Mashinalaridan foydalanish, texnik


Qator orasiga ishlov berish ishlariga quyidagilar


Download 4.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/159
Sana18.09.2023
Hajmi4.65 Mb.
#1680492
TuriУчебное пособие
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   159
Bog'liq
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK

 
Qator orasiga ishlov berish ishlariga quyidagilar: qatorlar himoya 
yo‘lagidagi qatqaloqni yumshatish; qatorlar orasidagi tuproqni yumshatish; begona 
o‘t ildizlarini kesib, yo‘qotish; sug‘orilgandan keyin qatorlar orasini yumshatish; 
qatorlar orasidagi tuproqqa mineral o‘g‘it solish; sug‘orish uchun egatlar ochish 
kiradi. 
Asosiy agrotexnik talablar: ishlov berish chuqurligi, 12-16 sm;
yumshatilgan qatlamdagi tuproqning uvalanish sifati: o‘lchami 50 mm dan kichik 
fraksiyalar miqdori, kamida 70%; o‘lchami 100 mm dan katta fraksiyalar 
bo‘lmasligi; begona o‘tlarning yo‘qotilish darajasi, kamida 95%; dala yuzasida 
hosil bo‘ladigan notekisliklar balandligi, ko‘pi bilan 5 sm ni tashkil etishi kerak. 
Qatorlar oralig‘iga ishlov berishni o‘z vaqtidan kechiktirmasdan o‘tkazish 
muhimdir (6-jadval). 
6-jadval 
Maqbul muddatda kultivatsiya o‘tkazishni paxta hosiliga ta’siri 
Paxta hosili, s/ga 
Hosildorlikni pasayishi 
Maqbul muddatda 
o‘tkazilganda 
4-6 kunga 
kechiktirilganda 
s/ga 

20.5 
15.1 
5.4 
26.4 
29.5 
22.3 
7.2 
25.2 
34.1 
27.6 
6.5 
19.1 
Sug‘orilganidan so‘ng qatorlar orasidagi tuproq tobiga kelgandan (namligi 
16-18% gacha tushganida) darrov kultivatsiya qilinishi lozim. Kultivatsiya maqbul 
muddatdan 4-6 kunga kechiktirilsa, paxta hosildorligi 20-25 foizga pasayib ketishi 
mumkin. 


144 
G‘o‘za, makkajo‘xori, kartoshka, sabzavot va boshqa texnik ekinlar qator 
oralariga ishlov berishda asosan TTZ 60.11, TTZ 80.11, MTZ 80X, rusumli chopiq 
traktorlariga o‘rnatilgan holda ishlatiladigan KRT-4 va KXU-4 rusumli 
paxtachilik kultivatorlari qo‘llaniladi. 
Kultivatorlar o‘simlik qator orasiga ishlov berishda kutilgan samara 
keltirishi uchun 7 turdagi ishchi qismlar (43-rasm) bilan to‘liq jixozlangan bo‘lishi 
zarur. 
Bajaradigan ishlov berish usuliga qarab kultivatorga ekinlar qatorlari orasi
60-70 sm bo‘lganda, har qatorga ko‘pi bilan 7 ta, jami 28 ta, 90 sm bo‘lganda har 
qatorga 9 ta, jami 36 tagacha ishchi qismlar o‘rnatiladi.
Begona o‘tlarni yo‘qotish va himoya yo‘lagini yumshatib ketish (odatda 1- 
va 2-chopiq) uchun kultivatorlarga qatqaloq yumshatgich-yulduzchalar va 
pichoqlar bilan birgalikda chuqur yumshatkich yoki o‘qyoysimon panjalar 
o‘rnatiladi.Tuprog‘i zichlashib ketgan dalalarda pichoqlar orqasidan qo‘shimcha
ravishda yumshatkich panjalar o‘rnatilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
1- lappak (disk); 2-yulduzcha; 3-pichoq; 4-chuqur yumshatgich; 5-panja-
yumshatgich; 6-o‘g‘it solgich; 7-egat olgich 

Download 4.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling