Mashinalardan foydalanish asoslari


Download 3.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/94
Sana15.11.2023
Hajmi3.58 Mb.
#1775932
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   94
Bog'liq
машина фойда асослар фанидан дарслик

Birinchi A (yuqori talab etiladigan detallar) guruhi - umumiy ehtiyot 
qismlar nomenklaturasidan 10%ga yaqinini o‘z ichiga oladi yoki 85%ga 
yaqin bo‘lgan talabni qondiradi, narxi bo‘yicha, esa umumiy nomenklatura 
narxidan 70% ga yaqinini tashkil etadi. 
 
 
 
 
11.4- rasm. 
Nomenklatura, ehtiyot qism va materiallarga bo‘lgan talab 
(narx)larni tahlil etishdagi AVS usuli 
 
Ikkinchi V (o‘rtacha talab etiladigan detallar) guruhi - umumiy ehtiyot 
qismlar nomenklaturasidan 15%ga yaqinini o‘z ichiga oladi yoki 10%ga 
yaqin bo‘lgan talabni qondiradi, narxi bo‘yicha esa, umumiy nomenklatura 
narxining 20%ga yaqinini tashkil etadi. 
Uchinchi S (kam talab etiladigan detallar) guruhi - umumiy ehtiyot 
qismlar nomenklaturasidan 75% tashkil etadi yoki u orqali faqat 5% yaqin
bo‘lgan talab qondiriladi, narxi bo‘yicha esa umumiy nomenklatura narxidan 
10% ni tashkil etadi. 
Detallarni yuqorida keltirilgan taqsimlash guruhlari 
asosida ehtiyot qismlar nomenklaturasi bilan ta’minlash tizimi tashkil etiladi.
TXKS quvvati va markaziy, mintaqaviy omborlarning qaerda 
joylashishidan 
qat’i 
nazar 

guruhiga 
kiruvchi 
ehtiyot 
qismlar 
nomenklaturasini zahirada saqlash zarur. V guruhiga kiruvchi detallar 
nomenklaturasini zahirada saqlash esa TXKS quvvati va markaziy, 
mintaqaviy omborlarning qaerda joylashganligi, ehtiyot qismlarni olib kelish 
davri va hajmi bo‘yicha aniqlanadi. S guruhiga kiruvchi detallar 
nomenklaturasini esa TXKS omborlarida saqlash zaruriyati yo‘q, ular asosan 
yuqori darajali omborlarda, kichik hajmlarda bo‘lsa, bas.  
Avtotransport korxonalarida ombor xo‘jaligini tashkil etish. 
Mashina-traktor parklari omborlarida saqlanadigan ehtiyot qism va 
materiallar asosan yuqori talab etiladigan detallar (A) guruhi b o‘lib, 
А 
В 
С 


163 
nomenklaturasi 3.....4 ming nomga etishi mumkin va ular quyidagalarga 
bo‘linadi: 
- agregat, uzel va ehtiyot qismlar; 
- ekspluatatsion materiallar
- umumiy foydalaniladigan materiallar; 
- qimmat bo‘lmagan va tez eyiladigan materiallar.
Mashina-traktor parklarida agregatlar asosan alohida agregat omborlarida 
saqlanadi. Ushbu agregat omborlarida yangi, ta’mirlangan va oldin 
ishlatilgan agregatlar bo‘lib, ular o‘z navbatida aylanma agregatlar fondini 
tashkil etadi.
11.5-rasm Agregatlar maxsus tagliklarga qo‘yiladi. 
11.6-rasm. Ehtiyot qismlar asosan ko‘p qavatli tokchalarda saqlanadi
 . 


164 
Ombor maydonidan unumli foydalanish uchun mayda va normal (bolt, 
gayka, vint va b.) detallarni saqlash uchun ayrim korxona va texnik xizmat
ko‘rsatish stansiyalarida bir necha bo‘limli sig‘im(kovsh)lar bo‘lib va ular 
vertikal eskalator zanjiriga ketma-ket joylashtirilib chiqiladi. Har bir nomli 
detalga alohida bo‘lim ajratiladi. Tokchalarda saqlashning asosiy talablari: 
- engil va kichik o‘lchamli materiallar saqlanishi kerak; 
- tokchalarda 
avval 
kartonli 
yoki 
plastmassali 
qutti 
(yashik) 
joylashtiriladi, undan keyin ularga detalllar qo‘yiladi; 
- og‘ir va katta detallarni iloji boricha tokchalarning past qavatiga, kam 
talab etiladigani, esa eng pastki qavatiga joylashtiriladi. Ko‘p talab etiladigan 
detallarni asosan inson ko‘kragi balandligidagi tokchalarda saqlash kerak;
- tokchalar orasidagi masofa quti o‘lchamiga qarab sozlanishi (yig‘ma 
tokchalarda) kerak.
Xo‘jalikda umumiy foydalanadigan materiallar ko‘pincha 10 guruhga 
bo‘linadi(materiallar; asbob-uskuna va moslamalar; elektrotexnik qurilmalar 
va 
materiallar; 
xo‘jalik 
moslamalari;ximikatlar; qurilish ta’mirlash 
materiallari; yordamchi materiallar; maxsus kiyimlar; dastgohlar va boshqa 
materiallar). Ushbu materiallarni bir joyda ayrimlarini texnik xavfsizligi 
sababli saqlab bo‘lmaganligi uchun avtotransport korxonalarida quyidagi 
omborlar mavjud: ehtiyot qism; agregat; materiallar; shina; moy; b o‘yash 
materiallari; ximikatlar; asbob uskunalar.
Shinalar asosan shina omborlarida quyosh nuri tushirilmasdan taxtali yoki 
metalli tokchalarda, vertikal holatda, isitish asboblaridan 1m uzoqlikda 
saqlanadi (11.7-rasm). 
Korxonalari omboriga olib kelinadigan moddiy boyliklar hisobini olish
uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi va Davlat Soliq 
qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan namunaviy birlamchi hujjatlar ishlat iladi: 
kirim orderi, materiallar qabul qilingani haqidagi hisob-faktura, qabul 
qilinayotgan materiallarga qo‘shib yuboriladigan hujjat (nakladnaya, 


165 
omborda materiallar hisobini olib boruvchi varaqa, ombordan materiallarni 
tarqatishdagi “talabnoma” varaqasi. 
11.7-rasm. Shinalarni omborlarda saqlash 
Ushbu hujjatlarning hammasida materiallarning narxi ko‘rsatiladi. Har 
oyning oxirida korxona ombordagi materiallar bo‘yicha kirim va 
sarflanadigan materiallar soni va narxi bo‘yicha qaydnoma tuziladi (rasm). 
Ushbu qaydnomada keltirilgan narxlar yig‘indisi “Buxgalteriya b o‘limidagi” 
hisoblar bilan solishtiriladi.

Download 3.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling