsligi va quvurchalar holati tekshiriladi, zarur b o‘lsa, havo yoki 
tormoz suyuqligi oqishi bartaraf qilinadi. Ballon mahkamlab qotirila di va 
undagi kondensat to‘kib yuboriladi. Tormoz barabani bilan gupchak echib 
olinadi, tormoz barabanlari, ustqo‘ymalari, prujinalari va podshipniklari 
tekshiriladi. 
G‘ildirakdagi 
tormoz 
kameralarining 
kronshteynga 
mahkamlanganligi va kronshteynlar oldi va orqa ko‘priklarga mahkamlab 
qotirilgani tekshiriladi. Keruvchi kulachok tayanchlari, oldingi va orqa ishchi 
tormoz o‘qlari va tormozning tayanch diskalari mahkamlab qotiriladi. 
G‘ildirak gupchagidagi moy yangisiga almashtiriladi, gupchaklar joyiga 
yig‘iladi va zarur bo‘lsa, tormozlar rostlanadi. Tormoz kameralaridagi shtok 
barmog‘ining shplintlanganligi tekshiriladi va zarur bo‘lsa, tormozlar 
sozlanadi. Gidravlik yuritma tekshiriladi va sozlanadi; bosh tormoz 
silindridagi suyuqlik sathi tekshiriladi, zarur bo‘lsa, to‘ldiriladi; tormozning 


187 
gidravlik yuritmasiga havo kirib qolgan bo‘lsa, uni chiqarib yuboriladi.Bekat 
tormoz tizimining ishlashi tekshiriladi va zarur bo‘lsa, rostlanadi. Orqa va old 
ko‘priklarda qiyshayishlar yo‘qligi tekshiriladi; old boshqaruv g‘ildiraklariga 
nisbatan shotining to‘g‘ri o‘rnatilganligi, ramaning, ressoralarning, ilashish 
qurilmasining holatlari tekshiriladi; ressoralar barmoqlari, stremyankalari va 
xomut tortib mahkamlanadi. Shinalarning sxema bo‘yicha o‘rinlari 
almashtirib qo‘yiladi. G‘ildirak disklari ishonchli mahkamlanadi. Kuzovni 
ramaga mahkamlab qotiriladi. 
Elektr simlari tekshiriladi, tormozlash signali va orqa fonarlarni ishlashi 
tekshiriladi. Tirkama detallari moylash kartasiga binoan moylanadi. Yarim 
tirkamadagi buriluvchi shkvoren, uning flanetsi holati, tayanch katoklaridagi 
ko‘tarish mexanizmining ishlashi tekshirilishi zarur bo‘lsa, rostlanadi.Yarim 
tirkama reaktiv shtangalarining uzunligi tekshiriladi va rostlanadi. 

Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling