Mashinalardan foydalanish asoslari
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
машина фойда асослар фанидан дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12.QISHLOQ XO‘JALIK TEXNIKALARINI YOQILG‘I-MOY MAHSULOTLARI BILAN TA’MINLASH USLUBLARI VA ULARNI TEJASH
Nazorat savollar
1.Avtotransportda moddiy texnik ta’minotning roli qanday? 2.Mashina transportida qanday buyum va materiallar qo‘llaniladi. 3.Ehtiyot qismlar sarfiga ta’sir etuvchi omillarni tavsiflab bering. 4.Ehtiyot qismlar me’yorini qanday usullar bilan aniqlanadi? 5.Ehtiyot qismlar qanday yo‘llar bilan istimolchilarga olib kelinadi. 6.Ishlab chiqaruvchidan to iste’molchigacha ehtiyot qismlarini e tkazib berishda qanday omborlar tizimi mavjud? 7.Talab etiladigan ehtiyot qismlar nomenklaturasi qanday guruhlarga bo‘linadi? 166 8.Ehtiyot qismlar zahirasini boshqarish deganda nima tushuniladi? 9.Eng qulay buyurtma va olib kelish davriyligini qanday aniqlanadi? 10. Sug‘urta zahirasi nima uchun xizmat qiladi? 11.Avtotransport xo‘jaliklarida ehtiyot qism va material boyliklar hisobi qanday olib boriladi? 12.Optimal mashina parki uchun me’yorlari bo‘yicha ehtiyot qismlar talabi qanday hisoblanadi? 12.QISHLOQ XO‘JALIK TEXNIKALARINI YOQILG‘I-MOY MAHSULOTLARI BILAN TA’MINLASH USLUBLARI VA ULARNI TEJASH 12.1. Yonilg‘i-moy mahsulotlari sarfini me’yorlash. Qishloq xo‘jalik texnikasi (QXT)ida yonilg‘i sarfining me’yorlari – bu bajarilgan ish vaqti birligiga to‘g‘ri keladigan yonilg‘i sarfining rejaviy ko‘rsatkichlaridir. Ular texnologik me’yor bo‘lib, qishloq xo‘jalik ishlari jarayonini amalga oshirish uchun kerak bo‘lgan yonilg‘i sarfi me’yorini o‘z ichiga oladi. Mashinalarni ta’mirlash va har xil xo‘jalik ishlari uchun ketadigan yonilg‘i sarfi bu me’yorlar tarkibiga kirmaydi va alohida hisobga olinadi. Yonilg‘i sarfi me’yorlarining hisobi «QXTida yonilg‘i sarfini me’yorlash uslubiyoti» asosida amalga oshiriladi va vaqti-vaqti bilan (2-3 yilda bir marta) qayta ko‘rib chiqiladi. QXTda yonilg‘i sarfini me’yorlash. Qishloq xo‘jaligi texnikasida benzin, dizel yonilg‘isini me’yor sarfi vaqt birligidagi sarf me’yorlari va me’yoriy koeffitsientlar bo‘yicha aniqlanadi. Me’yoriy koeffitsientlar daladagi sarf me’yorlarda hisobga olinmagan, mashinalarni turli omillarini yonilg‘i sarfiga ta’sirini hisobga oladi. Mashinalarning qish vaqtida ishlashida yonilg‘ining daladagi sarfi me’yorlari mamlakatning janubida 5%gacha shimolida 15%gacha va boshqa joylarda 10%gacha oshadi. Mashinalar shahar chegarasida, tog‘li joylarda, past tezliklarda ishlatilganda, ekspluatatsiyada 8 yildan ortiq vaqt bo‘lgan mashinalardan 167 foydalanilganda va boshqa bir qator hollarda ham yonilg‘ining daladagi sarf me’yorlarini oshirilishi ko‘zda tutilgan. Agar mashinalar turgan joyida ishlasa me’yorlar 15% gacha kamayishi ko‘zda tutilgan. Yuk mashinalari va avtotirkamalar bajargan har 100 t.km transport ishi uchun quyidagi me’yorlar belgilangan: benzin-2 l; dizel yonilg‘isi-1,3 l; suyultirilgan neft gazi-2,5 l; tabiiy gaz-2 m 3 ; gazodizel dvigatellarida-1,2 m 3 tabiiy gaz va siqilgan 0,25 l dizel yonilg‘isi. O‘zio‘tkich – mashina va o‘zio‘tkich avtotirkamalarning yuk bilan har bir qatnoviga qo‘shimcha quyidagi me’yorlar belgilangan: benzin-0,25 l; dizel yonilg‘isi-0,25 l; suyultirilgan gaz-0,3 l; siqilgan tabiiy gaz-0,25 m 3 . Mashina benzinini, dizel yonilg‘isini, suyultirilgan va siqilgan gazlarni umumiy hollardagi me’yoriy sarfi Q n . e S H n Q W B Д S H Q 100 ) 1 ( 100 , (12.1) bu erda: S H - yurilgan yo‘l uchun yonilg‘ining me’yoriy sarfi, l/100 km; S - Mashina yoki avtotirkamaning yurgan yo‘li, km; Д - me’yorga to‘g‘rilash koeffitsienti; B -bajarilgan ishga yonilg‘ining me’yoriy sarfi, l/100 km; W - transport ishining hajmi, t.km; Q -yuk bilan qatnov uchun yonilg‘ini me’yoriy sarfi, l/qatnov; e n -yukli qatnovlar soni. Yakka bortli yuk mashinalari va yarim tirkamali egarli tortkichlar uchun yonilg‘ining me’yoriy sarfi quyidagi tenglama orqali aniqlanadi: 100 ) 1 ( 100 W B Д S H Q S H , (12.2) Tirkamali mashinalar uchun yonilg‘ining me’yoriy sarfi quyidagi tenglama bilan aniqlanadi: 100 100 ) 1 ( 100 W B S G B Д S H Q TP S H , (12.3) bu erda: TP G - tirkamaning og‘irligi, t. Maxsus va ixtisoslashtirilgan mashinalar uchun yonilg‘ining me’yoriy sarfi: 100 ) 1 ( 100 S G B Д S H Q S H , (12.4) 168 bu erda: S H - Mashina baza modelining liniyadagi me’yoriy yonilg‘i sarfi, l/100 km; G - o‘rnatilgan jihoz hisobiga maxsus yoki ixtisoslashtirilgan mashina massasining baza mashinasiga nisbatan ortishi (yoki kamayishi) , t. Yakka o‘zito‘kkich mashina uchun yonilg‘ining me’yoriy sarfi: e S H n Q Д S H Q ) 1 ( 100 , (12.5) bu erda: S H - yakka o‘zito‘kkich mashina uchun yonilg‘ining liniyadagi me’yoriy sarfi Soatbay ishlaydigan yuk mashinalari uchun yonilg‘ining me’yoriy sarfi quyidagi tenglama bilan aniqlanadi: ) 1 ( 100 Д S H Q S H , (12.6) Agar mashinalarda alohida isitgichlar bo‘lsa, u holda yonilg‘ining me’yoriy sarfi quyidagi tenglama bilan aniqlanadi: T H Д S H Q OT S H ) 1 ( 100 , (12.7) bu erda: OT H - yonilg‘ining issitgich (lar) ishlashi uchun yonilg‘ini sarfi, l/s; T- isitgichning ishlash vaqti, s. Moylash materiallari sarfini me’yorlash. Moylash materiallarining sarfi mashinalarning har bir rusumi, modeli va moy navlarini har biri: motor, transmission, surkov va maxsus moylar bo‘yicha hisoblanadi. Motor va transmission moylar miqdori yonilg‘i umumiy me’yoriy sarfining har 100 litriga litrda va surkov moylar miqdori yonilg‘i umumiy me’yoriy sarfining har 100 litrga kilogrammlarda belgilanadi. Agar mashina ekspluatatsiyada 3 yildan kam vaqt bo‘lgan bo‘lsa moylarning me’yoriy sarfi 50%ga kamaytiriladi; 8 yildan ortiq bo‘lsa, moylarning me’yoriy sarfi 20%ga oshiriladi. Moylash materiallarining miqdori ( M Q ) quyidagi tenglama bo‘yicha aniqlanadi. 169 M H M q Q Q 01 , 0 , (12.8) bu erda: H Q - yonilg‘ining umumiy me’yoriy sarfi; M q -100 l yonilg‘iga to‘g‘ri keladigan moylash materiallarining me’yoriy sarfi (12.1-jadval) Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling