Mashinalardan foydalanish asoslari


 Yonilg‘i-moy mahsulotlarini tejash yo‘llari


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/94
Sana15.11.2023
Hajmi3.58 Mb.
#1775932
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   94
Bog'liq
машина фойда асослар фанидан дарслик

12.4 Yonilg‘i-moy mahsulotlarini tejash yo‘llari 
Mashina transporti mamlakatda ishlab chiqarilayotgan yonilg‘ilarning 
asosiy qismini, jumladan benzinni 65% va dizel yonilg‘isini 35%ni iste’mol 
qiladi. Tashishni tannarxini 15-20% va undan ortig‘i Yonilg‘i ulushiga to‘g‘ri 
keladi. 
Neft zahiralari cheklangan hozirgi zamon sharoitida Yonilg‘i va moy 
mahsulotlarini tejash nafaqat tashish tannarxini kamaytrish, balki energetik 
resurslarni tejash omili sifatida ham muhim ahamiyatga ega. 
Yonilg‘i-moy mahsulotlarini tashishda, saqlashda, tarqatishda hamda 
Mashinalarni ishlash jarayonida amalda tejamli sarflash tadbirlarini ishlab 
chiqish zarurdir. 
Suyuq yonilg‘ilarni saqlashda yo‘qotishlar rezervuarlarni to‘ldirishda, 
“nafas” olish klapanlari orqali bug‘lanishda, shamollatishda va turli 
quvurlarni ulangan joylarida vujudga keladi. Yo‘qotishlar miqdorli va sifatli
bhlishi mumkin. 
Yonilg‘ini miqdoriy yo‘qotishlarni kamaytirish uchun uni soz va butun 
idishlarda tashish kerak. 
Sifat yo‘qotishlarni (bug‘lanishni) kamaytirish uchun idishlar quyosh 
nurini yaxshi qaytaradigan yorug‘ ranglarga bo‘yalishi lozim.
Yonilg‘ini zang mahsulotlari chang va suv bilan ifloslanishi sifat 
yo‘qotishlarni ko‘paytiradi. Rezervuar lyuklari va qopqoqlarini zich 
berkitilmasligi, yozgi mavsumda saqlanayotgan yonilg‘i miqdorini 3-5% 
bug‘lanib chiqib ketishiga olib keladi. 
Rezervuarni zich berkitilmagan lyuk va qopqoqlari orasidagi tirqishlardan 
yoz mavsumi davomida Yonilg‘i bug‘lanib ketish hisobiga vujudga kelgan 


175 
yo‘qotishlar saqlanayotgan yonilg‘i miqdorini 3-5%ni tashkil etishi mumkin 
“nafas” olish klapanlari orqali yo‘qotishlar yilda davomida 1%gacha etadi. 
Yonilg‘ini tejamli sarflashning yana bir sharti, bu me’yorlash va hisobga 
olishning ratsional tizimi, xodimlarni yonilg‘i-moy mahsulotlarini tejashga 
bo‘lgan manfaatdorligidir. Bulardan tashqari texnik xizmat ko‘rsatish va 
ta’mirlash ishlarini, sifatli bajarish ayniqsa dvigatelni bo‘yicha muhim 
ahamiyatga ega. 

Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling