Mashinalardan foydalanish asoslari
Yonilg‘i-moy mahsulotlarini tashish, saqlash va tarqatish
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
машина фойда асослар фанидан дарслик
12.2. Yonilg‘i-moy mahsulotlarini tashish, saqlash va tarqatish yonilg‘ini tashib keltirish. Yonilg‘i ATK va AYOQSHlarga neft bazalaridan avtotsisternalarda tashib keltiriladi. Avtotsisternalar MAN, MAZ, KaMAZ mashinalar shassisi bazasida yig‘ilgan bo‘lib 4 dan 10 ming.l gacha sig‘imga ega. Yo‘nilg‘i dala sharoitida tashilganda va tarqatilganda yonilg‘i haydash nasosi va tarqatgich bilan jihozlangan Mashina-yonilg‘i quygichlardan foydalaniladi. Neftbazasidan yonilg‘i tarqatilayotganda unga sifat pasporti beriladi. Neftbazasida avtotsisternalarga quyilgan yonilg‘i miqdori mashina tarozilarida tortilib yoki sisternaga quyilgan yonilg‘ini solishtirma og‘irligi bo‘yicha hajmda, sisternadan olingan namunaga asosan aniqlanadi. 12.1-jadval Moylash materiallarining me’yoriy sarfi Moylash materiallarining turlari O‘lchov birligi 100 l yonilg‘iga to‘g‘ri keladigan moylash materiallarining me’yoriy sarfi Benzinda ishlaydigan mashinalar Dizel yonilg‘isida ishlaydigan yuk mashinalari Dizel yonilg‘isida ishlaydigan o‘zi to‘kkich mashinalar Motor moylar l 2,4 3,2 5,0 Transmission moylar l 0,3 0,4 0,5 Maxsus moylar l 0,1 0,1 1,0 Surkov moylar l 0,2 0,3 0,2 Neftbazasida yoki ATKda yonilg‘ini qabul qilishda hujjatlarning mavjudligi va to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi, sisternalarda teshikning yo‘qligi, yonilg‘ining miqdori va sifati tekshiriladi. Buning uchun sisternadagi yonilg‘ining solishtirma og‘irligi, balandligi hamda yonilg‘i 10 min. 170 tinitilgandan so‘ng suvning mavjudligi tekshiriladi. Amalda quyilgan yonilg‘i miqdori tovar-transport nakladnoyida ko‘rsatilgandan farq qilsa yoki sisternada suv borligi aniqlansa, qabul qilingan yonilg‘i miqdori ko‘rsatilgan neft mahsulotini topshiriyotgan va qabul qilayotganlar tomonidan imzolangan dalolatnoma tuziladi. Yonilg‘i sisternadan sig‘imlarga oqizish yo‘li bilan yoki nasos yordamida to‘kiladi. Yonilg‘ini saqlash. Yonilg‘ilar sisternalarda er usti, yarim er osti va er osti usullarda saqlanadi. Er osti saqlash usuli keng tarqalgan bo‘lib qator afzalliklarga ega: yong‘indan xavfsizroq, ekspluatatsiyada arzonroq, kam joyni egallaydi, yonilg‘ini to‘kishda nasos qurilmalarga extiyoj yo‘q va eng muhimi, yonilg‘ini bug‘lanishdagi eng kam yo‘qotishini hamda saqlash jarayonida sifat yomonlashuvini kamayishini ta’minlaydi (12.3-rasm). Ma’lumki, havoda 2,4…5% benzin bug‘lari (hajmi bo‘yicha) bo‘lgan holda portlash xavfi vujudga kelishi mumkin. Benzin va havonin g bunday nisbati havo haroratining 0 S va undan past holatlariga xosdir. Benzin rezervuarlarda saqlanganda yong‘in xavfsizligini to‘la ta’minlash uchun turli tizimlar qo‘llaniladi. Shulardan yong‘inga qarshi saqlagichlar tizimi eng ko‘p tarqalgan. Bunda rezervuar tashqi muhit bilan bog‘lanadi, havo esa unga yong‘inga qarshi saqlagich orqali o‘tishi mumkin. Statik elektr chaqnashini oldini olish uchun rezervuar erga ulangan bo‘lishi kerak. Yong‘inga qarshi saqlagichlar bir biridan kichik oraliqda joylashgan ikkita latun to‘rlardan iborat (1 sm 2 to‘rlarda 144…200 ta teshiklar bo‘lishi kerak). Dizel yonilg‘isini tarqatish punktlari va yonilg‘i saqlash qurilmalari yuqorida ko‘rilganlaridan deyarli farq qilmaydi. Faqat, yonilg‘ini 10 kunlik tindirlishini ta’minlaydigan qo‘shimcha rezervuarlar, dizel yonilg‘isining yuqori qatlamlaridan so‘rib olish uchun kalkovuchli so‘rgich va tarqatish kolonkasi bilan rezervuar orasiga qo‘shimcha filtrlar o‘rnatilgan bo‘ladi. 171 12.3-rasm. Atrof-muhitni ifloslanishini kamaytiuvchi qurilmalar bilan ta’minlangan er osti yonilg‘i saqlash ombori. Yonilg‘ini tarqatish. Mashinalar yonilg‘i tarqatish kolonkasi yordamida yonilg‘i bilan to‘ldiriladi. Kolonkalarni ish unumdorligi 25…250 l/min. tashkil etadi. Kolonkalarning aniq ishlashi atrof-muhitning harorati-40 dan +46 0 S oralig‘ida va havoning nisbiy namligi 80%dan oshmaganda kafolatlanadi. Yonilg‘i saqlash joylarida ochiq olovdan foydalanish mumkin emas. Mashinaga yonilg‘i qo‘yish faqat dvigatel ishlamay turganda ro‘yxat beriladi. AYOQSH o‘t o‘chirgichlar va qumli sandiqlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Tashqi yoritgichlar tayanchlarida chaqmoq o‘tkazgichlar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Yonilg‘i tarqatgich kolonkalarida ularni tashqi elektr ta’minotidan uzib qo‘yish mumkinligi ko‘zda tutilgan bo‘lishi kerak. Magnitli yuritgich yopiq xonada joylashtiriladi. Elektr jihozlari va kolonkalarni tok yuritgich va metall qismlari erga ulangan bo‘lishi kerak. Siqilgan va suyultirilgan gazlarni tashish, saqlash va tarqatish. Suyultirilgan gazning o‘ziga xosligi shundaki, gaz holatidan suyuq holatga oddiy haroratda va past bosimda o‘tadi shuning uchun uni 1,6…2,0 MPa bosimga hisoblangan zich rezervuarlarda yoki ballonlarda saqlash va tashish mumkin. Mashina dvigatellarida suyultirilgan gaz sifatida engil uglevodorodlar-propan, butan va ularning aralashmasi qo‘llaniladi. 172 Mashinalar suyultirilgan gaz bilan gaz to‘ldirish stansiyalarida rezervuarlardan mashina ballonlariga qo‘yib to‘ldiriladi. Bunda suyultirilgan gaz bilan to‘ldirilgan sisterna mashina ballonidan yuqorida joylashgan bo‘lishi kerak. Mashina balloni suyultirilgan gaz bilan to‘ldirilayotgan paytda: gaz to‘ldiruvchi shlang oldida turish, birikmalar, gaykalarini qotirish, chekish, dvigatelni sozlash va ta’mirlash ta’qiqlanadi. Siqilgan tabiiy gaz (metan) bosim ko‘tarilganda gaz holatidan suyuq holatga o‘tmaydi. Shuning uchun mashina yurishining zarur zahirasini ta’minlash maqsadida Mashina kuzovi tagida joylashtirilgan maxsus qalin devorli ballonlar 20 Mpa bosim ostida gaz bilan to‘ldiriladi. Mashina gaz to‘ldirish kompressor stansiyalariga gaz katta bo‘lmagan bosim (0,4-1,2 MPa) ostida yuborilib, mexanik chiqindilardan tozalanadi, kompressorlar yordamida 26-35 MPA bosimgacha siqiladi va qator tozalash tizimlaridan o‘tib gaz tarqatish kolonkalariga yuboriladi. Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling