Mashinalaridan foydalanish, texnik


Download 4.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/159
Sana18.09.2023
Hajmi4.65 Mb.
#1680492
TuriУчебное пособие
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   159
Bog'liq
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK

Nazorat savollari 
1. Agregatning harakat tenglamasi nimani ifodalaydi? 
2. Agregatni harakatlantiruvchi kuch qanday hosil bo‘ladi? 
3. Harakatlantiruvchi kuchning nominal va chekka qiymatlari ilashish
bo‘yicha qanday aniqlanadi? 
4. Traktorning tortish xususiyatlarini yaxshilash uchun qanday chora-
tadbirlarni qo‘llash mumkin? 
5. Traktorni harakatlantiruvchi kuchi qanday xolda urinma tortish kuchi bilan 
chegaralanadi? 


35 
4-§. Ish mashinalarining foydalanish-texnologik 
 xossalari 
 
 
 
 
 
4.1-§.
 
Qishloq xo‘jaligi mashinalarining foydalanish xossalari 
Mashinalar texnologik jarayonni bajarayotganda foydalanish xossalariga
quyidagi asosiy ko‘rsatkichlar kiradi [10, 11, 12, 13]: 
1. Agrotexnik ko‘rsatkichlar - bular agregatning topshiriqdagi texnologik 
jarayonni agrotexnik talablarga muvofiq bajara olishi imkonini tavsiflaydi. 
Masalan, ishlov berish chuqurligi, ekinlarning va urug‘larning shikastlanishi va 
boshqalar. 
2. Energetik ko‘rsatkichlar – traktor va ishchi mashinaning energetik 
xossalarini tavsiflaydi. Traktor uchun muhim energetik ko‘rsatkich ilmoqdagi 
quvvat, ishchi mashinada esa ishga sarflaydigan energiya, ya’ni tortish qarshiligi 
bo‘ladi. 
3. Manevrchanlik – bu agregatlarning buriluvchanligi, o‘tag‘onligi, 
harakatning barqarorligi, tashishga moslashtirilganligini ifodalaydi. Agregatning 
manevrchanlik xususiyatlarini mazkur muayyan sharoitlar uchun agregatlarni 
tanlashda hisobga olish lozim. 
4. Texnik ko‘rsatkichlarbular asosan, agregatlarning puxtaligini 
(umrboqiyligini, ko‘pga chidamliligini, ta’mirbopligini, buzilmasdan ishlashini
saqlanuvchanligini), shuningdek boshqa texnik ko‘rsatkichlar – vazni, shakli va 
h.k. belgilaydi. Bu xususiyatlarni mashinalarning texnik ekspluatatsiyasini 
tashkillashtirishda hisobga olish zarur. 

Download 4.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling