Mashinalardan foydalanish asoslari
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
машина фойда асослар фанидан дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14.QISHLOQ XO‘JALIK TEXNIKALARIGA SERVIS USULIDA XIZMAT KO‘RSATISH. 14.1 Servis usulining mohiyati, xizmat turlari, tarixiy shakllanishdan ma’lumotlar
Nazorat savollari:
1.Tirkamalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash 2 Avtomobil-sisternalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash. 3 Avtomobil-samosvallarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash 4 Avtomobil furgonlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash 14.QISHLOQ XO‘JALIK TEXNIKALARIGA SERVIS USULIDA XIZMAT KO‘RSATISH. 14.1 Servis usulining mohiyati, xizmat turlari, tarixiy shakllanishdan ma’lumotlar Servis inglizcha «Servise» so‘zidan olingan bo‘lib xizmat ko‘rsatish ma’nosini bildiradi. Xizmatlar servis usulida bajarilishi uchun u quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi shart: - hammabopligi, ya’ni xizmatdan mijoz istalgan korxonasida foydalanishi imkoniyatiga ega ekanligi; - bajarilgan xizmatlar sifati davlat qonunlari asosida kafolatlanishi; 188 - xizmat korxonalari orasida mijozlar uchun raqobat paydo bo‘lishi munosabati bilan servis madaniyatining oshishi va sifatining yaxshilanishiga doimo rag‘bat mavjudligi; - almashtirilgan ehtiyot qismlar va materiallarning ishonchli ekanligi; - mijozlar xizmatlaridan foydalanishining qulayligi, osonligi bil an o‘ziga jalb qila bilishi; Umuman, avtomobillarga servis sifatida bajariladigan xizmatlar texnik,tijoriy, mijozlar bilan ishlash kabi qismlardan iboratdir. Shu nuqtai nazardan texnik xizmat ko‘rsatish deyilganda mashina, uning agregatlari, detallari va qismlari texnik holatini sozlash, rostlash va tiklash- ta’mirlash bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar jamlanmasi ko‘zda tutiladi, chunonchi; - mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish, ularni ta’mirlash; - mashina agregatlari, detallari, kuzovlari, shinalari, akkumulyatorlarini ta’mirlash, ish qobiliyatini tiklash; - mashinalarni buyurtmalar asosida diagnostika qilish; - mashinalarga yo‘llarda, saqlash joylarida talabga asosan texnik yordam ko‘rsatish; - mashinalarni qayta jihozlash; - mashinalarni davlat texnik qaroviga tayyorlash; - mashina kuzovlarini tiklash; - mashinalarni vaqtincha va doimiy saqlash; Tijoriy xizmat deyilganda esa mashinalar, ehtiyot qismlar, materiallar va anjomlar bilan ta’minlash, savdo va reklama qilish va umuman bu sohaning biznes sifatidagi faoliyati tushuniladi, aniqrog‘i: - mashinalar, ehtiyot qismlar, anjomlar bilan savdo qilish; - mashinalarni yonilg‘i-moy materiallari bilan ta’minlash; - texnik ekspertiza xulosalari chiqarish; Mijozlar bilan ishlash: - mijozlar uchun turli maishiy xizmatlar va qulayliklar tashkil etish (kafe, bar, choyxona va h.k.); 189 - mijozlarni servis axboroti bilan ta’minlash; - texnik maslahatlar tashkil etish; - ko‘rsatiladigan xizmat turlarini reklama qilish; - mijozlar bilan doimiy aloqalar o‘rnatish, ular talablari, fikrlari va takliflarini o‘rganib, o‘z faoliyatida hisobga olish va h.k. larni ko‘zda tutadi. Servis mashinalarga xizmat ko‘rsatishning birinchi, dastlabki usulidir, chunki dunyoda mashinalarni birinchilardan bo‘lib sotib olgan va foydalanadiganlar texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uquviga ega bo‘lmaganlar. Shu sababli mashinalar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o‘z mahsulotlarini xaridorga sotish uchun barcha mashinalar sotiladigan va foydalaniladigan joylarda ularga texnik xizmat ko‘rsatuvchi va zarur materiallar va ehtiyot qismlar bilan savdo qiluvchi ustaxonalar, ya’ni servis korxonalari tashkil etib ishga tushirganlar. Keyinroq, (XX asr birinchi choragida) dunyoda (Amerika Qo‘shma Shtatlari va Evropada) avtomobillar sonining ko‘payibb borish natijasida avtomobillarga servis usulda xizmat ko‘rsatuvchi mustaqil, ya’ni avtomobillar ishlab chiqaruvchilarga qarashli bo‘lmagan, avtoustaxonalar va boshqa turli korxonalar ham paydo bo‘la boshlagan. Jahon avtomobil parkining tezkor sur’atlarda o‘sishi natijasida avtomobil servisi tobora rivojlanib avtomobil sanoati va transportining tengdoshi va yo‘ldoshi sifatida ularning ommaviy va qudratli tarkibiy qismiga aylanib ketdi va usiz hozirgi zamon avtomobillar «hayoti»ni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Avtoservis dunyo mamlakatlarining shaharlari, qishloqlari, yo‘llar bo‘ylari va boshqa ko‘p joylarida o‘rnashgan, keng tarqalgan va uzluksiz ishlovchi, turli xil va tipdagi xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar tarmoqlari chunonchi, ombor-tarqatuvchi terminallar, ta’minlovchi-tiklovchi avtomarkazlar, texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari va dilerlari, savdo ta’minlash shahobchalari va boshqalarga egadir. 190 Avtoservis xizmatidan barcha mamlakatlarda tijoriy va notijoriy avtotransport korxonalari, shaxsiy engil, yuk va avtobus egalari foydalanadilar. O‘tgan asrning 80-chi yillari o‘rtalarida dunyoda eng katta avtomobil parkiga ega bo‘lgan (200 mln.) AQSH da jami 329 ming avtomobillarga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar bo‘lib, ularning soni va bajargan o‘ziga xos ishlari sanog‘i bo‘yicha quyidagi holatda taqsimlangan (jadval 14.1): Keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra faqat 6% TX ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarinigina avtotransport korxonalari o‘zlari bajarganlar, qolganlarini (94%) maxsus servis korxonalari bajargan. Dilerlar avtomobilsoz kompaniyalarga qarashli bo‘lgan kichik (2-4 ishchi postli) servis korxonalarida faqat o‘z kompaniyalari ishlab chiqargan avtomobillar va ehtiyot qismlari bilan savdo qiladilar va ularga TX ko‘rsatadilar. Turli manbalardan olingan ma’lumotlarga qaraganda 2003…2004 yillarda Fransiyada (33 mln. avtomobil) 45 ming, GFR da (40 mln. avtomobil) – 47 ming, Buyuk Britaniyada (25 mln. avtomobil) –30 ming avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi stansiyalar va ustaxonalar ishlab turgan. O‘zbekistonda avtomobil servisining paydo bo‘lishi va uning rivojlanishi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy o‘tmishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Gap shundaki, avvalo, Vatanimiz mustaqillikka erishgunga qadar sobiq davlatimizda hukm surgan iqtisodiy tuzumga asosan mashinalar ishlab chiqaruvchilar bilan (jumladan avtomobillar ham) ularga ishlatish jarayonida servis xizmati ko‘rsatish sohasida amaliy aloqalar XX asrning 70 yillariga qadar deyarli bo‘lmagan, so‘ngra esa sust rivojlangan, chunki erkin avtomobil bozori bo‘lmagan. Ikkinchi tomondan, deyarli barcha avtotransport va boshqa ishlab chiqarish vositalari davlatga qarashli bo‘lganligi, iqtisodiyot sub’ektlari xo‘jalik-iqtisodiy mustaqillikka ega emasliklari avtomobillarga keng ma’noda servis usulida xizmat ko‘rsatishga uzoq vaqt imkon bermadi. 191 Avtotransport vositalariga ega bo‘lgan har bir korxona, tashkilot, xo‘jalik o‘z avtomobillariga o‘zi texnik xizmat ko‘rsatgan va ba’zi bir ta’mirlash ishlarini bajargan. AQSH dagi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning bajargan servis xizmati sanog‘i bo‘yicha taqsimlanishi. 14.1-jadval Korxonalar Korxonalar soni (ming) va %, Bajarilgan TX va ta’mirlash ishlar ko‘lami,% Avtomobillarga yonilg‘i quyish (AYOQ) va TX ko‘rsatish stansiyalari 115 35 38,3 Mustaqil ta’mirlash ustaxonalari 150 45,6 40,3 Yangi engil va yuk avtomobillari bilan savdo qiluvchi va TX ko‘rsatuvchi dilerlar 25 7,6 15,4 Avtokorxonalar, garajlar va ustaxonalar 39 11,8 6 Avtomobillardagi murakkab ta’mirlash ishlari har bir sohaning o‘z markaziy ustaxonalarida yoki maxsus ta’mirlash zavodlarida bajarilgan. Avtomobillarga servis usulida xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar mamlakatning faqat markaziy yirik shaharlarida bo‘lib (Moskva, Sankt- Peterburg, Kiev, Riga va h.k.), ular asosan chet el diplomatik vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlar, sayohatchilari avtomobillariga servis xizmati ko‘rsatishgan. Mamlakatda avtoservisning paydo bo‘lishiga asosiy turtki aholi shaxsiy avtomobillar parkining o‘sishi sabab bo‘lgan. O‘tgan asrning to 60-nchi yillariga qadar mamlakat aholisining avtomobil parki juda kichik (1965 yili O‘zbekistonda har bir 1000 kishiga 3 ta avtomobil to‘g‘ri kelgan) va faqat oilaga xizmat qiluvchi engil avtomobillardan iborat bo‘lgan. Davlat siyosati, hamma sohada bo‘lganidek, avtomobil transportida ham asosan o‘ziga qarashli jamoat transportini rivojlantirishga qaratilgan edi. Shaxsiy, fuqarolar 192 transporti, qadrlanmas, unga xizmat ko‘rsatish avtomobil egalarining o‘z muammolari bo‘lib qolgan edi. Faqat 60- yillarning ikkinchi yarmidan boshlab maxsus, aholi avtomobillariga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar tashkil qilinib, ishga tushirila boshlandi. 1968 yilda hukumatning «Fuqarolar transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatishni yaxshilash choralari» to‘g‘risidagi qarori bu sohaga davlat ahamiyatiga ega masala sifatida yondoshish boshlanganidan darak berdi. Aholi avtomobil parki ham ayniqsa, 1970 yillardan boshlab tez sur’atlar bilan o‘sa boshladi. O‘sha paytdagi statistik ma’lumotlarga qaraganda, aholining avtomobillashgani, ya’ni har bir 1000 kishiga to‘g‘ri keladigan avtomobillar soni mamlakatimizda quyidagicha o‘sib borishi dinamikasi 14.1-rasmdagi diagrammada keltirilgan: O‘zbekiston aholisi avtomobil parki 1991 yil boshida 1 mln.ga yaqinlashib qolgan va markalariga qarab quyidagicha taqsimlangan edi: Dastlabki tashkil etilgan avtoservis korxonalari-avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari, avtoustaxonalar, avtomobil prokat (ijaraga berish) punktlari, avtosaqlash joylari mahalliy hokimiyatlar-tuman va shaharlar ijroiya komitetlari tasarruflarida bo‘lgan, so‘ngra (1969 yildan) xukumat qaroriga asosan, O‘zbekiston aholisiga maishiy xizmat ko‘rsatish vazirligi tashkil etilib, uning tarkibidagi “O‘zavtotexxizmat” boshqarmasiga o‘tkazilgan. Mavjud ishlab turgan avtoservis korxonalari qatoriga 1974 yildan boshlab firma usulida texnik xizmat ko‘rsatuvchi “AvtoVAZtexxizmat”, so‘ngra “KAMAZ avtotexxizmat”, “Avtotexxizmat”, va boshqa avtomobil zavodlariga qarashli avtoservis korxonalari qo‘shila boshladi. Firma usulida avtoservis xizmati ko‘rsatish o‘sha paytdagi davlatda va shu jumladan, O‘zbekiston uchun ham yangilik bo‘lib, bu sohada yangi davr boshlanganidan darak berar edi. Endi mamlakat avtomobil zavodlari dunyo avtomobilsoz kompaniyalari izidan ketib, o‘z mahsulotlariga o‘zlari xizmat ko‘rsatish majburiyatlarini ola boshlashdi. Avtoservis xizmati yangi 193 bosqichga ko‘tarildi, uning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadigan, xizmat ko‘rsatishning texnik va madaniy saviyasi yaxshilanadigan bo‘ldi. Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling