Mashinalaridan foydalanish, texnik


Download 4.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/159
Sana18.09.2023
Hajmi4.65 Mb.
#1680492
TuriУчебное пособие
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   159
Bog'liq
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK

Nazorat savollari: 
1. Harakatlanuvchi energetik vositalarga qo‘yiladigan agrotexnik talablarni 
nimalardan iborat? 
2. Traktorni shataksirashi deganda nimani tushunasiz? Uning qiymatlarining 
ayting. 
3. Traktor yurish qismini tuproqqa bosimi qanday aniqlanadi? Qaysi turdagi 
traktorlarda bu ko‘rsatgich eng past bo‘ladi? 
4. Traktorning yo‘l va agrotexnik tirqishlarining farqini ayting.
5. O‘simliklarni himoya zonasini mohiyatiri tushuntiring. 
6. Traktorning agrotexnik tezligi chegarasining mohiyatini ayting. 
7. Traktorning tortish xususiyatlarini yaxshilash uchun qanday chora-
tadbirlarni qo‘llash mumkin? 


46 
6-§. Agregatlarni tuzish (komplektlash) 
6.1-§. Agregatlarni tuzish shartlari va tartibi 
Agregatlarni tuzish – bu aniq sharoitda agrotexnika talablariga muvofiq 
ishlarning yuqori sifatda bajarilishini, mashinalardan unumli foydalanishni, eng 
yuqori ish unumi va tejamkorlikni ta’minlaydigan agregatlarni tanlashdan iborat.
Dvigatel quvvatidan to‘liq foydalanmaslik agregatning foydalanish 
ko‘rsatgichlarini pasayishiga, binobarin, berilgan hajmdagi ishlarni belgilangan 
agrotexnika muddatlarida bajarish uchun bo‘lgan ehtiyojning (talab etiladigan
agregatlar sonini) oshishiga sabab bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida xo‘jalikning 
agregatlardan foydalanish samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Qishloq xo‘jalik agregati quyidagi tartibda tuziladi: 
- texnologik ishning sharoitlari va agrotexnika talablari aniqlanadi;
- qishloq xo‘jaligi mashinasi va traktorning rusumi tanlanadi
- texnologik ishni bajarish uchun yo‘l qo‘yiladigan tezliklar chegarasiga mos 
holda agregat tezligi tanlanadi va unga ko‘ra traktorning ish uzatmasi 
aniqlanadi; 
- agregat amalda tuziladi, ya’ni qishloq xo‘jaligi mashinasi traktorga tirkaladi 
yoki o‘rnatiladi, so‘ngra texnologik sozlanadi (agrotexnika talablariga 
muvofiq ishchi qismlar o‘rnatiladi va rostlanadi) hamda yo‘naltiruvchi 
qurilmalar o‘rnatiladi. 
Tuzilgan mashina-traktor agregati maxsus maydochada yoki dala sharoitida 
ishlatib ko‘riladi hamda uning ko‘rsatgichlari baholanadi. 

Download 4.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling