Mashinalardan foydalanish asoslari


 Avtoservis xizmatiga qo‘yiladigan talablar va ularni belgilovchi


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/94
Sana15.11.2023
Hajmi3.58 Mb.
#1775932
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   94
Bog'liq
машина фойда асослар фанидан дарслик

14.3 Avtoservis xizmatiga qo‘yiladigan talablar va ularni belgilovchi 
hujjatlar 
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatga bardoshlik va
muvaffaqiyatli kurash olib borishning asosiy shartlaridan biri bozorga 
qo‘yilgan tovar yoki xizmatning yuqori sifatli bo‘lishi va bunga beriladigan 
kafolatlardir. Avtoservis xizmati ham bu qoidadan mustasno emas, chunki 
mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati xizmat ko‘rsatuvchilarning 
tadbirkorlikdagi muvaffaqiyatlari garovidir. Xizmat ko‘rsatish sohasida, 
jumladan avtoservis xizmatida ham, sifat ikki qismdan, ya’ni avtomobilda 
bajarilgan ishlarning sifati va avtomobillar egalari- mijozlarga qilinadigan 
muomala madaniyati va qulayliklardan iboratdir. Masalan, “O‘zDEUAvto” 
kompaniyasi avtoservisni quyidagicha ta’riflaydi: “Servis - bu sifat bo‘lib, 
mijozlar talablarini to‘la qondirishga yo‘naltirilgan turli, mumkin bo‘lgan 
qulayliklardir” yoki “. eng muhim vazifa mijoz avtomobili eng yaxshi 
xususiyatlarga ega bo‘lishi uchun nimalar qilmoqni aniqlashdir”. Bu satrlarda
avtomobillarda bajariladigan ishlarning sifati qatori ular egalariga 
ko‘rsatiladigan turli qulayliklar va xizmatlar muhimligi servis nuqtai 
nazaridan ta’kidlanadi. Shu narsani aytish lozimki, yaqin o‘tmishimizda, 
bizning servisimiz avtomobillarga xizmat ko‘rsatishda ma’lum bir darajadagi, 
garchi yuqori bo‘lmasa ham, sifatni ta’minlab kelgan bo‘lsa-da, ular egalari-
mijozlar ehtiyojlari butunlay tan olinmagan, ular uchun hatto oddiy 
qulayliklar yaratilmagan, kerakli ma’lumotlar etarli berilmagan. Hozirgi 
paytda bu sohadagi ahvol asta-sekin tuzatilib kelinyapti. Ma’lumki, 
avtomobillarda texnik xizmat ko‘rsatish yoki ta’mirlash miqyosida 
bajariladigan ishlar texnik hujjatlarda ko‘rsatilgan texnologik tartibda, texnik 
talablar va shartlarga rioya qilinib bajarilgan hollardagina sifatli deb tan 
olinadi. Masalan, avtomobil motori bloki kallagini qotirish alyuminiy 
qotishmasidan bo‘lgan bloklarda ularning sovuq holida bajarilsa, cho‘yan 


203 
qotishmasidan tayyorlangan bloklarda issiq holatlarida qotiriladi (bu texnik 
shart), qotirishni o‘rtadagi shpilkadan boshlab shaxmat usulida tortiladi(bu 
texnologik talab), tortish kuchi momenti MAN motori uchun 67...72 Nm, Zil -
130 motori uchun 70...90 Nm va Matiz motorlari uchun 73...78 Nm bo‘lishi 
zarur (bu texnik talab). TXK va ta’mirlash ishlarini bajarayotgan ishchining 
bu talablardan xabari bormi? Shu talablar darajasida ish bajara oladimi? 
Bunga sharoit bormi? Nihoyat, buni kim nazorat qiladi? Kim unga kafolat 
beradi? Shunga o‘xshash savollar juda ko‘p, undan tashqari ma’lum 
darajadagi mehnat unumdorligini ta’minlash talab etiladi. Shuning uchun ham 
yuqorida keltirilgan talablarga rioya qilish va bir vaqtning o‘zida 
bajarilayotgan ishlarning yuqori unumdorligini ta’minlash murakkab masala 
hisoblanib, ko‘pdan-ko‘p omillarga bog‘liq bo‘lganligi sababli sifat 
muammosini echish oson bo‘lmaydi. 
Har qanday ko‘rsatiladigan xizmat sifatiga mijozlar qo‘yadigan talablar 
davlat qonunlarida va hukumat qarorlarida aks ettiriladi va shu holatdagina 
ularning bajarilishiga huquqiy asos yaratiladi. O‘zbekiston Respublikasining 
«Iste’molchilar huquqini himoya qilish to‘g‘risida» gi (1996 yil, may oyida 
qabul qilingan), «Ayrim tadbirkorlik faoliyatlarini litsenziyalashtirish 
to‘g‘risida» gi (2000 y, may) qonunlari va hukumatning «Tovarlar va 
xizmatlarni sertifikatsiya qilish» to‘g‘risidagi qarori shular jumlasidandir. Bu 
qonunlarning birinchisida tovar ishlab chiqaruvchi yoki savdo qiluvchilar, 
tadbirkorlik asosida turli xizmat ko‘rsatuvchilar bilan iste’molchilar, 
mijozlarning o‘zaro haq-huquqlari, vazifalari, javobgarliklari umumiy tarzda 
belgilab berilgan. Ikkinchi qonunda esa litsenziyalashtirilgan faoliyatga, 
jumladan, avtoservis xizmati ko‘rsatishga ham, litsenziya (huquq) olish 
qoidalari, 
talablari 
va 
shartlari 
keltirilgan. 
Litsenziya 
mahalliy 
hokimiyatlarning litsenziya organlari tomonidan yuridik yoki jismoniy 
shaxslarga ma’lum muddatga (5 yilgacha va undan ortiq) beriladi. 
Litsenziyalashtirishning maqsadi avtoservis korxonalari faoliyatlarini tartibga 
solish, 
xizmat 
ko‘rsatish 
bozorining normal ishlashini ta’minlash, 


204 
monopoliyaga qarshi qonun talablarini amalga oshirish, iste’molchilar 
huquqlarini himoya qilish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va avtomobil 
transportini ishlatishda ekologik me’yorlarga rioya qilishdan iborat. 
Avtoservisda litsenziya faqat Davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan, 
ro‘yxatga kiritilgan xizmatlargagina beriladi. O‘z avtomobillariga o‘zlari TX
ko‘rsatuvchi va ta’mirlovchi korxonalar, tashkilotlarning mazkur ishlar uchun 
litsenziya olishi talab etilmaydi. 
Avtotransport vositalariga TX ko‘rsatish va ta’mirlash uchun litsenziya 
olishning muhim talablaridan biri korxona, ko‘rsatiladigan xizmat va 
bajaradigan ishlarning mosligini tasdiqlovchi hujjat Davlat standarti organlari 
tomonidan beriladigan 
sertifikatdir. Ishlab chiqarish jihozlari ham 
sertifikatsiyalangan, ya’ni talablar darajasida ishlay olishini tasdiqlovchi 
hujjatlarga ega bo‘lishi shart. Ishlatilayotgan texnologik jihozlrga ishlab 
chiqargan zavodlaridan sertifikat olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar berilishi 
lozim. Shuningdek, bajarilayotgan xizmat turlari ham sertifikatsiya qilinishi 
mumkin, ya’ni Davlat standarti idorasi vakolatiga ega bo‘lgan uchinchi 
tashkilot tomonidan xizmatlar talablar darajasida bajarilgan ligining tan 
olinishidir. Shuni aytish zarurki, O‘zbekiston Hukumatining keyingi 
yillardagi tadbirkorlikni rivojlantirish va uni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 
qabul qilgan qarorlariga asosan litsenziyalashtirilgan xizmatlar ro‘yxati har 
yili qayta ko‘rib chiqiladi va qisqartirilib borilmoqda. Shu qarorlarga asosan 
servis korxonalari va ularning xizmatlarini sertifikatsiyalashtirish ham 
vaqtincha zarur emas. Bu qonunlardan tashqari davlatning yana bir qancha 
standartlari mavjud bo‘lib, ular xavfsizlikni ta’minlash va tabiatni 
asrash,ekologik talablardan kelib chiqadi, masalan, avtomobil gabaritlari, 
chiroqlari, signalizatsiya, boshqaruv organlariga tegishli standartlar shular 
jumlasidandir. Bu hujjatlarning servis xizmatiga taalluqli bo‘lgani uchun 
quyidagilarini ko‘rsatish zarur: 
- «Avtomobillarni sotishga tayyorlash qoidalari»; 
- «Avtomobillarga kafolatli texnik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida nizom»; 


205 
- «Ehtiyot qismlar katalogi»; 
- «Avtomobillarni ishlatish to‘g‘risida qo‘llanmalar»; 
- «Avtomobillarni ta’mirlash to‘g‘risida qo‘llanmalar»; 
- «Avtomobilning servis daftarchasi»; 
- «Avtoservis ishlab chiqarishini tashkil etish yo‘riqnomasi»; 
- «Avtoservis xizmati ko‘rsatish qoidalari» va h.k. 
O‘zbekistonda ikkinchi bo‘g‘indagi hujjatlar safiga sobiq «O‘zavtotrans» 
korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan «Avtomobillarga texnik xizmat 
ko‘rsatish va ta’mirlash to‘g‘risidagi nizom» (1996y) va «O‘zavtotexxizmat» 
hissadorlik jamiyati korxonalarida engil avtomobillarga texnik hizmat 
ko‘rsatish va ta’mirlash to‘g‘risidagi nizom.»
ATXK stansiyalarida ishlab chiqarishni tashkil etish to‘g‘risidagi turli 
qo‘llanmalar; 
- «Korxonalarda mijozlar avtomobillariga xizmat ko‘rsatish qoidalari»; 
- «Bajarilgan xizmatlar, ehtiyot qismlar va materiallar narxnomalari 
(preyskurantlari)»; 
- «Ta’mirlanadigan detallar, uzellar va agregatlarni mijozlardan qabul 
qilish va ulardan avtomobillarni ta’mirlashda foydalanish va hisob-kitob 
qilish to‘g‘risidagi nizom»; 
- «Avtotexxizmat korxonalarida engil avtomobillar kuzovlari va kuzov 
detallarini ta’mirlashga qabul qilish, ta’mirlash va egasiga topshirish haqida 
texnik talablar» va h.k. lar kiradi. 
- Birinchi nizomda avtomobillar texnik xizmati va ta’mirlash asoslari va 
me’yorlari va shuningdek, ularni avtotexxizmat korxonalarida tashkil etish 
bo‘yicha tavsiyanomalar keltiriladi. Nizom asosi qilib avtomobillar texnik 
holatini ta’minlovchi ma’lum bir strategiya tanlab olinadi. 
- Ikkinchi nizomda esa xizmat ko‘rsatish qoidalari va shuningdek, mijoz 
bilan bajaruvchi-ijrochi orasidagi aloqalar, tartiblarning huquqiy me’yorlari 
keltiriladi. «O‘zavtotexxizmat» nizomidan xususan shularni keltirish 
mumkin:


206 
- Buyurtmani bajarish muddati: 
- TX va davlat texnik qaroviga tayyorlash - 2 kun; 
- Joriy ta’mirlash - 15 kunga qadar; 
- Kuzovni to‘la bo‘yash (eskisini olib tashlab) - 15 kunga qadar; 

Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling