Mashinalardan foydalanish asoslari
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
машина фойда асослар фанидан дарслик
Nazorat savollari:
1. Yonilg‘i-moy mahsulotlari sarfini me’yorlash 2. Yonilg‘i-moy mahsulotlarini tashish, saqlash va tarqatish 3. Qishloq xo‘jalik texnikalarida resurslarni tejash 4. Yonilg‘i-moy mahsulotlarini tejash yo‘llari 13.IXTISOSLASHTIRILGAN QISHLOQ XO‘JALIK TEXNIKASINI EKSPLUATATSIYA QILISH 13.1. Tirkamalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligidagi yuklarning ko‘p qismi tirkamalar yordamida tashiladi. Bug‘doy, sabzavot, mevalar, mineral o‘g‘itlar, paxta va h.k. qishloq xo‘jalik yuklari hisoblanadi. 13.1-rasm. Boshqariluvchi g‘ildirakli ikki o‘qli tirkama 1-shoti; 2-shkvoren; 3-tirkama o‘qi; 4- tortqi; 5-richag . 176 Tirkamali arkib vertikal yuklamaning tayanch sirtga uzatilish usuliga qarab tasniflanadi. O‘zi yura olmaydigan transport vositasi tirkama deb ataladi. Tirkamada vertikal yuklamalar barchasi (o‘z massasi va ustidagi yuki) tayanch sirtga g‘ildirak orqali uzatiladi. Tirkamalar bir, ikki va ko‘p o‘qli bo‘lishi mumkin. (13.1-rasm) Yarimtirkamalarda vertikal yuklamaning bir qismi tayanch sirtga o‘z g‘ildiraklari orqali, qolgan qismi esa, shatakchi avtomobilning mingashma- ilashma qurilmasi va g‘ildiraklari orqali uzatiladi. Yarimtirkamada ham bir nechta o‘qlar bo‘lishi mumkin. (13.2, 13.2-rasmlar) 13.2-rasm. Bir o‘qli yarim tirkama 1-shkvoren uyasi; 2-yuk platformasi; 3-tayanch qurilmasi; 4-tirgaklar;5- rama; 6-platforma tagligi; 7- ressor va g‘ildirak . 13.2-rasm. MAN tayanch – ilashish qurilmali shatakchi avtomobili. 177 Platforma ko‘rinishidagi kuzovli, ikki o‘qli tirkamalar idishli va sochiluvchan har xil yuklarni, furgon tipidagi kuzovli tirkamalar esa sanoat va oziq-ovqat mollarini tashishda ishlatiladi. Tirkamalar va yarimtirkamalarning tuzilishi. Har bir tirkama burish va tirkash qurilmalari, yurish qismi va kuzovdan tashkil topgan bo‘ladi. Aksari baland ramali tirkamalar old o‘qi buriladigan qilib ishlangan. Bu o‘q kalta ramaga o‘rnatilgan. Tirkamaning asosiy ramasi bilan kalta rama markaziy shkvorenli yoki shkvorensiz turdagi burish qurilmasi vositasida biriktiriladi. Ko‘pgina zamonaviy tirkamalarda shkvorensiz turdagi qurilmadan foydalaniladi. Katta diametrli zo‘ldirli tirak podshipnik shunday qurilmaga ega bo‘lib, oboymasi burish o‘qining kalta ramasiga, ichki oboymasi esa tirkamaning asosiy ramasi ostiga mahkamlangan. Shunday qilib, burish o‘qi bilan tirkamaning o‘qi orasidagi barcha kuchlar zo‘ldirlar orqali uzatiladi. Tirkamaning yurish qismi g‘ildiraklar, osma va ramadan tuzilgan. Rama odatda egik shaklda, old burish o‘qining tepasidagi old qismi ko‘tarilgan bo‘ladi. Yarimelliptik ressoralardan osmaning elastik elementlari sifatida foydalaniladi. Tirkamalar ko‘tara oladigan eng ko‘p yuk o‘qlarining soniga qarab aniqlanadi: bir o‘qli tirkamalar uchun 2 t. dan, ikki o‘qli tirkamalar uchun esa 8 t dan oshmaydi. Bo‘linmaydigan yirik yuklarni tashishda 50 t yuk ko‘tara oladigan ko‘p o‘qli tirkamalardan foydalaniladi. Past ramali, ikki o‘qli tirkamalarga shoti (dыshlo) dan harakatlanadigan, burilma aravacha o‘rnini bosuvchi old boshqariluvchi g‘ildiraklar (avtomobilnikiga o‘xshash) o‘rnatiladi. Bunday konstruksiya og‘irlik markazini va tirkamani yuklash balandligini pasaytirish imkonini beradi. Ikki o‘qli, ko‘p o‘qli tirkamalarda (umumiy massasi 0,75 dan ortiq) gidravlik, pnevmatik yoki kombinatsiyalangan yuritmali g‘ildiraklarni tormozlash qurilmalari bo‘lishi kerak. Tirkama tormozlari shatakchi avtomobil tormozlari bilan bir vaqtda ishlashi yoki tirkama ajralganda, mustaqil ravishda, avtomatik ishlashi lozim. Bu talab umumiy massasi 1,5 t 178 gacha bo‘lgan bir o‘qli tirkamalarga tegishli emas. Bunday tirkamalar tros yoki zanjir tarzidagi ishonchli birikmaga ega bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, ulardan 16% gacha qiya joyda tirkama shatakchidan ajratib qo‘yilganda, uni tutib tura oladigan adirbop tirak yoki stopor tipidagi qurilma bo‘lishi kerak. Yarimtirkama shassisi rama, osma va o‘q, qo‘shaloq g‘ildiraklar, yuritmali tormoz mexanizmlari, to‘xtab turish tayanchlari hamda tirkash qurilmasini o‘z ichiga oladi. Yarimtirkama ramasi ba’zan qo‘shtavr shakliga ega bo‘lgan juda puxta lonjeronli yassi fermadan iborat. Ramaning old qismidagi lonjeronlarga po‘lat list payvandlanib, unga tirkash qurilmasining shkvoreni uchun uya qilingan. Maxsus xalqaro talablarga ko‘ra, har qanday yarim tirkama shkvorenining diametri 50,8 mm bo‘lishi lozim. Shkvorenning pastki qismida uning ko‘tarilib-tushishiga to‘sqinlik qiluvchi bo‘rtiq bor. Yuk ko‘tarish quvvati yuqori bo‘lgan yarimtirkamalar ikki o‘qli qilib ishlanadi, bu holda, uch o‘qli avtomobillarnikiga o‘xshagan balansirli osmadan foydalaniladi. Yarimtirkama va shatakchi avtomobil g‘iddiraklari, gupchaklari va shinalari butunlay bir-xillashtirilgan. Tirkamani gorizontal vaziyatda tutib turish uchun uning ramasiga chiqarma tayanch qurilma o‘rnatilgan. U vintli, domkratsimon, rolikli, teleskopik ikkita tirgakdan iborat ko‘tarishda vintlar, shesternyali reduktor yordamida qo‘l dastasi bilan ishga tushiriladi. (13.3-rasm) Ba’zi ixtisoslashtirilgan yarimtirkamalarda kuzovning o‘zi (masalan, ko‘tarib turuvchi sisternalar yoki furgonlar) rama vazifasini o‘taydi. Yarimtirkamadan tirkama sifatida ham foydalanish mumkin. Buning uchun uning old qismi mingashma-ilashma qurilmasi bor aravachaga o‘rnatiladi. Tirkamalar va yarimtirkamalar yo‘l harakati qoidalarida talab etilgan barcha yorug‘lik asboblari (gabarit fonarlari, stop-signal, nomer belgisini yoritish fonari, burilishni ko‘rsatish chiroqlari) bilan jihozlangan bo‘lishi 179 lozim. Agar yarim tirkama gabaritlari shatakchi gabaritidan katta b o‘lsa, u holda yarimtirkama oldida qo‘shimcha ikkita gabarit fonari bo‘lishi kerak. Yarimtirkamalar aktiv o‘qlari yuritmasining bir necha turlari mavjud bo‘lib, ular ichida mexanik, elektr va gidravlik uzatmalarni ta’kidlab o‘tish kerak. Kam yuk ko‘taradigan yarim tirkamali avtopoezdlarda qo‘llaniladigan mexanik uzatma kardanli vertikal val vositasida o‘zaro ulangan shatakchi va yarimtirkamada, mos ravishda, bir-birining ustiga o‘rnatilgan konussimon shestrnyali reduktorlardan tuzilgan. Bunday, valning o‘qi tayanch-tirkash qurilmasining tebranish o‘qlariga to‘g‘ri keltirib o‘rnatilgan avtopoezd harakatchan bo‘ladi. 13.3-rasm. Yarim tirkamaning tayanch qurilmasi: 1-reduktor karteri; 2-etaklovchi shesternya; 3-etaklanuvchi shesternyalik vint; 4- tayanch korpusi; 5-tayanch qurilma g‘altagi; 6- tayanch g‘altak yostig‘i. Ko‘p yuk ko‘tara oladigan bir nechta tirkamali og‘ir avtopoezdlar uchun elektr uzatmadan foydalaniladi. Bu holda tyagachda elektr tok generatorini harakatga keltiruvchi kuch qurilmasi bo‘ladi. Aktiv o‘qlariga motor g‘ildiraklar, ya’ni individual elektr yuritmali g‘ildiraklar o‘rnatiladi. Bu 180 motor — g‘ildiraklarning elektr dvigatellari shatakchiga o‘rnatilgan generatordan tok bilan ta’minlanadi. Tirkama yoki yarim tirkamalarning etakchi g‘ildiraklariga tortish kuchini gidrohajmiy uzatish usuli ham mavjud. Bunday uzatma shatakchi avtomobil dvigatelidan harakatlanadigan porshenli nasos, yuqori bosim quvurlaridan v a reduktor orqali tirkama yoki yarim tirkamaning etakchi o‘qiga ulangan rotorli gidravlik dvigateldan tashkil topgan. Nasos vujudga keltiradigan bosim ta’sirida aylanadigan moy gidravlik dvigatel rotorini aylantiradi va yana nasosga qaytadi. Gidrohajmiy yuritma burovchi momentni ravon uzatish va uning kattaligini bosqichsiz, uzatmalar qutisi ishtirokisiz o‘zgartira olishi bilan farq qiladi. Biroq uning konstruksiyasi murakkab, narxi qimmat, avto - xo‘jaliklar sharoitlarida uni remont qilish qiyin. Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling