Mashinalaridan foydalanish, texnik
-rasm. Kultivatorning ishchi qismlari va ularni ishlov berish chuqurligi
Download 4.65 Mb. Pdf ko'rish
|
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- 44-rasm. Bog‘ kultivatorlariining umumiy ko’rinishi 45-rasm. Bog‘ kultivatorlariining ush jarayoni
- 19.3-§. O‘simliklarni himoya qilish texnologiyasi
43-rasm. Kultivatorning ishchi qismlari va ularni ishlov berish chuqurligi
Ekinlarni sug‘orish uchun 90 sm. kenglikdagi qatorlar orasidagi chuqurligi 20-25 sm., 60 sm. kenglik uchun 14-18 sm. bo‘lgan jo‘yak ariqchalari olinadi. 145 Mevali daraxtlar va uzumzorlar qatorlari orasiga ishlov berishda yoppasiga ishlov berish kultivatoridan (44-rasm) foydalaniladi. Uning hamma qismlari ramaga o‘rnatilgan bo‘lib, u ikkita tayanch g‘ildiraklarga tayanib turadi. Ramaga bikr xolatda begona o‘t ildizlarini kesadigan, tuproqni qisman yumshatadigan tig‘lari deyarli yotiq bo‘lgan o‘q-yoysimon tishlar ikki qatorlab o‘rnatilgan. Ramaning ikki chetiga tuproqni deyarli yumshatmaydigan, ammo begona o‘t ildizlarini yotiq tig‘lari bilan to‘liq kesib ketadigan o‘toqlovchi tishlar qo‘yilgan. Tishlarni ko‘tarib-tushirib, ishlov berish chuqurligini o‘zgartiradigan mexanizm vintlari mavjud. Rama orqasiga tuproqni yumshatib ketadigan prujinasimon tirma ramasi joylashtirilgan. 44-rasm. Bog‘ kultivatorlariining umumiy ko’rinishi 45-rasm. Bog‘ kultivatorlariining ush jarayoni O‘toqlovchi tishlarning holatini o‘zgartiradigan mexanizm yordamida ularning ishlov berish chuqurligi hamda kengligi sozlanadi. 146 Kultivatorga o‘g‘itlash apparatini o‘rnatib, meva daraxtlari orasiga mineral o‘g‘itlar solish mumkin (44-rasm). 19.3-§. O‘simliklarni himoya qilish texnologiyasi Madaniylashtirilgan o‘simliklarni zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlar ekinlarning hosildorligini kamaytirgan holda qishloq xo‘jaligiga katta ziyon keltiradi. Qishloq xo‘jaligi ekinlarining zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlarga qarshi kurashishda proflaktika, agrotexnika va yoppasiga yo‘qotish tadbirlaridan foydalaniladi. Proflaktika tadbirlariga karantin (kasallik va zararkunandalarni kirib kelishini to‘xtatish) va kasallik qo‘zg‘atuvchilarni yo‘qotish uchun urug‘larga kimyoviy ishlov berish, agrotexnika tadbirlariga almashlab ekishni joriy etish va kasalliklarga chidamli ekinlar navini qo‘llash, yoppasiga qirish tadbirlariga kimyoviy, fizik, mexanik va biologik kurashish usullari kiradi. O‘simliklarga kimyoviy ishlov berish eng ko‘p tarqalgan usullardan biri bo‘lib, bunda zararkunanda, kasallik va begona o‘tlar bilan zararlangan maydonlarga zaharli ximikatlar kiritiladi. Kimyoviy ishlov berishda quyidagi tadbirlar: urug‘larni zaharlash; purkash (suyuq aralashma holatida); changlash (kukunsimon holda); aerozollash (tuman ko‘rinishida); fumigatsiyalash (tuproqqa solish); zaharlangan xo‘raklar sochish (kemiruvchi va hashoratlarga) qo‘llaniladi. Urug‘larni zaharlashda kasallik tarqatuvchilarni (virus, mikrob va boshqalar) yo‘qotish uchun urug‘lar quruq, yarim quruq, ho‘l ko‘rinishdagi kimyoviy preparatlar bilan yoki issiq ishlov berish usullari qo‘llaniladi. Purkash usulida zaharli suyuqlik juda mayda tomchilar tarzida o‘simlik barglarining butun sirtiga bir tekis purkaladi. Bunda purkalish sifati ish suyuqligining tomchilarini maydaligiga (100-400 mk) bog‘liq bo‘lib, suyuqlik qancha mayda to‘zitilsa, o‘simliklarga ko‘p zahar o‘tadi. 147 CHanglash usulida zaharli dorilar kukunsimon holatda changlatiladi. Aerozollashda zaharli suyuqliklarning tomchilari tuman shaklida (0,5...100 mk) purkaladi. Fumigatsiyalash usulida zaharli suyuqlik erni haydashdan oldin sepiladi va peshma-pesh er haydalib tuproq ostiga tashlanadi. Tuproqqa ishlov berishda esa zaharli suyuqlik tuproq ichiga aralashtiriladi. Zaharli xo‘raklar sochish usulida kemiruvchi va hashoratlarga qarshi maxsus zaharlangan xo‘raklar tayyorlanib dalalarga sochib chiqiladi., Download 4.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling