Mashinalardan foydalanish asoslari
Tirkama va yarim tirkamalarga texnik xizmat ko‘rsatish
Download 3.58 Mb. Pdf ko'rish
|
машина фойда асослар фанидан дарслик
13.2.Tirkama va yarim tirkamalarga texnik xizmat ko‘rsatish
Tirkama va yarim tirkamalarga texnik xizmat ko‘rsatishda shatakka oluvchi (13.4-rasm) changak (kryuk) ilashtiruvchi halqa (petlya) va shoti (dishlo) larning holatlariga e’tiborni qaratish kerak bo‘ladi. 13.4-rasm.MAN avtomobilining shatakka oluvchi changagi. 1-egiluvchan element korpusi; 2-rezinali element; 3-tortuvchi sterjen; 4-kallak. Changak va halqa orasidagi masofa 40 —50mm dan ortib ketsa, tirkama chayqalib — tebranib yurishiga olib keladi, avtopoezd noturg‘un harakatlanadi va shinalarning yoyilishi jadallashadi. 181 Avtomobillardagi va yarim tirkamadagi tayanch - ilashish qurilmasi (13.5-rasm) holatlari bir-biridan ajratilgan holatda, alohida ko‘zdan kechiriladi. Bunda balansirli plitadagi bo‘ylama va ko‘ndalang o‘qlari (barmoqlari), amortizatsiya prujinalarni, tutqich (zaxvat)larni, shkvoren va uning barmoqlari, saqlagich-plankalari va qulfining holatlari tekshiriladi. Yarim tirkamada shkvoren va tayanch plitaning holati tekshiriladi. Tirkama o‘qlari o‘zaro qiyshiq joylashib qolsa (tirkamaning bo‘ylama o‘qiga perpendikulyarligi buzilsa) harakatlanish qarshiligi ortib ketadi va shinalar jadal eyiladi. Ba’zi tirkamalarda ularning burilish qurilmasi avtomobil oldi ko‘prigidek konstruksiyali bo‘ladi (MAZ— 5201V va h.k.) Bunday tirkamalarda g‘ildiraklarning yaqinlashuv masofasi (sxojdenie) tekshiriladi va sozlanadi (3 - 5 mm), shuningdek tirkama shatakchi avtomobil izidan yurishini ta’minlovchi shotini (dishlo) o‘rnatiladi va buriluvchi tortqilar uzunligi tekshiriladi. Tirkama yoki yarim tirkama orqa ko‘prigining qiyshayib qolganligini orqa o‘q uchidan shkvoren bolti o‘qigacha bo‘lgan masofani o‘lchab yoki shotining shkvorenidan, aylantiruvchi shkvoren markazigacha b o‘lgan masofani o‘lchab aniqlanadi. (13.7-rasm) Shu yo‘sinda o‘lchangan A va B masofalar farqi 10 mm dan oshmasligi kerak (A—B:10mm). Ana shunda tirkamadagi orqa ko‘prik bo‘ylama o‘qqa amalda perpendikulyar deb hisoblanadi. Boshqaruvchi g‘ildiraklarning yaqinlashuv masofasi xuddi avtomobilnikidek sozlanadi. Bu yaqinlashuv masofasi sozlab bo‘lingandan keyin, shotining o‘rnatilishi tekshiriladi. SHotini burib, old g‘ildiraklarni tirkamaning bo‘ylama o‘qiga parallel ravishda qo‘yiladi. Bu parallellikni g‘ildirak to‘g‘inidagi (obod) bir sath nuqtasidan shoti o‘qigacha yoki tirkama ramasining bo‘ylama to‘g‘inigacha bo‘lgan masofasi o‘lchab aniqlanadi. Buning uchun ulash halqasi teshigidan, ramaning xohlagan 2 ta simmetrik nuqtasi orasidagi masofa aniqlanadi. Bu masofalar, 5,0 mm dan ortiq farqlanmasligi kerak. Shoti noto‘g‘ri - qiyshiq o‘rnatilgan bo‘lsa, u 182 harakatlanishi davomida tirkamani avtomobil bo‘ylama o‘qiga nisbatan chetga chiqarib yuboradi. Shkvoren tipidagi burilish qurilmali tirkamalarda va rospusk tirkamalarda buruvchi aravacha va tirkama ramasining boltli birikmasidagi tirqish sozlanadi. Bu tirqish 1,5 — 2,0 mm bo‘lishi kerak. 13.5-rasm. Shatakchi avtomobillarning yarim avtomatik tayanch-ilashish qurilmasi 1-planka; 2-balansir; 3-ko‘ndalang o‘q; 4-tayanch doira; 5-cheklagich; 6-silindrik prujina; 7-bo‘ylama o‘q; 8-plita; 9-shtift; 10-prujina; 11-ilgak; 12-yo‘naltiruvchi barmoq; 13-sterjen; 14-prujina; 15-qulf; 16-qulf richagi; 17-barmoqchalar; 18-qisqich; 19-egar. Tirkama va yarim tirkamalarda tormozni sozlash ishlari, g‘ildirakdagi ishchi tormozni va uning yuritmasini sozlashni o‘z ichiga oladi. Pnevmo- yuritmali (28.8-rasm) g‘ildirak tormozlari (MAZ — 5243, MAZ — 5245, OdAZ — 898 va boshqalar)da tormoz kameralaridagi shtokning siljish masofasi 25 — 30 mmdan ortib ketsa, u sozlanadi. Sozlash tartibi xuddi shatakchi avtomobil tormozini sozlagandek bajariladi, ya’ni sozlash richagi 183 o‘qida joylashgan chervyakni burish orqali sozlanadi (shtokning siljish masofasi 15—18mm bo‘lishi kerak). 14.6- rasm. Tirkama va yarim tirkamalar tormozi a) b) 14.7- rasm. O‘qlarni o‘rnatish: a- tirkama, b- yarim tirkama. Pnevmoyuritmada havo o‘tkazgichlar va havo taqsimlagich klapanining jipsligi tekshiriladi. Qo‘l (bekat) tormozining samaradorligi tormozni kerish kulaklariga ta’sir etuvchi tormoz tortqilari, uzunligini o‘zgartirish orqali ta’minlanadi. Tirkama va yarimtirkamalarning gidravlik yuritmali g‘ildirak tormozlarini sozlash MAN avtomobillardek bajariladi. 184 Yurish qismlari avtomobillar 1-TXK va 2-TXK o‘tganida nazorat qilinadi va tekshiriladi (rama, osmaning uzel va detallari) Shuningdek, ko‘tarish mexanizmi va tayanch g‘altaklarining ishlashi tekshiriladi. Tirkamalarning elektr jihozlarida esa elektr simlari, shtepsel birikmalari detallarining holati hamda yoritish va signalizatsiya asboblari holati tekshiriladi. Ishqalanuvchi uzellar moylash kartasiga binoan moylanadi. Tirkamalarga TXK ishlari. 14.8 — rasm. Tirkama va yarim tirkamalar pnevmotormozlarini sozlash . Kundalik qarov ishlari. Tirkama (yarimtirkama) ko‘zdan kechiriladi, bunda kuzov, rama, osma, g‘ildirak va shinalar, raqam belgilarning sozligi tekshiriladi. Ilashish qurilmasining sozligi va shatakchi avtomobil bilan tirkamaning ishonchli ulanganligi, yoritish va daraklovchi asboblar, tormoz yuritmasi birikmalarining jipsligi tekshiriladi. Tirkama-rospusklarda burish qurilmasi, uning ustunlari va qulflarining holati tekshiriladi. Tirkama (yarim tirkama) ni qoldiq yuklardan tozalab, raqam belgilari va uni yorituvchi fonarlari hamda stop-signallari artiladi. Birinchi texnik xizmat ko‘rsatish (I-TXK) da tirkamalar (yarimtirkama) kuzovining sozligi tekshiriladi. Buriluvchi qurilma ko‘zdan kechiriladi va uning detallari sozligi tekshiriladi. G‘ildiraklari boshqariladigan tirkama rospusklarda tortqilarning sozligi shotidan boshqaruvchi g‘ildiraklarga 185 keluvchi richag va sharnir birikmalarining holati, buriluvchi sapfa shkvorenidagi liqillash (lyuft) tirqish va rul tortqisining sharli barmoqlard agi liqillashning me’yoridaligi tekshiriladi. Download 3.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling